Baltaeva Nodira Timur qizining
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz tilida sinonim so‘zlarni o‘qitish asosida talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi( pedagogik ta’lim yo‘nalishi misolida)” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8939
Ilmiy rahbar: Qoraev Samariddin Barakaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Pulatova Durdona Ravshanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzah davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida sinonim so‘zlarini o‘qitish asosida pedagogik yo‘nalish talabalarining leksik kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish jarayonining pedagogik va metodologik tadqiqotlar doirasida o‘rganilganlik darajasi so‘zlarning ma’nosi va mazmunini leksik-grammatik toifaga (so‘z turkumlari), yasalish usullariga (sodda, qo‘shma, yasama), vazifasiga (mustaqil, yordamchi) ko‘ra tasniflab o‘rgatilishi misolida aniqlashtirilgan;
pedagogik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari semantizatsiya, leksik birlikning lingvistik xususiyatlarini va ularning o‘zlashtirilishiga aloqador psixologik tabiatini hisobga oluvchi metodik yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim yo‘nalishi talabalari ingliz tilidagi leksik kompetensiyasini sinonim so‘zlarni o‘rgatish asosida rivojlantirishga qaratilgan didaktik modelning komponentlari sinonimlarni tizimlashtirish, sinonim so‘zlarni xaritalash va sinonimik taqqoslash jadvallaridan foydalanish kabi metodik vositalar o‘rtasidagi integrativ bog‘liqlikni kuchaytirish orqali takomillashtirilgan;
pedagogik ta’lim yo‘nalishi talabalarining ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirishning uslubiy ta’minoti leksik birliklar ma’nosining sinonimlar vositasida idrok etishini ta’minlovchi integrativ metodik topshiriqlar asosida takomillashtirilgan va uning samaradorligi matematik statistik tahlil asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda sinonim so‘zlar orqali pedagogik ta’lim yo‘nalishi talabalarining leksik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
ingliz tili o‘quv jarayonida talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishda, so‘zlarning ma’nosi va mazmunini leksik-grammatik toifaga (so‘z turkumlari), yasalish usullariga (sodda, qo‘shma, yasama), vazifasiga (mustaqil, yordamchi) ko‘ra tasniflab o‘rgatilishiga doir ma’lumotlar “Xorijiy til” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i). Natijada, ingliz tilini o‘qitishda talabalarning leksik kompetensiyasini takomillashtirishga doir metodlar asosida ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantirishning lingvodidaktik asoslari semontizatsiya, leksik birlikning lingvistik xususiyatlarini va ularning o‘zlashtirilishiga aloqador psixologik tabiatini hisobga olish tamoyillaridan foydalanish haqidagi takliflardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2024-yil 12-iyuldagi 293-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun sinonim so‘zlar orqali leksik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan “Thematic Synonym Dictionary Workbook” nomli uslubiy qo‘llanma va dars ishlanmalari ishlab chiqilgan;
talabalarning ingliz tilida leksik kompetensiyasini rivojlantirish modelining amaliy komponenti sinonimlarni kontekstlarda o‘rganish, sinonim so‘zlarni xaritalash va sinonimik taqqoslash jadvallari kabi mashqlar tizimi bilan internal integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Ma’naviy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” radio eshittirishining 2024-yil 5-yanvar kunidagi sonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 9-fevraldagi 04-36-797-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilida talabalarning leksik kompetensiyasini rivojlantish usullari ommalashtirilgan.