Abdulborieva Mexruza Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boslang‘ich sinf o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasi (STEM- yondashuvi asosida)», 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9067
Ilmiy rahbar: Najmiddinova Xilola Yokubjonovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjaev Begzod Hudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Lutfedinova Ra’no Xusnetdinova, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi STEM yondashuvi va "O‘yinlar do‘koni" o‘yin dasturini uyg‘unlashtirish asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ tafakkurini rivojlantirish metodikasini nazariy jihatdan asoslash va takomillashtirish. Bu metodika o‘quvchilarning divergent fikrlashini, loyiha faolligini va bilishga bo‘lgan tashabbuskorligini shakllantirishni ta’minlaydi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
STEM yondashuviga asoslangan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlashini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari modeli, proksimal rivojlanish zonasi tamoyillari, loyiha-o‘yin asosidagi ta’lim, fasilitatsion o‘zaro ta’sir va raqamli vositalardan foydalanish ilmiy jihatdan asoslangan;
STEM+ “O‘yinlar do‘koni” usuli, ochiq STEM topshiriqlar tizimi va loyiha-o‘yin modullariga asoslangan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik qayta aloqa mexanizmi takomillashhtirilgan;
“maqsad - vazifa - vosita – mezon” matrisasi, texnologik xaritalar, kuzatish va o‘z-o‘zini baholash shakllari, shuningdek, boshlang‘ich ta’limda kreativ fikrlashni rivojlantirish uslubining qayta takrorlanishi va kengaytirilishini ta’minlaydigan standartlashtirish algoritmini o‘z ichiga olgan STEM-topshiriqlarni baholash va joriy etishning uslubiy-vositaviy tizimi ishlab chiqilgan;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayonining uslubiy ta’minoti “Torrens testlari”,“ Yo‘l-yo‘lakay hikoya”, “Boshqotirma”, “Teskarisiga so‘z”, “Xatoni top”, “Agar shunday bo‘lsa-chi?” kabi metodlar jamlangan innovatsion texnologiyalar STEM strategiyalaridan foydalanish orqali takomillashtirilgan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati STEM fanlarini va o‘yin texnologiyalarini uyg‘unlashtirish orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish jarayonining nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirganligida namoyon bo‘ladi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini samarali shakllantiruvchi pedagogik shart-sharoitlar tizimi takomillashtirilgan, STEM kompetensiyalarining divergent fikrlash va ijodiy faollik jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqligining mohiyati ochib berilgan. Ijodiy tafakkur rivojlanish darajalarini aniqlash mezonlari va ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan. Bu esa o‘yin va loyiha shakllarini boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining aqliy rivojlanishiga pedagogik-psixologik ta’siri mexanizmlarini ko‘rsatib berish imkonini yaratdi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Boshlang‘ich sinflarda kreativ fikrlashni rivojlantirish metodikasi (STEM yondashuvi asosida)” mavzusidagi dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar sinovdan o‘tkazilib, ta’lim amaliyotiga joriy etilgan, xususan:
STEM yondashuviga asoslangan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlashini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari modeli, proksimal rivojlanish zonasi tamoyillari, loyiha-o‘yin asosidagi ta’lim, fasilitatsion o‘zaro ta’sir va raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Kreativ pedagogik texnologiyalar» nomli darslik mazmuniga singdirilgan (NamDu 2024-yil 30-maydagi 14-sonli nashr ruxsatnomasi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 23-maydagi 11-05-3349/04-sonli ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida taklif etilgan modelning o‘quvchilarning ijodiy faolligi va bilish mustaqilligini rivojlantirishdagi samaradorligi tasdiqlangan;
STEM+ “O‘yinlar do‘koni” usuli, ochiq STEM topshiriqlar tizimi va loyiha-o‘yin modullariga asoslangan holda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kreativ fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik qayta aloqa mexanizmi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-419 raqamli "Ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi (Pre-school PDP) uchun elektron platforma yaratish" mavzusidagi amaliy loyiha doirasida qo‘llanildi (2025-yil 21-iyundagi 04/11-7749-sonli ma’lumotnoma). Natijada pedagogik hamkorlik samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning kreativ salohiyatini faollashtirishga erishilgan;
Tadqiqot natijalari asosida “maqsad - vazifa - vosita – mezon” matrisasi, texnologik xaritalar, kuzatish va o‘z-o‘zini baholash shakllari, shuningdek, boshlang‘ich ta’limda kreativ fikrlashni rivojlantirish uslubining qayta takrorlanishi va kengaytirilishini ta’minlaydigan standartlashtirish algoritmini o‘z ichiga olgan STEM-topshiriqlarni baholash va joriy etishning uslubiy-vositaviy tizimi «Kreativ pedagogik texnologiyalar» darsligi mazmuniga singdirilgan (NamDu 2024-yil 30-maydagi 14-sonli nashr ruxsatnomasi va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 23-maydagi 11-05-3349/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kreativ tafakkurni rivojlantirish metodikasining standartlashtirilishi, qayta tiklanishi va kengaytirilishiga erishilgan;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kreativ fikrlashni rivojlantirish jarayonining uslubiy ta’minoti “Torrens testlari”,“ Yo‘l-yo‘lakay hikoya”, “Boshqotirma”, “Teskarisiga so‘z”, “Xatoni top”, “Agar shunday bo‘lsa-chi?” kabi metodlar jamlangan innovatsion texnologiyalarini umumta’lim maktablari o‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 20-iyundagi 01/11-6-399-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning ijodiy, tanqidiy va mustaqil fikrlash darajasi sezilarli darajada oshganligini, shuningdek, ularning hamkorlik qilish va ijodiy muammolarni hal etish qobiliyatlarining rivojlanishiga erishilgan.