Ibragimov Raximjon Xasanboy o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa fanlari doktori PhD dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetensiyasilarini rivojantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped4476
Ilmiy rahbar: Abdulazizov Baxrom Toshmirza o‘g‘li fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Rustamjon G‘ulomjonovich, fizika-matematika fanlari doktori; Jalolova Pokiza Muzaffarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetensiyasini rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetensiyasini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlari metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillar uzviyligida hamda fizikadan dasturiy-metodik ta’minotni kasbiy ta’lim mazmuniga muvofiqlashtirish asosida ta’minlangan;
kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetensiyasini rivojlantirishning metodik modeli natijani bashoratlash imkonini beruvchi maqsadli, mazmunli, texnologik-jarayoniy va diagnostik-natijaviy komponentlar uyg‘unligida hamda raqamli texnologiyalarda ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi fizik hodisalar va jarayonlarini kompyuterda vizuallashtirish, obektga yo‘naltirilgan dasturlashni fizika o‘qitishga moslashtirish hamda uslubiy ta’minotni mobillashtirish asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning fizikaga doir yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kabi o‘z mutaxasisligiga xos sifatlarini hamda axborot kompetensiyasini takomillashganligining reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv mezonlari ilmiy va o‘quv-bilishning gnoseologik, metodologik, didaktik metodikalarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetensiyasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetensiyasini rivojlantirishning tashkiliy-pedagogik, pedagogik-psixologik, uslubiy-didaktik shart-sharoitlari metodoligik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillar uzviyligida hamda fizikadan dasturiy-metodik ta’minotni kasbiy ta’lim mazmuniga muvofiqlashtirish asosida ta’minlashga doir taklif va tavsiyalar “Fizika va astronomiya” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘iga binoan berilgan 194-329 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning fizikadan axborot kompetensiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetensiyasini rivojlantirishning metodik modeli natijani bashiratlash imkonini beruvchi maqsadli, mazmunli, texnologik-jarayoniy va diagnostik-natijaviy komponentlar uyg‘unligida hamda raqamli texnologiyalarda ustuvorlik berish asosida ishlab chiqishga doir takliflardan kasbiy ta’lim tashkilotlarida fizikadan “Kinematika va dinamika qonunlarini o‘rganish”, “Oberbek mayatnigi” nomli kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar ishlab chiqishda hamda “Fizika (kasb-hunar maktablari uchun)” nomli elektron darslik ishlab chiqishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 9-oktyabrdagi 11-05-5746/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan model kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning fizikadan axborot kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
kompyuterda modellashtirilgan ishlanmalar vositasida kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining fizikadan axborot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi fizik hodisalar va jarayonlarini kompyuterda vizuallashtirish, obektga yo‘naltirilgan dasturlashni fizika o‘qitishga moslashtirish hamda uslubiy ta’minotni mobillashtirish asosida takomillashtirish, kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning fizikaga doir yaratuvchanlik, tadqiqotchilik kabi o‘z mutaxasisligiga xos sifatlarini hamda axborot kompetensiyasini rivojlanganligining reproduktiv, produktiv, kreativ darajalarini baholashning motivatsion, kognitiv, faoliyatli, refleksiv mezonlari ilmiy va o‘quv-bilishning gnoseologik, metodologik, didaktik metodikalarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqilgan(Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 9-oktyabrdagi 11-05-5746/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan metodika va baholash mezonlari fizikadan ta’lim sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshishiga hamda kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarning fizikadan axborot kompetensiyasini takomillashtirishga xizmat qilgan.