Otajonova Maftuna Sultonmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Umumta’lim muassasalarining tarbiya jarayonida o‘quvchilarning altruistik kompetensiyalarini rivojlantirish” 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1.PhD/Ped9009
Ilmiy rahbar: Umaralieva Muxayo Abdugaparovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.l32.02
Rasmiy opponentlar:
M.Bozorova pedagogika fanlari doktori, professor.
G.Akramova pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘quvchilarining altruistik kompetensiyasini rivojlantirishga yordam beradigan tarbiya jarayonlarini nazariy va empirik o‘rganish va takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
o‘quvchilarda altruistik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari tarbiya jarayonini deontologik tamoyillar asosida tashkil etish, beg‘araz ko‘mak va ijtimoiy faollikni empatik va psixologik muvofiqlik sharoitiga uyg‘unlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quv mashg‘ulotlarida altruistik kompetensiyalarni rivojlantirishning tarbiyaviy jihatlari beg‘araz ko‘mak, ijtimoiy faollik tamoyillarini pedagogik ta’sir muhitini barqarorlashtirish uchun belgilangan psixologik omillari empatik kontekstini belgilash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda altruistik kompetensiyalarni rivojlantirishning tarbiyaviy-funksional modeli axloqiy me’yorga asoslangan mezonlarni subektiv ehtiyojlarga yo‘naltirilgan adaptiv, konstruktiv darajalar bilan tayanch kompetensiyalar integratsiyasi optimallashuvini autoanaliz qilish asosida takomillashtirilgan;
tarbiya jarayonida o‘quvchilarda altruistik kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari gorizontal va vertikal kontaktlarni o‘rnatishga motivatsiyalovchi ijtimoiy-ma’rifiy bahs modellarini perseptiv va interaksion aloqa funksiyalari mazmuniga avtomatik harakatlar dinamikasida kiritish asosida takomillashtirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tarbiya jarayonida o‘quvchilarning altruistik kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda altruistik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari tarbiya jarayonini deontologik tamoyillar asosida tashkil etish, beg‘araz ko‘mak va ijtimoiy faollikni empatik va psixologik muvofiqlik sharoitiga uyg‘unlashtirishga doir takliflari “Altruistik kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi “258”-son buyrug‘i asosida berilgan №393989 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada tarbiya jarayonida o‘quvchilarda altruistik kompetensiyalarni rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish samardorligi oshgan.
o o‘quv mashg‘ulotlarida altruistik kompetensiyalarni rivojlantirishning tarbiyaviy jihatlari beg‘araz ko‘mak, ijtimoiy faollik tamoyillarini pedagogik ta’sir muhitini barqarorlashtirish uchun belgilangan psixologik omillari empatik kontekstini belgilashga doir tavsiyalaridan 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025 - yil 12-may № 139/04-son ma’lumotnomasi) Natijada o‘quvchilarda altruistik kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari aniqlashtilgan;
o‘quvchilarda altruistik kompetensiyalarni rivojlantirishning tarbiyaviy-funksional modeli axloqiy me’yorga asoslangan mezonlarni subektiv ehtiyojlarga yo‘naltirilgan adaptiv, konstruktiv darajalar bilan tayanch kompetensiyalar integratsiyasi optimallashuvini autoanaliz qilish doir tavsiyalaridan 2020-2022-yillarda bajarilgan S-ECAGD-18-CA-0067 (P020002335) raqamli “FY-18 English Access Microscholarship program” nomli Amerika Qo‘shma Shtatlari ta’lim va madaniy ishlar byurosi bilan hamkorlikdagi xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025 - yil 12-may № 139/04-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda shaxslar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni alturistik kompetensiyaga tayangan holda tashkil qilishga doir bilim, malaka va kompetensiyalari rivojlangan;
tarbiya jarayonida o‘quvchilarda altruistik kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari gorizontal va vertikal kontaktlarni o‘rnatishga motivatsiyalovchi ijtimoiy-ma’rifiy bahs modellarini perseptiv va interaksion aloqa funksiyalari mazmuniga avtomatik harakatlar dinamikasiga doir takliflari Altruistik kompetensiyalarni rivojlantirish texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi “258”-son buyrug‘i asosida berilgan №393989 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada umumta’lim muassasalarining tarbiya jarayonida o‘quvchilarning altruistik kompetensiyalarini rivojlanganlik darajasining gorizontal va vertikal kontaktlarni o‘rnatishga motivatsiyalovchi ijtimoiy-ma’rifiy bahs modellarini perseptiv va interaksion aloqa funksiyalari takomillashgan.