Yuldashev Elyorjon Sodiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yunogogika modulini o‘qitish jarayonida talabalarning sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.4.PhD/Ped4058
Ilmiy rahbar: Abdullaev Sobirjon Soxib o‘g‘li pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat universiteti PhD.03/29.12.2022.Ped.132.02
Rasmiy opponentlar:
Qurbonova Baxtixon Qo‘chqarbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Abdullaev Safibullo Xabibullaevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Yunogogika modulini o‘qitish jarayonida talabalarning sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalarni yaratish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
talabalarning sugGEStiv qobiliyati rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari auto-trening seminarlarning intensivligi, pedagogik psixologik treninglar, autogen mashqlar orqali aniqlashtirilgan;
sugGEStiv qobiliyatni rivojlantirish orqali talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiyalari hamda kreativligini oshirishga qaratilgan ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari “Yunogogika” modelining mazmuniga singdirish orqali takomillashtirilgan;
talabalar sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirishning redagogik shart-sharoitlar bilan belgilanadigan va mantiqiy-dialektik birlikda bo‘lgan sugGEStivlikning nazariy bilimlarni, sugGEStiv harakatlardan xabardorlik va bajarilgan harakatlarining sifati, motivatsiya hamda sugGEStiv qobiliyatning yangi vaziyatlarda refleksiv, adaptive, darajalar doirasida baholash orqali asoslangan;
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarida sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirish yunogogika fanini o‘rganishning raqamli o‘qitish shakllari va usullarini maqsadli tanlashni o‘z ishiga oluvshi faoliyatli – motivatsion –intellectual indikatorlar tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan .
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yunogogika modulini o‘qitish jarayonida talabalarning sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirish metodikasi yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talabalarning sugGEStiv qobiliyati rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari auto-trening seminarlarning intensivligi, pedagogik psixologik treninglar, autogen mashqlaridan foydalanishga doir tavsiyalaridan
FZ-2020010829 “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 11-maydagi 04/11-2836-son dalolatnomasi) Natijada talabalar sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan noan’anaviy ta’lim muhitini yaratish yuzasidan interaktiv mashg‘ulotlar ishlanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
sugGEStiv qobiliyatni rivojlantirish orqali talabalarning kasbiy faoliyatga oid kompetensiyalari hamda kreativligini oshirishga qaratilgan ta’lim vositalarining didaktik, o‘quv metodik, diagnostik, intellektual imkoniyatlari “Yunogogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining.2024-yil 4 martdagi 55-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada talabalar sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirish jarayonida qo‘llaniladigan innovatsion metod va texnologiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
talabalar sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirishning redagogik shart-sharoitlar bilan belgilanadigan va mantiqiy-dialektik birlikda bo‘lgan sugGEStivlikning nazariy bilimlarni, sugGEStiv harakatlardan xabardorlik va bajarilgan harakatlarining sifati, motivatsiya hamda sugGEStiv qobiliyatning yangi vaziyatlarda refleksiv, adaptive, darajalar doirasida baholashga oid takliflari “Yunogogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining.2024-yil 4 martdagi 55-sonli nashr ruxsatnomasi) Natijada talabalar sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirishda innovatsion yondashuv asosida tashkil etilgan pedagogik jarayondan maqsadli va rejali foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan va optimal ilmiy-pedagogik, nazariy asoslari yaratilgan.
talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonlarida sugGEStiv qobiliyatini rivojlantirish yunogogika fanini o‘rganishning raqamli o‘qitish shakllari va usullarini maqsadli tanlashni o‘z ishiga oluvshi faoliyatli – motivatsion –intellectual indikatorlar tizimini ishlab chiqishga oid tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 28-maydagi 05-09-751-son ma’lumotnomasi). Natijada sugGEStiv qobiliyat asosida talabalarni ruhiy va emotsional-irodaviy ta’sir ko‘rsatishning pedagogik motivlarini takomillashtirishga sharoit yaratgan.