Raxmonov Nodirjon Raxmonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Kichik biznes subektlari faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish”, 08.00.15–“Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”, 08.00.16 - “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy rahbarlar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon universiteti, PhD.03/31.12.2020.1.130.01
Rasmiy opponentlar: Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori professor;
Qo‘chqorov Toxir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Tashkent International University” xalqaro universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes subektlari faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif, tavsiyalar va ilmiy xulosalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kichik biznes subektlari uchun AI, IoT hamda Big Data texnologiyalari yordamida “Raqamlashtirish”, “Raqamli integratsiya” va “Raqamli biznes modeli” tamoyillari asosida uch bosqichli jarayondan iborat dinamik raqamlashtirish modeli taklif etilgan;
kichik biznes subektlarini yillar kesimidagi dinamikasining “barqaror”, “sekin”, “katta sakrash”, “yuqori” va “keskin pasayish” kabi chegara yondashuvlarini qamrab olgan, “raqamlashish darajasi”, “onlayn faollik” va “raqamlashgan qo‘shilgan qiymat” indikatorlaridan iborat kichik biznes samaradorligini baholashning takomillashgan tizimi ishlab chiqilgan; 
kichik biznes subektlarida sotuv hajmini 0,4 punktga, bozor ulushini -0.019 punktga, tovar-moddiy zaxiralar aylanishini 0,4 punktga o‘zgarishi sharoitida marketing barqarorligini 0,25 punkt darajaga oshirish bo‘yicha integral baholash modeli ishlab chiqilgan;
Farg‘ona viloyatidagi kichik biznes subektlarida ta’minot, buxgalteriya xizmati, ishlab chiqarish jarayonlari, ombor, logistika, inson resurslari, onlayn kreditlash va moliyalash, narxlar hamda  mijozlar bilan debitor-kreditorlik qarzdorliklarni real vaqtda boshqarish funksiyalarini o‘zida mujassamlagan raqamlashgan ERP tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes subektlari faoliyatini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida: 
kichik biznes subektlari uchun AI, IoT hamda Big Data texnologiyalari yordamida “Raqamlashtirish”, “Raqamli integratsiya” va “Raqamli biznes modeli” tamoyillari asosida uch bosqichli jarayondan iborat dinamik raqamlashtirish modeli bo‘yicha taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik korxonalar, jumladan, “Best Plastic Items” MChJ faoliyatida joriy etilgan (Best Plastic Items” MChJ ning 2025-yil 13-iyundagi 4-7/11-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik biznes subektlarida resurslar harakati, ishlab chiqarish harajatlari to‘g‘risida aniq axborotlar olinishiga, boshqaruvda katta ma’lumotlarga ega menejment tizimini yaratilishiga, mehnat unumdorligi va mahsulot sifati yaxshilanishiga hamda harajatlarni qisqarishiga erishilgan;
kichik biznes subektlarini yillar kesimidagi dinamikasining “barqaror”, “sekin”, “katta sakrash”, “yuqori” va “keskin pasayish” kabi chegara yondashuvlarini qamrab olgan, “raqamlashish darajasi”, “onlayn faollik” va “raqamlashgan qo‘shilgan qiymat” indikatorlaridan iborat kichik biznes samaradorligini baholash tizimini takomillashgan varianti Farg‘ona viloyatidagi kichik biznes subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil 18-iyundagi 01/QH-876-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida baholashning dinamik, raqamli indikatorlarga asoslangan monitoringi sifatida kichik biznesning raqamli rivojlanish tendensiyasini sifat va miqdor jihatdan aniqlash imkonini yaratgan, hamda viloyatda kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan innovatsion siyosat yo‘nalishlarini belgilab olishga, rivojlantirish dasturlari va yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
kichik biznes subektlarida sotuv hajmini 0,4 punktga, bozor ulushini -0.019 punktga, tovar-moddiy zaxiralar aylanishini 0,4 punktga o‘zgarishi sharoitida marketing barqarorligini 0,25 punkt darajaga oshirish bo‘yicha integral baholash modeli bo‘yicha bergan ilmiy tavsiya O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi Farg‘ona viloyati kichik korxonalar faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-oktyabrdagi 05-33-12346-son ma’lumotnomasi). Majkur ilmiy tavsiyani joriy etilishi realizatsiya hajmi, bozorlardagi ulush, tovar-moddiy zahiralar aylanish tezligidagi o‘zgarishlarning marketing barqarorligiga qanday ta’sir etishini aniqlash imkonini berib, korxona tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini optimallashtirish, mahsulot ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, eksport salohiyatini oshirish hamda bozor segmentiga mos marketing strategiyalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
kichik biznes subektlarida ta’minot, buxgalteriya xizmati, ishlab chiqarish jarayonlari, ombor, logistika, inson resurslari, onlayn kreditlash va moliyalash, narxlar hamda  mijozlar bilan debitor-kreditorlik qarzdorliklarni real vaqtda boshqarish funksiyalarini o‘zida mujassamlagan raqamlashgan ERP tizimi bo‘yicha bergan amaliy taklifidan O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kichik korxonalar, jumladan, “Imkon” xususiy korxonasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasining 2025-yil 18-iyundagi 01/QH-876-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy samaradorlikni oshishiga, sifatli boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezligi va shaffofligini ortishiga, resurslar oqimini optimallashtirishga, xarajatlarni boshqarish, debitor va kreditorlik qarzdorliklar riskini kamaytirishga, raqobatbardosh eksport ekotizimini shakllantirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish