Abdullaev Baxodir Abdugafforovichning
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Innovatsiya jarayonlarini strategik boshqaruvi metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt722.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat texnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Yuldasheva Nilufar Abduvaxidovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsiya jarayonlarini strategik boshqaruvi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarda robototexnika va sun’iy intelektlarni yaratish va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatishning klaster metodlarini qo‘llash asosida raqamli texnologiyalar markazi faoliyati tashkiliy tuzilmasini takomillashtrish asoslangan;
startegik boshqruv qarorlarini qabul qilishda ratsionallik tamoillari va boshqaruv instrumentlaridan foydalanishning 8 bosqichli takomillashgan usuli ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining GII reytingida chiqish parametrlaridan ijodiy mahsulotlar reytingida “Onlayn ijodkorlik” (7.3.4.Mobil ilovalar yaratish) metodologiyasi takomillashtirilgan;
strategik qarorlar noaniqlik holatida qabul qilmaslik uchun «mahsulot-texnologiya-bozor» tizimida yangiliklarni joriy etish darajasini “yangi (0,5-0,6)”, “takomillashtirilgan (0,3-0.4)”, “an’anaviy (0,1-0,2)”ga ajratish asosida yuqori, o‘rta va quyi risk zonalarining ehtimollik koeffisientlarini hisoblash taklifi asoslangan hamda baholash metodologiyasi takomillashtirilgan;
innovatsiya mahsulotini bozorga olib chiqib sotishda talab-taklifning miqdoriy o‘zgarishlariga gomeostatika, istiqbollashgan gomeostatika va xavfli inersiyalarni o‘zaro manfaatlar mexanizmi asosida etti kuch modelini tashkil etish taklifi asoslangan;
innovatsiya jarayonlarini strategik boshqaruvi samaradorliginining infratuzilma, bozorning rivojlanganligi, biznesning rivojlanganligi va ijodiy faoliyat natijalari koeffisienti ko‘rsatkichlarining modeli ishlab chiqilgan hamda ushbu natija me’zonlari asosida O‘zbekiston Respublikasining Global Innovatsion Indeks ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar yuqori, quyi chegara hamda kutilayotgan reyting prognoz parametrlari hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsiya jarayonlarini strategik boshqaruvi metodologiyasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
hududlarda robototexnika va sun’iy intelektlarni yaratish va amaliyotda qo‘llashni o‘rgatishning klaster metodlarini qo‘llash asosida raqamli texnologiyalar markazi faoliyati tashkiliy tuzilmasini takomillashtrish taklifidan “O‘zbekiston- 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son farmonning 1-ilova 1.1. Ta’lim tizimi islohotlari bo‘limida foydalanilgan. Hamda MARG‘ILON RAQAMLI TEXNOLOGIYaLAR MARKAZI faoliyatida foydalanilgan (“Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi”ning 2025-yil 28-avgustdagi 02/01-01-333). Natijada klasterlarni innovatsion boshqaruvi amaliyotida muommolar aniqlanganligi, ularni hal etish asosida innovatsiya jarayonlarining dinamik modeli bo‘yicha xarajatlar samaradorligi 2,5% li ijobiy samarasiga erishish imkoniyati yaratilgan;
startegik boshqruv qarorlarini qabul qilishda ratsionallik tamoyillari va boshqaruv instrumentlaridan foydalanishning 8 bosqichli takomillashgan usuli ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining GII reytingida chiqish parametrlaridan ijodiy mahsulotlar reytingida “Onlayn ijodkorlik” (7.3.4.Mobil ilovalar yaratish) metodologiyasi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi”ning 2025-yil 28-avgustdagi 02/01-01-333).
strategik qarorlar noaniqlik holatida qabul qilmaslik uchun «mahsulot- texnologiya-bozor» tizimida yangiliklarni joriy etish darajasini “yangi (0,5-0,6)”, “takomillashtirilgan (0,3-0.4)”, “an’anaviy (0,1-0,2)”ga ajratish asosida yuqori, o‘rta va quyi risk zonalarining ehtimollik koeffisientlarini hisoblash taklifi asoslangan hamda baholash metodologiyasi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yul 30-yanvardagi PF-16-son ““O‘zbekiston - 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonining 2-bandining 5-xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi”ning 2025-yil 28-avgustdagi 02/01-01-333).
innovatsiya mahsulotini bozorga olib chiqib sotishda talab-taklifning miqdoriy o‘zgarishlariga gomeostatika, istiqbollashgan gomeostatika va xavfli inersiyalarni o‘zaro manfaatlar mexanizmi asosida etti kuch modelini tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165- son “2022- 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 5-bob 11-xat boshidan foydalanilgan (“Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi”ning 2025-yil 28-avgustdagi 02/01-01-333).
innovatsiya jarayonlarini strategik boshqaruvi samaradorliginining infratuzilma, bozorning rivojlanganligi, biznesning rivojlanganligi va ijodiy faoliyat natijalari koeffisienti ko‘rsatkichlarining modeli ishlab chiqilgan hamda ushbu natija me’zonlari asosida O‘zbekiston Respublikasining Global Innovatsion Indeks ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar yuqori, quyi chegara hamda kutilayotgan reyting prognoz parametrlaridan “O‘zbekiston-2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi PF-158-son farmonida foydalanilgan (“Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazi”ning 2025-yil 28-avgustdagi 02/01-01-333).