Arixanova Xabiba Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soliq solish maqsadida hisob axborotidan foydalanishning uslubiy jihatlarini takomillashtirish”. 08.00.08 – "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt1997
Ilmiy rahbar: Hotamov Komil Rabbimovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: Sattarov Alisher Hasan o‘g‘li iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Akramov Farxod Artikbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi soliq solish maqsadida hisob axborotidan foydalanishning uslubiy jihatlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kechiktirilgan soliq majburiyatlarining uzoq muddatli qismini kechiktirilgan soliq majburiyatini yuzaga keltirgan aktivdan foydalanish tugatilgandan so‘ng kechiktirilgan joriy soliq majburiyatiga o‘tkazish tartibi asoslangan;
buxgalteriya hisobining milliy va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida soliq xarajatlarini “foyda solig‘i xarajatlari”, “boshqa soliq xarajatlari” hamda “kechiktirilgan soliq xarajatlari” kabi guruhlarga bo‘lgan holda hisobini yuritish va moliyaviy hisobotda aks ettirish tartibi asoslangan;
xorijiy valyutadagi daromad va xarajatlar hamda valyuta kursi farqi hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida yuritish, moliyaviy hisobda tijorat kursidan farqlanishlarni daromad yoki xarajat sifatida aks ettirish tartibi taklif etilgan;
konservatsiya qilingan aktivlarni soliq bazasidan chiqarish uchun hisob siyosatida ko‘rsatish tartibi va konservatsiya qilingan aktivlarni soliq hisobida hisobga olish uchun ma’lumotnoma shakli taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Soliq solish maqsadida hisob axborotidan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
kechiktirilgan soliq majburiyatlarining uzoq muddatli qismini majburiyatni yuzaga keltirgan aktivdan foydalanish tugashi asnosida kechiktirilgan joriy soliq majburiyatiga o‘tkazish taklifi «O‘zbekneftegaz» AJ tomonidan foydalanishga qabul qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2025 yil 29 yanvardagi 08-18-8-88-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kechiktirilgan soliq qarzi keyingi hisobot davrida to‘lanishi ehtimoli yuqori bo‘lganda hisobot davrining oxirida joriy soliq qarzi sifatida hisobga olinishi hamda turli moliyaviy ko‘rsatkichlarni aniqlashda, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ma’lumotlarning to‘g‘ri bo‘lishi ta’minlandi.
buxgalteriya hisobining milliy va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida soliq xarajatlarini “foyda solig‘i xarajatlari”, “boshqa soliq xarajatlari” hamda “kechiktirilgan soliq xarajatlari” kabi guruhlarga bo‘lgan holda moliyaviy hisobini yuritish va moliyaviy hisobotda aks ettirish taklifi «O‘zbekneftegaz» AJ tomonidan foydalanishga qabul qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2025 yil 29 yanvardagi 08-18-8-88-son ma’lumotnomasi). Unga ko‘ra, 21-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti bo‘yicha hisob yuritilganda kechiktirilgan soliqlar bo‘yicha xarajatlarni 9830 – «Kechiktirilgan soliqlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraq» ochish orqali, moliyaviy hisobotning xalqaro standarti bo‘yicha hisob yuritilganda kechiktirilgan soliqlar bo‘yicha xarajatlarni 7630 – «Kechiktirilgan soliqlar bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraq» ochish orqali yuritish taklifi va bu hisobvaraqlarni hisob va hisobotda aks ettirish tizimi ishlab chiqilgan. Taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida moliyaviy hisobotning xalqaro standartiga o‘tgan tashkilotlarda milliy standartlar va xalqaro standart talablari bo‘yicha hisobot tuzganda ham kechiktirilgan soliqlar bo‘yicha xarajatlarni to‘g‘ri, aniq hisobga olish va axborotni to‘g‘ri shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
soliq qonunchiligiga ko‘ra soliq solish maqsadida xorijiy valyutada ifodalangan daromad va xarajatlar, valyuta kursi farqi hisobini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida tafovutni moliyaviy hisobda valyuta kursidan ko‘rilgan daromad yoki xarajat sifatida tan olish taklifi «O‘zbekneftegaz» AJ tomonidan foydalanishga qabul qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2025 yil 29 yanvardagi 08-18-8-88-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi soliq qonunchiligiga va buxgalteriya hisobini yuritish qoidalariga ko‘ra valyuta operatsiyalari bo‘yicha kurs farqini yuritish muvofiqlashtirdi, hisob yuritish va axborot shakllantirish aniqligini oshirdi.
konservatsiya qilingan aktivlarni soliq bazasidan chiqarish uchun hisob siyosatida ko‘rsatish va konservatsiya qilingan aktivlarni soliq hisobida hisobga olish uchun ma’lumotnoma shakli bo‘yicha taklifi «O‘zbekneftegaz» AJ tomonidan foydalanishga qabul qilingan («O‘zbekneftegaz » AJning 2025 yil 29 yanvardagi 08-18-8-88-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida hisob axborotidan foydalanib, konservatsiya qilingan mulklarni soliqqa tortish yoki ularni soliq solish maqsadida soliq solinadigan bazadan chiqarish bo‘yicha asos yaratildi.