Rasulova Matluba Abdimo‘min qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar: 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda turizm sohasining shakllanishi hamda rivojlanishi: istiqbollar va muammolar”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  PhD B2023.2.PhD/Tar1451
Ilmiy rahbar: Xasanov Akram Muminovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Shahrisabz davlat muzey qo‘riqxonasi bosh direktori, tarix fanlari doktori, N. Xushvaqov, Islom Karimov nomli Toshkent Texnika Universiteti tarix bo‘yicha falsafa doktori (PhD) S. Safarov. 
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mustaqillik yillarida Qashqadaryoda turizmning rivojlanishi istiqbollarini o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish hamda muammolar echimi bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Mustaqillikning dastlabki yillarida Qashqadaryo viloyatining shahar va tumanlarida turizm sohasi hali shakllanish bosqichida bo‘lib, turizm mavsumida infratuzilma obektlarining etishmasligi, transport vositalari orqali yo‘lovchilarni tashish tizimining muvofiqlashtirilmaganligi, shuningdek, turistlarni mavjud turizm salohiyati to‘g‘risida zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash darajasining pastligi sohaning rivojlanish sur’atlarini cheklab, ichki turizmni rivojlantirish, madaniy meros obektlari va ziyorat turizmining o‘ziga xos xususiyatlarini targ‘ib etishga qaratilgan marketing kampaniyalarining samarador emasligi turizmning jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib bu  turizm sohasini modernizatsiya qilish va institutsional asoslarini yaratish zaruratini yuzaga keltirgan asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish jarayonida barcha obektlarni jahon standartlari darajasiga etkazish hamda turistlar ehtiyoj va talablarini to‘liq qondirishni ta’minlash maqsadida infratuzilmaning asosiy tarkibiy qismlari – transport tizimi, ovqatlanish maskanlari, dam olish va sog‘lomlashtirish muassasalari hamda ko‘ngilochar xizmatlarni kompleks va yuqori darajada tashkil etish ustuvor strategik vazifa sifatida belgilangani dalillangan;
Keyingi yillarda sarguzasht, ekologik va qishloq turizmini rivojlantirishning ahamiyati ortib borayotganligi, jahon turizmi tendensiyalarida sayyohlarning tarixiy-diniy obektlarga nisbatan tabiatning so‘lim maskanlari, tog‘ yon bag‘irlari, dengiz qirg‘oqlari, sarguzashtlarga boy markazlar, turli o‘yinlar va festivallar o‘tkaziladigan hududlarga tashrifi ko‘proq kuzatilayotganligi sababli, Qashqadaryoning tog‘li hududlarida “Shahrisabz” va “Maydanak baland tog‘” kabi turistik markazlar hamda shunga o‘xshash hordiq maskanlarini barpo etish zaruriyati ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirish jarayonida ommaviy-ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil etish va gastronomik turizmni kengaytirish maqsadida Shahrisabz shahrida xalqaro festivallar o‘tkazilishi, Chiroqchi, G‘uzor va Dehqonobod tumanlarida milliy taomlarga asoslangan gastronomik yo‘nalishlarning shakllantirilishi, Xo‘jai Pok ota, Dahna va Katta Langar ota ziyoratgohlari hududida ekotabiat infratuzilmasining takomillashtirilishi, shuningdek, “Miraki Turizm” mahallasi uchun “Turistik xalqa” konsepsiyasining ishlab chiqilishi, turistik zonalarda kongress holl, rekreatsion va dam olish maskanlarining barpo etilishi, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show-room” hamda turistlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan “Visitor center” markazlarining tashkil etilishi va hamyonbop turpaketlarning ishlab chiqilishi hududda turizmning zamonaviy yo‘nalishlarini shakllantirishning muhim bosqichlari sifatida ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mustaqillik  yillarida Qashqadaryoda turizm sohasining shakllanishi hamda rivojlanishiga oid ishlab chiqilgan xulosalar va takliflar asosida:
Qashqadaryo viloyatida shahar va tumanlarida joylashgan turizm vositalari va infratuzilma obektlarining, ayniqsa, turizm mavsumida etishmasligi, turizm transportlarda yo‘lovchilarni tashish tizimining etarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi, shuningdek, turistlarni mavjud turizm salohiyat to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkillashtirish darajasi pastligi kabi ilmiy tarixiy ma’lumotlardan Qashqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ko‘rgazmalarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 24 martdagi 02-10/854-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatida  ichki turizmni, viloyat hududidagi madaniy meros obektlarining va ziyorat turizmining o‘ziga xosliklarini targ‘ib etish bo‘yicha tegishli xulosalar chiqarish imkonini bergan. 
Qashqadaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirishda barcha infratuzilma obektlarini jahon andozalari darajasiga etkazib, turistlar talabini qondiradigan darajaga ko‘tarish, buning uchun turizm infratuzilmasining tarkibiy qismlarini tashkil etish haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 3 apreldagi 02-51-504-son ma’lumotnomasi).  Natijada viloyatda turizm  infratuzilmasining transport, oziq-ovqat, dam olish, davolash va boshqa ko‘ngilochar xizmatlarini yuqori darajada tashkil etish lozimligini aniqlashga xizmat qilgan.
Keyingi yillarida turizmning sarguzasht, ekologik, qishloq turizmini rivojlantirish, jahon turizmi turistlarning tarixiy, diniy turistik obektlarga qaraganda tabiatning so‘lim maskanlari, tog‘ yon bag‘irlari, dengiz qirg‘oqlari, sarguzashtlarga boy markazlar, turli o‘yinlar tashkil qilinadigan festivallar tashkil etish haqidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023 yil 20 apreldagi 06-31-593-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyatining tog‘li hududlarida turistik hordiq chiqaradigan turistik obektlarni barpo qilishni aniqlashtirishga xizmat qilgan.
Qashqadaryo viloyatida turizmni rivojlantirishda xalqaro festivallarni o‘tkazish, gastronomik va ziyorat turizmini kengaytirish, ekotabiat infratuzilmasini takomillashtirish hamda “Turistik xalqa”, kongress holl, rekreatsion maskanlar, “Investor show-room” va “Visitor center” kabi zamonaviy obektlarni barpo etish hisobiga 400 ming nafardan ortiq aholi tashrifini tashkil etish asosidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 24 martdagi 02-10/855-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida xalqaro festivallar tashkil etish, G‘uzor, Dehqonobod taomlari gastronomik turizmini, “Miraki turizm” mahallasini tashkil etilishini, “Turistik xalqani” ishlab chiqishni jadallashtirishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish