Sattarov Tulkin Abdixalilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Problemi obespecheniya finansovoy stabil`nosti predpriyatiy v sovremennix usloviyax razvitiya ekonomiki”. 08.00.07 – “Moliya, pul muomilasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2025.2.PhD / Iqd 5309.
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Zaynalov Jahongir Rasulovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti. Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va Ilmiy kengash raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/08.05.2025.I.133.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Olimjonov Odil Olimovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Karlibaeva Raya Xojabaevna; Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
II. Tadqiqot maqsadi innovatsion rivojlanayotgan mahalliy korxonalar moliyaviy barqarorligini kompleks tahlil qilish bo‘yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish va tahlil natijalari asosida Respublika korxonalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Moliyaviy barqarorlik”, “moliyaviy mustahkamlik” tushunchalarining moliyaviy-iqtisodiy mazmuni takomillashtirish, metodik yondashuv asosida mazkur tushunchalarning mezonli asoslari ochib berilgan, bozor hamda korxonalar talablariga javob beradigan mualliflik ta’riflari berilgan;
korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi ko‘rsatkichlarning samaradorligini ta’minlash, moliyaviy vositalar va mexanizmlarning korxonalarning moliyaviy ta’minlanganligiga ta’siri ko‘rsatilgan va ushbu tahlil asosida korxonalar ularning natijadorligiga ko‘ra guruhlangan va zamonaviy innovatsion iqtisodiyot rivojlanishi kontekstida moliyaviy barqarorlikning buzilish sabablari aniqlangan;
korxonalarning moliyaviy resurslarini shakllantirish va ishlatilishini tizimi samaradorligini ta’minlash maqsadida, korzonalarning korxonalar moliyaviy barqarorligini baholash modeli asoslab berilgan;
Iqtisodiyotni rivojlantirishning zamonaviy sharoitlarini hisobga olgan holda korxonalar moliyaviy barqarorligini baholash modelini ishlab chiqilganlik darajasi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amalda joriy etilishi:
1. Ustav fondida davlat ulushi mavjud korxonalarning moliyaviy barqarorligini, ularning moliyaviy resurslari tarkibini o‘zgarishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalangan holda baholash zarurligi to‘g‘risidagi taklif (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 01.11.2024 yildagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalda joriy etilishi korxonalar moliyaviy resurslarining joylashtirilishi va ulardan samarali foydalanishni tashkil etishga turtki bo‘ladi hamda korxonalarning to‘lov qobiliyati va likvidliligini oshirdi.
2. Korxonalarning moliyaviy barqarorligini hisoblashda ko‘rsatkichlarni hisobga olish va uni tizimli tahlil qilish zarurligi to‘g‘risidagi taklif (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 01.11.2024 yildagi ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida korxonalar moliyaviy barqarorligini baholashning integral modeli ishlab chiqildi.
3. Ustav fondida davlat ulushi mavjud korxonalarni moliyaviy barqarorligini uning integral bahosi asosida hisoblashni tashkil etish to‘g‘risidagi taklif: moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichlarini hisoblash va tahlil qilish, to‘lov qobiliyati va likvidlikni ta’minlovchi koeffisientlarni aniqlashdan iborat (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 01.11.2024 yildagi ma’lumotnomasi). Taklif natijasida korxonalar raqobatbardoshlik darajasi, majburiyatlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilish imkoniyati va yuqori rentabellik (kamida 10%)ka erishish uchun turli manbalardan pul oqimini shakllantirish imkoniyati aniqlandi.
4. Biznes-rejada nazarda tutilgan xarajatlar hajmini cheklashga emas, balki ulardan foydalanish samaradorligini oshirishga, yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun investisiyalar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan taklif (Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 01.11.2024 yildagi ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholashni ta’minlashda xizmat qildi, koeffisientlarni hisoblash bo‘yicha axborot modelini yaratishga imkon berdi va moliyaviy barqaror korxonalarni tanlash imkoniyatini yaratib berdi.