Artikbaev Baxtiyar Pirniyazovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qatqaloqni yumshatish uchun paxtachilik kul`tivatoriga diskli ish organlarini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash (Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida)», 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T210.

Ilmiy rahbar: Xadjiev Abdumutalib, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.27.06.2017.T.10.01.

Rasmiy opponentlar: Ergashev Ismoil Toshkentovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamberdiev Asqar Kimsanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxtachilik kul`tivatoriga qatqaloqni yumshatilish sifatini oshirish hamda ekilgan urug‘lar va unib chiqayotgan g‘o‘za nihollarining shikastlanishini kamaytiradigan diskli ish organlarini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

qatqaloqni yumshatish uchun paxtachilik kul`tivatoriga yassi disklardan tashkil topgan ish organining konstruksiyasi ishlab chiqilgan va texnologik ish jarayoni asoslangan;

qatqaloqni yumshatadigan ish organining parametrlari hamda unga beriladigan tik yuklanish va tortishga qarshiligining o‘zgarish chegaralari yassi disklarning qatqaloq bilan ta’sirlashish jarayonini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;

yassi disklardan tashkil topgan ish organining ishlov berish chuqurligi bo‘yicha barqarorligi uning parallelogramm mexanizm prujinasining bosim kuchiga bog‘liqligini hisobga olgan holda asoslangan; 

qatqaloqni yumshatish uchun yassi diskli ish organining maqbul parametrlari uning agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlarini belgilovchi regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qatqaloqni yumshatish uchun diskli ish organlarini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:

paxtachilik kul`tivatori uchun g‘o‘za nihollarini kam shikastlagan holda qatqaloqning yumshatilish darajasini oshiradigan diskli ish organiga Intellektual mulk agentligining foydali model va ixtiro patentlari olingan («Tuproqqa ishlov berish mashinaning qishloq xo‘jaligi ekinlaridagi qatqaloqlarini yumshatuvchi ishchi seksiyasi», №FAP 00670-2011 y.; «Kul`tivatorning ishchi seksiyasi», №IAP 05004-2015 y.). Natijada qatqaloqni sifatli yumshatish uchun yassi disklardan tashkil topgan ish organining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;

qatqaloqni yumshatish uchun paxtachilik kul`tivatoriga ishlab chiqilgan diskli ish organi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi fermer xo‘jaliklarida, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli, Chimboy, Xo‘jayli tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 02/023-340-son ma’lumotnomasi). Natijada qatqaloqni yumshatishda foydalanishdagi xarajatlar 21 foizga, mehnat sarfi 31,3 foizga kamaygan;

qatqaloqni yumshatadigan diskli ish organlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 02/023-340-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtachilik kul`tivatori uchun qatqaloqni yumshatadigan diskli ish organini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish