Siddiqova Aziza Abdug‘afforovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ikki tur Scutellaria va Stachys hissarica o‘simliklarining polisaxaridlari”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo ( kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K206.
Ilmiy rahbar: Raxmanberdieva Rano Karimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA akad. S.Y. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Normaxamatov Nodirali Saxobatalievich, kimyo fanlari doktori; Shomurotov Shavkat Abduganievich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Scutellaria adenostegia, S. comosa va Stachys hissarica o‘simliklarining polisaxaridlarini tadqiq qilish. Glyukoarabinogalaktanlarning tuzilishi, xossalari va ularning o‘ziga xos biologik faolliklarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Scutellaria adenostegia, S. comosa va Stachys hissrica ning er ustki qismlaridan, quyi molekulali birikmalar ajratib olingandan so‘ng, suvda eruvchan polisaxaridlar (SEPS), pektin moddalari (PM) va gemisellyulozalar (GMS) ajratib olingan va ularning fizik-kimyoviy xossalari, monosaxarid tarkiblari o‘rganilgan;
Stachys hissarica ning er ustki qismidan Mm 43.8 va 29.5 kDa, monosaxarid tarkibi arabinoza qoldiqlariga boy bo‘lgan (50.54 va 60.41%) suvda eruvchi polisaxarid  fraksiyalari PS-St-2 va PS-St-3 ajratib olingan. Kimyoviy va YaMR spektroskopiya ma’lumotlari SEPS makromolekulasi α- 3)-α-Araf-(1→), 4)-β-Xylp-(1→ i →3-α-Glcp-(1→, 3,6- β-Galp fragmentlaridan va qaytarilmaydigan uchida T-α-Araf i T-α-Glcp qoldiqlaridan iborat ekanligini ko‘rsatgan.  Olingan natijalarga asoslanib, St. hissarica SEPS glyuko- va/yoki galaktoksiloarabanlardan tashkil topganligi isbotlangan;
Stachys hissarica va S. comosa SEPS ning Lactobacillus casei K7 probiotik shtamining o‘sishi bo‘yicha prebiotik faolligi aniqlandi. Olingan ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, MRS buloniga St. hissarica SEPS qo‘shilishi Lactobacillus casei K7 shtamining o‘sishini yanada oshishiga va SEPS S. comosa va nazorat bilan solishtirganda (9 × 109 KOE/ml) sog‘lom hujayralarning titrini(2×1010 KOE/ml) yuqori bo‘lishiga olib kelgan;
birinchi marta S. adenostegia va S. comosa SEPS laridan GAG-Sa va GAG-Sco glyukoarabinogalaktanlar mos ravishda ajratib olindi va ularning tuzilishi kimyoviy va spektral usullar bilan isbotlandi. Glyukoarabinogalaktanlar GAG-Sa va GAG-Sco tarmoqlangan polisaxaridlar bo‘lib, makromolekulaning asosiy zanjiri β-1,6 glikozid bog‘i bilan bog‘langan galaktopiranoza qoldiqlaridan iborat, bir-biridan yon zanjirlari bilan farq qilishi aniqlandi. GAG-Sa yon zanjiri β-D-galaktopiranoza, α-D-glyukopiranoza, α-L-arabinofuranoza qoldiqlari va uning 1,3-bog‘i bilan bog‘langan disaxarid fragmenti, shuningdek asosiy zanjirga C-3 bilan bog‘langan 6-OMe-α-glyukuron kislotasining mavjudligi bilan ifodalanadi;
GAG-Sco esa C-2 holatda terminal arabinofuranoza va glyukoza, shuningdek, α -Araf-(5→1)- α -Araf oligosaxarid fragmenti mavjudligi qayd etildi;
ilk bor S. adenostegia va S. comosa ning suvda eruvchan polisaxaridlari va pektin moddalarining fagotsitoz jarayoniga, ya’ni neytrofillarning fagotsitar indeksiga ta’siri ko‘rsatilgan;
birinchi marta S. somosa polisaxaridlari va Allium cepa L. po‘stlog‘ining quruq suvli ekstrakti (PPQSE) asosida mikroblarga qarshi faollikka ega bo‘lgan fitovosita ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ikki tur Scutellaria va Stachys hissarica o‘simliklarining polisaxaridlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida birinchi marta S. comosa polisaxaridlari va Allium cepa L. (piyoz po‘stlog‘i) ning quruq suvli ekstrakti (PPQSE) asosida antimikrob fitovosita ishlab chiqilgan. 
Ushbu vosita Pseudomonas aeruginosa 003841/114, Proteus mirabilis 9, Staphylococcus aureus va Bacillus subtilis BKM bakteriyalarining o‘sishini samarali tarzda ingibirlagan. 
Ilmiy tadqiqot natijalari asosida mikroblarga qarshi vositani ishlab chiqish usuliga O‘zbekiston Respublikasining IAP 7778 patenti olingan (reestrda 2024-yil 30-iyulda ro‘yxatga olingan). Fitovosita prebiotik va antibakterial ta’sirga ega, shu jumladan mikroorganizmlarning antibiotiklarga chidamli shakllariga qarshi dori turlarini kengaytirish imkonini beradi.
Polisaxaridlarning biologik faolligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zR FA O‘MKI ning yuqori molekulali o‘simlik moddalari kimyosi laboratoriyasida bazaviy moliyalashtirish doirasida 2021-2025-yillarda amalga oshirilgan tadqoqotlarni bajarishda foydalanilgan (Ma’lumotnoma №4/1255-497 27 fevral 2025 y.) O‘rganilayotgan polisaxaridlarning prebiotik, fagotsitik va mikroblarga qarshi faolligi ular asosida yangi dorivor vositalar yaratish imkonini beradi. 
Polisaxaridlarning kimyoviy tuzilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar O‘zR FA O‘MKI ning yuqori molekulali o‘simlik moddalari kimyosi laboratoriyasida bazaviy moliyalashtirish doirasida 2021-2025-yillarda amalga oshirilgan tadqoqotlarni bajarishda foydalanilgan (ma’lumotnoma №4/1255-2476 17 oktyabr 2025 y.). Polisaxaridlarning biologik faolligining kimyoviy tuzilishiga bog‘liqligini o‘rganish ularning ta’sir mexanizmlarini ochishga imkon beradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish