Abdullaeva Feruza Bayjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik moylarini filtrlashda ishlatiladigan materiallarni regeneratsiyalash texnologiyasi va unga muqobilini tanlash», 02.00.17 - Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyalari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5261.
Ilmiy rahbar: Abdurahimov Ahror Anvarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Yo‘lchiev Asilbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Serkaev Qamar Pardaevich, texnika fanlari doktori.  
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kungaboqar moyi tarkibidagi mumsimon moddalarni filtrlashda foydalanilgan perlitni regeneratsiya qilish va unga muqobil filtrlash materialini tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rafinatsiyalangan va vinterizatsiaylangan (muzlatilgan) kungaboqar moyi tarkibida mumsimon moddalarning maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasi 90 mg/kg ni tashkil etishi uning saqlash davridagi tovar ko‘rinish xususuyatlariga salbiy ta’sir etmasligi aniqlangan;
30% li KOH eritmasini turli nisbatlari bilan regeneratsiya qilingan filtr perlit qayta ishlatilganda mumsimon moddalarni sorbsiyasini 93,4% ga tozalash imkoniyati aniqlangan;
muzlatish jarayoni 10°C dan -20°C gacha haroratda 20 daqiqagacha muzlash, keyin kristallanish va 50 daqiqadan so‘ng qotish jarayoni ketishi isbotlangan;
perlit yoki vermikulit bilan kungaboqar moyidan mumsimon moddalarni filtrlashda moyga nisbatan 0,2% dan 1% gacha ortgan sari moyning chiqish miqdori pasayishi, lekin perlitni 0,8% ishlatilganda 99,2%, vermikulitni 0,6% ishlatilganda esa 99,4% tozalikdagi moy olish mumkunligi aniqlangan;
shishirilgan vermikulit qayta ishlangan o‘simlik moylarini organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlariga ta’sir etmasdan filtrlovchi material sifatida ishlatish mumkunligi, perlitga nisbatan moyning chiqish miqdori 0,2 % ga yuqoriligi aniqlangan;
mahalliy vermikulit     yordamida kungaboqar moyi tarkibidagi mumsimon moddalarni tozalashni takomillashtirilgan texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kungaboqar moyi tarkibidagi mumsimon moddalarni filtrlashda foydalanilgan perlitni regeneratsiya qilish va unga muqobil filtrlash materialini tanlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlatilgan perlitni ishqor yordamida regeneratsiya qilib, qayta foydalanish usuli O‘zbekiston Respublikasi Yogʻ-moy sanoat korxonalari uyushmasining «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yogʻ-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2024 yil 21 maydagi KS/3-179-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlatilgan perlitni qayta foydalanish imkoni yaratilib, uni kungaboqar moyi tarkibidagi mumsimon moddalarni 93,4% gacha tozalash imkonini beradi;
kungaboqar moyidan mumsimon moddalarni filtrlashda perlitga muqobil bo‘lgan modifikatsiyalangan vermikulit olish va qo‘llash usuli O‘zbekiston Respublikasi Yogʻ-moy sanoat korxonalari uyushmasining «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etiladigan ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (O‘zbekiston respublikasi Yogʻ-moy sanoat korxonalari uyushmasining 2024 yil 21 maydagi KS/3-179-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik moylari takibidan mumsimon moddalarni filtrlash uchun import qilinayotgan perlit o‘rnini bosuvchi filtr material olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish