Rustamov Mirzoxid Mansur o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sulfat tiklanuvchi bakteriyalar ta’siriga uchragan neft konlarini ishlatish samaradorligini oshirish», 04.00.13 – Neft va gaz konlarini o‘zlashtirish hamda ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4407.
Ilmiy rahbar: Tursunov Maksad Abdujalilovich, texnika fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Shevsov Vladimir Mixaylovich, texnika fanlari doktori, professor; Akramov Baxshillo Shafievich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qatlam suvlarini haydash orqali ishlatilayotgan va STB ta’siriga uchragan neft konlari quduqlari hamda jihozlarning xizmat muddatini uzaytirish uchun samarali texnologiyalar va usullarni ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qatlam suvini qayta haydash usuli qo‘llanilib ishlatilayotgan neft konlarining mahsuldor qatlamlari sulfat tiklanuvchi bakteriyalar bilan biologik ifloslanishi asoslab berildi, hamda uning quduq uskunalari, quvurlar va er usti inshootlaridagi korroziya jarayonlariga ta’sir darajasi baholangan;
sulfat tiklanuvchi bakteriyalar bilan zararlangan va suv bosimi usuli bilan ishlatilayotgan Buxoro–Xiva mintaqasidagi konlarining geologik-fizik sharoitlarida hamda joriy ishlatish holatida yuqori samarali GRDS-0923 biotsid reagenti ishlab chiqilgan;
suv haydash usuli qo‘llanilib ishlatilayotgan neft konlarida vodorod sulfid hosil bo‘lishi nazariy asoslandi, jarayonni monitoring qilish va quduq uskunalarida korroziya tezligini pasaytirish usuli ishlab chiqilgan;
suv haydash usuli qo‘llanilib ishlatilayotgan va STB bilan zararlangan neft konlarida biotsidlardan foydalanish samarali ekanligi isbotlangan hamda ularning metall korroziya tezligini kamaytirishi, ta’mirlash xarajatlarini qisqartirishi, kon jihozlari xizmat muddatini uzaytirishi, ishlatish samaradorligini oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sulfat tiklanuvchi bakteriyalar tasiriga uchragan neft konlarini ishlatish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qatlam suvlari STB bilan zararlanganligini aniqlash va kimyoviy reagentlarning bakterisid samaradorligini baholash metodikasi Shimoliy O‘rtabuloq konida amaliyotga joriy qilingan (“Sanoat Energetika Guruhi” MChJning 2025 yil 14 avgustdagi 047-0750-1798-2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sulfat tiklanuvchi bakteriyalarga qarshi samarali bakterisidlar va texnologiyalarni tanlash imkonini bergan;
biotsid-bakteriosid reagenti Shimoliy O‘rtabuloq konining 158-sonli qudug‘ida joriy etilgan (“Sanoat Energetika Guruhi” MChJning 2025 yil 14 avgustdagi 047-0750-1798-2025-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, temir-metall uskunalarda vodorod sulfidi va FeS kamaytirish asosida quduq tubi zonasining o‘tkazuvchanligi barqarorlanishi negizida sof iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan.