Inogamova Diyora Telmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «2-tur qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda koronar tomirlarning endovaskulyar revaskulyarizatsiyasida galectin-3 va H-FABP markerlarning samaradorligi», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3015.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalligi va 2-tur qandli diabetga chalingan bemorlarda koronar tomirlar endovaskulyar revaskulyarizatsiyasidan (KTER) keyin Galektin-3 va H-FABP markerlarining klinik va prognostik ahamiyatini baholash, shuningdek, ikkilamchi tahlilda ushbu biomarker ko‘rsatkichlarini aorta-koronar shuntlash (AKSh) amaliyotidan keyingi bemorlar guruhi bilan taqqoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda keng qamrovli klinik va laborator tadqiqotlar asosida endovaskulyar revaskulyarizatsiyasi (KTER) o‘tkazilgan 2-tur qandli diabet va surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda Galektin-3 va N-FABP biomarkerlarining tashxis va prognotik ahamiyati asoslangan;
KTER dan 3 oy o‘tgach, Galektin-3 va N-FABP miqdorlari sezilarli darajada pasayishi aniqlanish asosida miokarddagi yallig‘lanish-fibrotik va ishemik jarayonlarning kamayganligini ko‘rsatadi va revaskulyarizatsiya samaradorligining erta davrdagi mezoni sifatida xizmat qilishi mumkinligi isbotlangan;
ilk bor, ExoKG ma’lumotlariga ko‘ra markaziy gemodinamik ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan bo‘lmasa ham, Galektin-3 va N-FABP miqdorining o‘zgarishi jarrohlik amaliyotdan keyin miokardning metabolik va morfofunksional holatining yaxshilanishini xolisona baholash imkonini berishi isbotlangan;
ROC tahlili asosida Galektin-3 va N-FABP uchun chegaraviy qiymatlar aniqlangan va bu qiymatlar endovaskulyar revaskulyarizatsiyadan so‘ng 2-tur qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda yurak etishmovchiligining qaytalanish xavfini erta aniqlashda yuqori sezuvchanlik va spesifiklikka ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
2-tur qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda koronar tomirlarning endovaskulyar revaskulyarizatsiyasida galectin-3 va H-FABP markerlarning samaradorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor O‘zbekistonda keng qamrovli klinik va laborator tadqiqotlar asosida endovaskulyar revaskulyarizatsiyasi (KTER) o‘tkazilgan 2-tur qandli diabet va surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda Galektin-3 va N-FABP biomarkerlarining tashxis va prognotik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATMning ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 mayda 5-son bilan tasdiqlangan «Ikkinchi tur qandli diabet bo‘lgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi oqimi xususiyatlari va prognostik markerlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEATM Samarqand filiali bo‘yicha 04.07.2023 yildagi 30-son va Farg‘ona filiali bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 49-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 2 tur qandli diabet va surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda operatsiyadan keyingi dastlabki davrda galektin-3 va H-FABP biomarkerlari miqdorini aniqlashni joriy etish yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish xavfini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 37 milliondan 58 milliongacha so‘m mablag‘lar operatsiyadan keyingi dastlabki davrda 2 tur qandli diabet va surunkali yurak etishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarda yurak-qon tomir asoratlari rivojlanish xavfini erta aniqlash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: KTER dan 3 oy o‘tgach, Galektin-3 va N-FABP miqdorlari sezilarli darajada pasayishi aniqlanish asosida miokarddagi yallig‘lanish-fibrotik va ishemik jarayonlarning kamayganligini ko‘rsatadi va revaskulyarizatsiya samaradorligining erta davrdagi mezoni sifatida xizmat qilishi mumkinligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Galektin-3 va N-FABP biomarkerlarining tashxis va prognotik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATMning ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 mayda 5-son bilan tasdiqlangan «Ikkinchi tur qandli diabet bo‘lgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi oqimi xususiyatlari va prognostik markerlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEATM Samarqand filiali bo‘yicha 04.07.2023 yildagi 30-son va Farg‘ona filiali bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 49-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: 2 tur qandli diabet va surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda galektin-3, H-FABP, qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari, markaziy gemodinamikani kompleks baholash operatsiyadan oldingi va keyingi davrda kardiovaskulyar asoratlarning turli xil xavf omillarini har tomonlama qamrab olishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida daovlanish uchun sarflanadigan 10 million so‘m mablag‘lar QD2 va SYuE bilan og‘rigan bemorlarda KVAni erta tashxislash orqali shifoxonada qolish muddati 10 kungacha kamayishi natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, ExoKG ma’lumotlariga ko‘ra markaziy gemodinamik ko‘rsatkichlarda sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmagan bo‘lmasa ham, Galektin-3 va N-FABP miqdorining o‘zgarishi jarrohlik amaliyotdan keyin miokardning metabolik va morfofunksional holatining yaxshilanishini xolisona baholash imkonini berishi isbotlanganligi bo‘yicha Galektin-3 va N-FABP biomarkerlarining tashxis va prognotik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATMning ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 mayda 5-son bilan tasdiqlangan «Ikkinchi tur qandli diabet bo‘lgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi oqimi xususiyatlari va prognostik markerlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEATM Samarqand filiali bo‘yicha 04.07.2023 yildagi 30-son va Farg‘ona filiali bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 49-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: KVO rivojlanishi xavf omillarining ko‘p omilli tahlili bo‘yicha o‘tkazilgan hisob-kitoblar o‘rganilgan bemorlar guruhida xavf toifalarini ishlab chiqishga yordam beradi, bu esa operatsiyadan keyingi nogironlik va o‘lim darajasini pasaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida daovlanish uchun sarflanadigan 4,5 million so‘mdan 15 million so‘mgacha mablag‘lar normal biokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan ambulator nazoratdagi bemorlarni o‘z vaqtida tashxis qo‘yish va davolash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ROC tahlili asosida Galektin-3 va N-FABP uchun chegaraviy qiymatlar aniqlangan va bu qiymatlar endovaskulyar revaskulyarizatsiyadan so‘ng 2-tur qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda yurak etishmovchiligining qaytalanish xavfini erta aniqlashda yuqori sezuvchanlik va spesifiklikka ega ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar akademik Yo.X.Turakulov nomidagi RIEIATMning ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 11 mayda 5-son bilan tasdiqlangan «Ikkinchi tur qandli diabet bo‘lgan bemorlarda surunkali yurak etishmovchiligi oqimi xususiyatlari va prognostik markerlarning ahamiyati» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEATM Samarqand filiali bo‘yicha 04.07.2023 yildagi 30-son va Farg‘ona filiali bo‘yicha 07.07.2023 yildagi 49-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 10 iyundagi 19/46-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali yurak etishmovchiligi bo‘lgan 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish dinamikasida o‘rganish samaradorligi ko‘rsatib berilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida daovlanish uchun sarflanadigan 8-10 million so‘m mablag‘lar ishlab chiqqan xavf shkalasini tahlil qilish orqali QD2 va SYuE bo‘lgan bemorlarda operatsiyadan keyingi erta davrda KVA profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirgan holda bemorni to‘g‘ri davolash natijasida iqtisod qilinadi.