Xamdamov Ilxomjon Baxtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metabolik sindromli bemorlarda bariatrik operatsiyalar natijalarini yaxshilash yo‘llari” ixtisoslik shifri: 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.DSc/Tib1268.
Ilmiy maslahatchi: Xakimov Murod Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/27.09.2024.Tib.93.03.
Rasmiy opponentlar: Qurbonov Obid Maksudovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Teshaev Oktyabr Ruxilloevich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromli bemorlarda bariatrik jarrohlikning klinik natijalarini moslashtirilgan jarrohlik yondashuvlarini ishlab chiqish va tatbiq etish, shuningdek modifikatsiyalangan jarrohlik aralashuvlarini qo‘llash orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor metabolik sindromli bemorlarning klinik-patogenetik ko‘rinishi o‘rnatilib, ularda standart laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasini o‘tkazish gastroezofageal reflyuksning kuchayishiga va etarli bo‘lmagan metabolik remissiyaga olib kelishi isbotlangan;
klinik natijalarni tahlil qilish asosida yaqqol ifodalangan gormonal refrakterlik hamda oshqozon va aylanib o‘tuvchi qovuzloqning morfofunksional muvofiqmasligi kuzatilgan bemorlarda an’anaviy laparoskopik minigastroshuntlashni  qo‘llashning patogenetik maqsadli emasligi  isbotlangan;
ilk bor insulinrezistentlik darajasi (HOMA-IR), HbA1c, tana massasi indeksi, gastroezofageal reflyuksning mavjudligi va shakli, diabetning davomiyligi, C-peptid darajasi va bariatrik aralashuv usulini tanlash o‘rtasida keng qamrovli korrelyasion tahlili o‘tkazilishi natijasida asoratlarni bashoratlovchi asosiy ko‘rsatkichlar  aniqlangan;
metabolik sindromi bo‘lgan bemorlarda sakkizta ob’ektiv klinik-laborator belgilariga asoslangan yuqori bashoratlash qiymatiga ega (AUC>0,8) bo‘lgan har bir bemor uchun personalizatsiyalashgan operatsiya usulini tanlash uchun ballik diagnostik vosita ishlab chiqilgan;
ilk bor 3D modellashtirish  usuli yordamida shu jumladan rezervuar hamda aylanma qovuzloq uzunligini individual tanlash uchun, oshqozonning morfometrik parametrlariga asoslangan integratsiyalash mexanizmi ishlab chiqilgan (IAP 8147-sonli patent).
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2025 yil 10 oktyabrdagi 26/31 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor metabolik sindromli bemorlarning klinik-patogenetik ko‘rinishi o‘rganilib, ularda standart laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasini o‘tkazish gastroezofageal reflyuksning kuchayishiga va etarli bo‘lmagan metabolik remissiyaga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotoba metabolik sindromli bemorlarning klinik-patogenetik ko‘rinishi o‘rganilib, ularda standart laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasini o‘tkazish gastroezofageal reflyuksning kuchayishiga va etarli bo‘lmagan metabolik remissiyaga olib kelishi isbotlangan, bu o‘z navbatida mazkur bemorlarning barchasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish usullarini qo‘llash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (15.07.2025 y.; № 139-son); Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot  markazi buyruq (01.07.2025 y.; № 73-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (08.07.2025 y.; №102- son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: metabolik sindromli bemorlarning klinik-patogenetik ko‘rinishi o‘rganilib, ularda standart laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasini o‘tkazish gastroezofageal reflyuksning kuchayishiga va etarli bo‘lmagan metabolik remissiyaga olib kelishi isbotlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida gastroezofageal reflyuksni oldini olishda foydalanishiga imkon berib, bemorlarni davolash sifatini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindromli bemorlarning klinik-patogenetik ko‘rinishi o‘rganilib, ularda standart laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasini o‘tkazish gastroezofageal reflyuksning kuchayishiga va etarli bo‘lmagan metabolik remissiyaga olib kelishi isbotlangan, bu  o‘z navbatida operatsiyadan so‘ngi kuzatilish xavfi yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olishida inobatga olinib, davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish orqali 1 nafar bemorga sarflanadigan xarajatlarini 2350000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: metabolik sindromli bemorlarning klinik-patogenetik ko‘rinishi o‘rganilib, ularda standart laparoskopik bo‘ylama oshqozon rezeksiyasini o‘tkazish gastroezofageal reflyuksning kuchayishiga va etarli bo‘lmagan metabolik remissiyaga olib kelishini inobatga olish, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2350000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi; 
ikkinchi ilmiy yangilik: klinik natijalarni tahlil qilish asosida yaqqol ifodalangan gormonal refrakterlik hamda oshqozon va aylanib o‘tuvchi qovuzloqning morfofunksional muvofiqmasligi kuzatilgan bemorlarda an’anaviy laparoskopik minigastroshuntlashni  qo‘llashning patogenetik maqsadli emasligi  isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: klinik natijalarni tahlil qilish asosida yaqqol ifodalangan gormonal refrakterlik hamda oshqozon va aylanib o‘tuvchi qovuzloqning morfofunksional muvofiqmasligi kuzatilgan bemorlarda an’anaviy laparoskopik minigastroshuntlashni  qo‘llashning patogenetik maqsadli emasligini inobatga olish davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (15.07.2025 y.; № 139-son); Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot  markazi buyruq (01.07.2025 y.; № 73-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (08.07.2025 y.; №102- son) bilan amaliyotga joriy etildi.  Ijtimoiy samaradorligi: yaqqol ifodalangan gormonal refrakterlik hamda oshqozon va aylanib o‘tuvchi qovuzloqning morfofunksional muvofiqmasligi kuzatilgan bemorlarda an’anaviy laparoskopik minigastroshuntlashni  qo‘llashning patogenetik maqsadli emasligining  isbotlanganligi rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: yaqqol ifodalangan gormonal refrakterlik hamda oshqozon va aylanib o‘tuvchi qovuzloqning morfofunksional muvofiqmasligi kuzatilgan bemorlarda an’anaviy laparoskopik minigastroshuntlashni qo‘llashning patogenetik maqsadli emasligining isbotlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1400000 so‘mga  kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 90000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: yaqqol ifodalangan gormonal refrakterlik hamda oshqozon va aylanib o‘tuvchi qovuzloqning morfofunksional muvofiqmasligi kuzatilgan bemorlarda an’anaviy laparoskopik minigastroshuntlashni qo‘llashning patogenetik maqsadli emasligining isbotlanganligi inobatga olib xirurgik taktikani maqbullashtirish, davolanish samarasini oshirishga, davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor insulinrezistentlik darajasi (HOMA-IR), HbA1c, tana massasi indeksi, gastroezofageal reflyuksning mavjudligi va shakli, diabetning davomiyligi, C-peptid darajasi va bariatrik aralashuv usulini tanlash o‘rtasida keng qamrovli korrelyasion tahlili o‘tkazilishi natijasida asoratlarni bashoratlovchi asosiy ko‘rsatkichlar  aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk marotoba insulinrezistentlik darajasi (HOMA-IR), HbA1c, tana massasi indeksi, gastroezofageal reflyuksning mavjudligi va shakli, diabetning davomiyligi, C-peptid darajasi va bariatrik aralashuv usulini tanlash o‘rtasida keng qamrovli korrelyasion tahlili o‘tkazilishi natijasida asoratlarni bashoratlovchi asosiy ko‘rsatkichlar  aniqlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida rivojlanadigan asoratlarni kamaytirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (15.07.2025 y.; № 139-son); Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot  markazi buyruq (01.07.2025 y.; № 73-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (08.07.2025 y.; №102- son) bilan amaliyotga joriy etildi.   Ijtimoiy samaradorligi: insulinrezistentlik darajasi (HOMA-IR), HbA1c, tana massasi indeksi, gastroezofageal reflyuksning mavjudligi va shakli, diabetning davomiyligi, C-peptid darajasi va bariatrik aralashuv usulini tanlash o‘rtasida keng qamrovli korrelyasion tahlili o‘tkazilishi natijasida asoratlarni bashoratlovchi asosiy ko‘rsatkichlar  aniqlanishi operatsiyadan keyingi davrda hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: insulinrezistentlik darajasi (HOMA-IR), HbA1c, tana massasi indeksi, gastroezofageal reflyuksning mavjudligi va shakli, diabetning davomiyligi, C-peptid darajasi va bariatrik aralashuv usulini tanlash o‘rtasida keng qamrovli korrelyasion tahlili o‘tkazilishi natijasida asoratlarni bashoratlovchi asosiy ko‘rsatkichlar  aniqlanganligi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1400000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 280000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 90000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: insulinrezistentlik darajasi (HOMA-IR), HbA1c, tana massasi indeksi, gastroezofageal reflyuksning mavjudligi va shakli, diabetning davomiyligi, C-peptid darajasi va bariatrik aralashuv usulini tanlash o‘rtasida keng qamrovli korrelyasion tahlili o‘tkazilishi natijasida asoratlarni bashoratlovchi asosiy ko‘rsatkichlar  aniqlanganligining amaliyotda qo‘llanilishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarni  kamaytirish imkonini beradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: metabolik sindromi bo‘lgan bemorlarda sakkizta ob’ektiv klinik-laborator belgilariga asoslangan yuqori bashoratlash qiymatiga ega (AUC>0,8) bo‘lgan har bir bemor uchun personalizatsiyalashgan operatsiya usulini tanlash uchun ballik diagnostik vosita ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: metabolik sindromi bo‘lgan bemorlarda sakkizta ob’ektiv klinik-laborator belgilariga asoslangan yuqori bashoratlash qiymatiga ega (AUC>0,8) bo‘lgan har bir bemor uchun personalizatsiyalashgan operatsiya usulini tanlash uchun ballik diagnostik vositasini amaliyotda qo‘llanilishi bemorlarni shifo jarayonini tezlashtirib asoratlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (15.07.2025 y.; № 139-son); Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot  markazi buyruq (01.07.2025 y.; № 73-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (08.07.2025 y.; №102- son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: metabolik sindromi bo‘lgan bemorlarda sakkizta ob’ektiv klinik-laborator belgilariga asoslangan yuqori bashoratlash qiymatiga ega (AUC>0,8) bo‘lgan har bir bemor uchun personalizatsiyalashgan operatsiya usulini tanlash uchun ballik diagnostik vositasidan foydalanish rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: metabolik sindromi bo‘lgan bemorlarda sakkizta ob’ektiv klinik-laborator belgilariga asoslangan yuqori bashoratlash qiymatiga ega (AUC>0,8) bo‘lgan har bir bemor uchun personalizatsiyalashgan operatsiya usulini tanlash uchun ballik diagnostik vositasidan foydalanish bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: metabolik sindromi bo‘lgan bemorlarda sakkizta ob’ektiv klinik-laborator belgilariga asoslangan yuqori bashoratlash qiymatiga ega (AUC>0,8) bo‘lgan har bir bemor uchun personalizatsiyalashgan operatsiya usulini tanlash uchun ballik diagnostik vositasini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 4500000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: ilk bor 3D modellashtirish  usuli yordamida shu jumladan rezervuar hamda aylanma qovuzloq uzunligini individual tanlash uchun, oshqozonning morfometrik parametrlariga asoslangan integratsiyalash mexanizmi ishlab chiqilgan (IAP 8147-sonli patent). Ilmiy yangilikning ahamiyati: 3D modellashtirish  usuli yordamida shu jumladan rezervuar hamda aylanma qovuzloq uzunligini individual tanlash uchun, oshqozonning morfometrik parametrlariga asoslangan integratsiyalash mexanizmining amaliyotda qo‘llanilishi bemorlarni shifo jarayonini tezlashtirib asoratlarni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (15.07.2025 y.; № 139-son); Navoiy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot  markazi buyruq (01.07.2025 y.; № 73-son) hamda Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (08.07.2025 y.; №102- son) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: 3D modellashtirish  usuli yordamida shu jumladan rezervuar hamda aylanma qovuzloq uzunligini individual tanlash uchun, oshqozonning morfometrik parametrlariga asoslangan integratsiyalash mexanizmidan foydalanish rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: 3D modellashtirish  usuli yordamida shu jumladan rezervuar hamda aylanma qovuzloq uzunligini individual tanlash uchun, oshqozonning morfometrik parametrlariga asoslangan integratsiyalash mexanizmini qo‘llanilishi bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga  qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: 3D modellashtirish  usuli yordamida shu jumladan rezervuar hamda aylanma qovuzloq uzunligini individual tanlash uchun, oshqozonning morfometrik parametrlariga asoslangan integratsiyalash mexanizmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1400000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 450000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish