Obloqulova Sayyora Abdurashit qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Orqa miya travmatik jarohatlanishida jigar morfometrik parametrlarining qiyosiy tavsifi”, 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5773.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ishigov Ibragim Agaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: orqa miya travmatik jarohatlanishining turli davrlarida jigarda kechadigan morfofunksional o‘zgarishlarni qiyosiy baholash hamda ularni korreksiya qilishning  ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor orqa miya shikastlanishining o‘tkir davrida jigarning markaziy venalari diametri, gepatotsitlar va ularning o‘zagi o‘lchamlari kattalashganligi, so‘ngra dinamikada erta davrda ushbu ko‘rsatkichlar kamayishi isbotlangan; 
ilk bor orqa miya shikastlanishining turli davrlarida jigar to‘qimasida leykotsitar infiltratsiyaning oshishi, gepatotsitlar o‘lchamlarining kichrayishi, ularning sitoplazmasida yog‘ va oqsil moddasiga xos bo‘lgan kiritmalarning yig‘ilishi, tomir devori va interstsial sohalarda biriktiruvchi to‘qimaga xos bo‘lgan kollagen tolalar miqdorining kupayishi aniqlangan; 
ilk bor nazorat guruhidagi oq zotsiz kalamushlar jigar to‘qimasida Bcl-2 markyorining oshganligi va dori vositalari qo‘llangan guruhda esa 1,14 marta Bcl-2 markyorining ekspressiyasi kamayishi, Ki-67 markyori ekspressiyalanish darajasining pasayishi hamda dori vositalari qo‘llangandan keyingi guruhda oshganligi isbotlangan;
“Fitoliver” BFQ oq zotsiz kalamushlar orqa miya shikastlanishdan keyingi jigarning sitolitik sindrom indikatorlari (ALT, AST va LDG) nazorat guruhi kalamushlariga nisbatan ishonchli ravishda kamayib, me’yorga yaqinlashganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Orqa miya travmatik jarohatlanishida jigar morfometrik parametrlarining qiyosiy tavsifini o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor orqa miya shikastlanishining o‘tkir davrida jigarning markaziy venalari diametri, gepatotsitlar va ularning o‘zagi o‘lchamlari kattalashganligi, so‘ngra dinamikada erta davrda ushbu ko‘rsatkichlar kamayishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: orka miya jaroxatidan so‘ng dinamikasida jigarda yuzaga keladigan jarayonlarini baholash maqsadida bemorlarda kasallikni erta tashxislash imkoni yaratildi, aniqlangan dinamika klinik amaliyotda prognoz berishni engillashtirdi hamda shifokorlar uchun bemorlarni nazorat qilish algoritmlarini takomillashtirishga  hamda tashxislash tartibini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: jigardagi o‘zgarishlarni erta aniqlash orqali asoratlarning oldini olish, davolash xarajatlarini qisqartirish va reabilitatsiya muddatini kamaytirish imkoni yaratildi. Xulosa: Optimal tashxis va nazorat taktikalarining joriy etilishi har bir bemor uchun o‘rtacha 300000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor orqa miya shikastlanishining turli davrlarida jigar to‘qimasida leykotsitar infiltratsiyaning oshishi, gepatotsitlar o‘lchamlarining kichrayishi, ularning sitoplazmasida yog‘ va oqsil moddasiga xos bo‘lgan kiritmalarning yig‘ilishi, tomir devori va interstsial sohalarda biriktiruvchi to‘qimaga xos bo‘lgan kollagen tolalar miqdorining kupayishi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: orqa miya shikastlanishining turli davrlarida jigarning leykotsitar infiltratsiyaning oshishi, gepatotsitlar o‘lchamlarining kichrayishi, ularning sitoplazmasida yog‘ va oqsil moddasiga xos bo‘lgan kiritmalarning yig‘ilishi, tomir devori va interstsial sohalarda biriktiruvchi to‘qimaga xos bo‘lgan kollagen tolalar miqdorining kupayishi kabi mexanizmlari tizimli tartibida ochib berish natijasida xastalikni erta tashxislash orqali uning natijasida yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga sharoit yaratilganligi  va xastalikni samarali davolash tizimini shakllantirishga asos bo‘lish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: morfologik baholashning aniqligi tufayli ortiqcha biopsiya va qimmat tashxis usullariga ehtiyoj kamaydi. Xulosa: Asoratlarni erta oldini olish va to‘g‘ri reabilitatsiya taktikasi xarajatlarni sezilarli darajada qisqartiradi hamda har bir bemor uchun o‘rtacha 300000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikni ta’minlaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor nazorat guruhidagi oq zotsiz kalamushlar jigar to‘qimasida Bcl-2 markyorining oshganligi va dori vositalari qo‘llangan guruhda esa 1,14 marta Bcl-2 markyorining ekspressiyasi kamayishi, Ki-67 markyori ekspressiyalanish darajasining pasayishi hamda dori vositalari qo‘llangandan keyingi guruhda oshganligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: immunogistokimyoviy taxlil asosida orka miya jaroxatidan so‘ng jigar to‘qimasida Bcl-2 va Ki-67 markerlari shikastlanish jarayonida apoptoz va regeneratsiya holatini baholash imkonini yaratdi, klinik amaliyotda biomarkerlardan foydalanish bemorlarni individual nazorat qilish imkonini berdi, shifokorlar uchun prognoz berish va davolash taktikasida yangi ko‘rsatmalar paydo bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu zamonaviy taxlil natijalarida biomarkerlar asosida to‘g‘ri tashxis qo‘yish orqali asoratlar bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlar kamaydi, samarasiz davolash usullari kamaytirildi, biomarkerlarni joriy qilish orqali tezkor va iqtisodiy tejamkor tashxis usuli qo‘llanildi va uzoq muddatli reabilitatsiya xarajatlari qisqardi. Xulosa: orqa miya jaroxatidan so‘ng jigar strukturasida kelib chikadigan o‘zgarishlarni erta tashxislash natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish va to‘g‘ri reabilitatsiya taktikasini  tanlash natijasida xarajatlar byudjet mablag‘lari 10,3% iqtisod qilingan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: “Fitoliver” biologik faol qo‘shimchasi oq zotsiz kalamushlar orqa miya shikastlanishdan keyingi jigarning sitolitik sindrom indikatorlari (ALT, AST va LDG) nazorat guruhi kalamushlarigi nisbatan ishochli ravishda kamayib, me’yorga yaqinlashganligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: orka miya jaroxatidan so‘ng jigarda yuzaga keladigan struktur o‘zgarishlarni oldini olishda “Fitoliver” biologik faol qo‘shimchasi qo‘llanilganda jigar faoliyati tiklanishi bemorlarning hayotiy sifatini oshirdi, asoratlar xavfi kamayib, bemorning tuzalish davri qisqarishi ta’minlanadi va tabiiy vositalardan foydalanish aholi orasida xavfsiz va arzon davolash imkonini yaratdi. Iqtisodiy samaradorligi: “Fitoliver” biologik faol qo‘shimchasi qo‘llanilganda davolash jarayoni samarali bo‘lib, sog‘liqni saqlash xarajatlari kamaytirish imkonin yaratib berdi hamda klinik amaliyotda ushbu vositadan foydalanish har bir bemor uchun o‘rtacha 300000 so‘mgacha iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkonini beradi. Xulosa: orqa miya shikastlanishidan keyin jigarda kechadigan morfologik va biokimyoviy o‘zgarishlarni chuqur tahlil qilish, ularning dinamikasini baholash hamda “Fitoliver” biologik faol qo‘shimchasi qo‘llanilganda sitolitik sindrom ko‘rsatkichlarining me’yorga yaqinlashishini isbotlash orqali jigar faoliyati tiklanishiga, asoratlar xavfini kamaytirishga va reabilitatsiya samaradorligini oshirishga erishilgan. 
Oq zotsiz kalamushlar qon zardobi biokimyoviy ko‘rsatkichlariga "Fitoliver" vositasi ta’sirini aniqlash usullari sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (14.06.2025-yil 210-son buyruq asosida) va Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazi Navoiy filialida (12.06.2025-yil 87-son buyruq asosida) klinik amaliyotga tadbik etilgan. Amaliyotga tadbiq bo‘yicha O‘zRes SSV huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 7 iyuldagi qarori asosida 21/26-sonli yagona xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish