Dadaxanova Maryamxon Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida qalqonsimon bezning tugunli xosilalari (klinikasi, gistopatologiyasi va natijalarini bashorat qilish)», 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib2653.
Ilmiy rahbar: Xalimova Zamira Yusufovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Akademik Yo.X.To‘rakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/01.04.2023.Tib.161.01.
Rasmiy opponentlar: Muratova Shaxlo Taxirjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Shamansurova Zulayxo Muralimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qalqonsimon bez tugunsimon hosilalari bo‘lgan bemorlarda kliniko-gistopatologik parallelliklarni aniqlash va O‘zbekiston Respublikasi sharoitida kasallik natijalarining pronostik modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1990-2000 va 2010-2020 yillarda qalqonsimon bez tugunli hosilalari bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarning tibbiy ma’lumotlarini qiyosiy retrospektiv tahlili asosida kasallikning klinik kechishidagi o‘zgarishlarning asosiy shakllari, xavsiz va xavfli o‘smalarning paydo bo‘lish chastotasi, asosiy xavf omillari aniqlangan;
katta klinik material asosida qalqonsimon bezning klinik-gormonal ko‘rsatkichlari va ultratovush xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash ilk bor TI-RADS tizimidan foydalangan holda o‘tkazilib, gormonal holat va tugunli zararlanish turiga qarab individual ultratovush belgilarining diagnostik ahamiyati asoslangan;
Bethesda tizimi asosida tugunsimon hosilalarning gistologik xususiyatlarini ularning ACR TI-RADS bo‘yicha tasniflangan ultratovush turlari bilan tizimli taqqoslash orqali noinvaziv differensial diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish imkon beradigan morfologik va ultratovush xususiyatlari o‘rtasidagi ishonchli bog‘liqlik aniqlangan;
ko‘p omilli tahlil asosida klinik, gormonal, ultratovush va morfologik ko‘rsatkichlarni baholashni, optimallashtirilgan diagnostikani ta’minlashni, konservativ davoni o‘z vaqtida boshlashni va asoratlarni oldini olishni o‘z ichiga olgan qalqonsimon bez tugunlar hosilalarini erta aniqlashning pronostik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi sharoitlarida qalqonsimon bezning tugunli xosilalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: 1990-2000 va 2010-2020 yillarda qalqonsimon bez tugunli hosilalari bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarning tibbiy ma’lumotlarini qiyosiy retrospektiv tahlili asosida kasallikning klinik kechishidagi o‘zgarishlarning asosiy shakllari, xavsiz va xavfli o‘smalarning paydo bo‘lish chastotasi, asosiy xavf omillari aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 aprelda 225-son bilan tasdiqlangan «Vnedrenie klassifikatsii ACR–TERADS u patsientov s uzlovimi obrazovaniyami shhitovidnoy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona viloyati filiali endokrinologiya bo‘limi bo‘yicha 16.05.2024 yildagi 29-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi endokrinologiya bo‘limi bo‘yicha 17.05.2024 yildagi 31-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/13-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bezning tugunli hosilalarini erta bosqichlarida aniq tashxislash uchun ultratovush diagnostikasida ACR–TERADS tizimi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, shkala bo‘yicha ballarni hisoblash va ingichka ignali aspiratsion biopsiya BETHESDA tizimi yordamida tasniflash orqali kasallik kechishini bashoratlashga, shuning natijasida asoratlarni ucharsh chastotasini kamaytirish va besabab jarrohlik aralashuvlarning oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 990000 so‘m mablag‘lar (statsionarda 1 kun davolanish narxi 330000 so‘mni tashkil etadi) qalqonsimon bez patalogiyasini erta tashxislash, asoratlarni va jarrohlik amaliyotini kamaytirish hisobiga bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini 3 kunga qisqarish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: katta klinik material asosida qalqonsimon bezning klinik-gormonal ko‘rsatkichlari va ultratovush xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni baholash ilk bor TI-RADS tizimidan foydalangan holda o‘tkazilib, gormonal holat va tugunli zararlanish turiga qarab individual ultratovush belgilarining diagnostik ahamiyati asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 aprelda 225-son bilan tasdiqlangan «Vnedrenie klassifikatsii ACR–TERADS u patsientov s uzlovimi obrazovaniyami shhitovidnoy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona viloyati filiali endokrinologiya bo‘limi bo‘yicha 16.05.2024 yildagi 29-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi endokrinologiya bo‘limi bo‘yicha 17.05.2024 yildagi 31-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/13-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bezning tugunli hosilalarini erta bosqichlarida aniq tashxislash uchun ultratovush diagnostikasida ACR–TERADS tizimi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, shkala bo‘yicha ballarni hisoblash va ingichka ignali aspiratsion biopsiya BETHESDA tizimi yordamida tasniflash orqali kasallik kechishini bashoratlashga, shuning natijasida asoratlarni ucharsh chastotasini kamaytirish va besabab jarrohlik aralashuvlarning oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 990000 so‘m mablag‘lar (statsionarda 1 kun davolanish narxi 330000 so‘mni tashkil etadi) qalqonsimon bez patalogiyasini erta tashxislash, asoratlarni va jarrohlik amaliyotini kamaytirish hisobiga bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini 3 kunga qisqarish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: Bethesda tizimi asosida tugunsimon hosilalarning gistologik xususiyatlarini ularning ACR TI-RADS bo‘yicha tasniflangan ultratovush turlari bilan tizimli taqqoslash orqali noinvaziv differensial diagnostika imkoniyatlarini kengaytirish imkon beradigan morfologik va ultratovush xususiyatlari o‘rtasidagi ishonchli bog‘liqlik aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 aprelda 225-son bilan tasdiqlangan «Vnedrenie klassifikatsii ACR–TERADS u patsientov s uzlovimi obrazovaniyami shhitovidnoy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona viloyati filiali endokrinologiya bo‘limi bo‘yicha 16.05.2024 yildagi 29-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi endokrinologiya bo‘limi bo‘yicha 17.05.2024 yildagi 31-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/13-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bezning tugunli hosilalarini erta bosqichlarida aniq tashxislash uchun ultratovush diagnostikasida ACR–TERADS tizimi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, shkala bo‘yicha ballarni hisoblash va ingichka ignali aspiratsion biopsiya BETHESDA tizimi yordamida tasniflash orqali kasallik kechishini bashoratlashga, shuning natijasida asoratlarni ucharsh chastotasini kamaytirish va besabab jarrohlik aralashuvlarning oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 990000 so‘m mablag‘lar (statsionarda 1 kun davolanish narxi 330000 so‘mni tashkil etadi) qalqonsimon bez patalogiyasini erta tashxislash, asoratlarni va jarrohlik amaliyotini kamaytirish hisobiga bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini 3 kunga qisqarish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ko‘p omilli tahlil asosida klinik, gormonal, ultratovush va morfologik ko‘rsatkichlarni baholashni, optimallashtirilgan diagnostikani ta’minlashni, konservativ davoni o‘z vaqtida boshlashni va asoratlarni oldini olishni o‘z ichiga olgan qalqonsimon bez tugunlar hosilalarini erta aniqlashning pronostik modeli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent pediatriya tibbiyot institutining ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 3 aprelda 225-son bilan tasdiqlangan «Vnedrenie klassifikatsii ACR–TERADS u patsientov s uzlovimi obrazovaniyami shhitovidnoy jelezi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Farg‘ona viloyati filiali endokrinologiya bo‘limi bo‘yicha 16.05.2024 yildagi 29-son hamda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi endokrinologiya bo‘limi bo‘yicha 17.05.2024 yildagi 31-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 10 dekabrdagi 10/13-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qalqonsimon bezning tugunli hosilalarini erta bosqichlarida aniq tashxislash uchun ultratovush diagnostikasida ACR–TERADS tizimi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, shkala bo‘yicha ballarni hisoblash va ingichka ignali aspiratsion biopsiya BETHESDA tizimi yordamida tasniflash orqali kasallik kechishini bashoratlashga, shuning natijasida asoratlarni ucharsh chastotasini kamaytirish va besabab jarrohlik aralashuvlarning oldini olishga erishilgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 990000 so‘m mablag‘lar (statsionarda 1 kun davolanish narxi 330000 so‘mni tashkil etadi) qalqonsimon bez patalogiyasini erta tashxislash, asoratlarni va jarrohlik amaliyotini kamaytirish hisobiga bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini 3 kunga qisqarish natijasida iqtisod qilinadi.