Azimova Zilola Sobirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan bo‘yoqlar ta’sirida o‘pka morfologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning fitokorreksiyasi” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3267.
Ilmiy rahbar: Xasanova Dilnoza Axrorovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/29.02.2024.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Raxmatova Muqaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xuja Axmad Yassaviy nomidagi qozok turk xalqaro universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘pkaning morfofunksional xususiyatlarini me’yorda va sintetik bo‘yoqlar ta’sirida o‘zgarishi hamda spirulina yordamida fitokorreksiya qilish samaradorligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajribada oq zotsiz kalamushlarga titan dioksidi va alyuminiy oksid nanozarrachalarining alohida va kompleks holatda uzoq muddat ta’siri natijasida  yallig‘lanish jarayoni sababli respirator bronxiolalar diametrining kamayishi va venoz dimlanish bilan bog‘liq venulalar devorining yupqalashganligi aniqlangan;
neytron-aksivasion tahlil natijalari asosida oziq-ovqat bo‘yoqlarini uzoq muddat qabul qilgan kalamushlarning o‘pka to‘qimalarida titan va alyuminiy elementlarining me’yoriy ko‘rsatkichlariga nisbatan oshishi isbotlangan;
ilk bor immunogistokimyoviy tekshirish natijasida TiO2 va Al2O3 nanozarrachalarini qabul qilgan tajriba guruh kalamushlarida CD68 markyori ekspressiyasi oshgani, 30 kunlik spirulina bilan fitokorreksiyadan so‘ng esa o‘pka makrofaglarining ekspressiya darajasi nisbatan kamayganligi aniqlangan;
spirulina maxsuloti bilan fitokorresiyadan so‘ng o‘pka to‘qimalarida al`veolalararo to‘siqlarning qalinlashganligi, al`veolalar sonining oshganligi hamda infil`tratsiya maydonining qisqarganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziq-ovqat sanoatida qo‘llaniladigan bo‘yoqlar ta’sirida o‘pka morfologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning fitokorreksiyasi usulini o‘rganish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida .  
birinchi ilmiy yangilik: tajribada oq zotsiz kalamushlarga titan dioksidi va alyuminiy oksid nanozarrachalarining alohida va kompleks holatda uzoq muddat ta’siri natijasida yallig‘lanish jarayoni sababli respirator bronxiolalar diametrining kamayishi va venoz dimlanish bilan bog‘liq venulalar devorining yupqalashganligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: oziq-ovqat bo‘yoqlari titan dioksid va alyuminiy oksid ta’sirida o‘pkadagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar natijasidagi patologik jarayonlar inobatga olinib, davolash natijalarini yaxshilashga, kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish, shifo jarayonini tezlashtirish hamda hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: oziq-ovqat bo‘yoqlari ta’sirida o‘pkadagi morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatlarni erta aniklash davolash samaradorligini oshishiga va byudjet mablag‘lari xarajatlarini kamaytirishga hamda iqtisodiy tejamkorlikka erishish imkoniyatini yaratadi. Xulosa: oziq-ovqat bo‘yoqlari titan dioksid va alyuminiy oksid ta’sirida o‘pkadagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlarni erta aniqlash natijasida, yuzaga keladigan og‘ir asoratlarni oldini olishga erishish natijasida byudjet mablag‘lari hisobiga 9,8% ga iktisod qilishga erishildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: neytron-aksivasion tahlil natijalari asosida oziq-ovqat bo‘yoqlarini uzoq muddat qabul qilgan kalamushlarning o‘pka to‘qimalarida titan va alyuminiy elementlarining me’yoriy ko‘rsatkichlariga nisbatan oshishi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotdan olingan ma’lumotlar neytron-aksivasion tahlil natijalari asosida oziq-ovqat bo‘yoqlari bilan zararlanish natijasida o‘pka to‘qimasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan struktur o‘zgarishlarni zamonaviy diagnostik usullar yordasida erta aniqlash hamda davolash usullarini optimallashtirish, shuningdek bemorlarning hayot sifatini oshirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi kasallikning erta bosqichlarida aniqlanishi va davolashning samarali tashkil etilishi natijasida bemorlar uchun zarur bo‘lgan davo muolajalari hajmi optimallashtirildi, bu esa har bir statsionar bemor uchun iqtisodiy jihatdan tejamkor davolanish imkonini yaratdi. Xulosa: neytron-aksivatsion tahlil natijalari asosida oziq-ovqat bo‘yoqlari ta’sirida o‘pkadagi morfometrik o‘zgarishlar tufayli rivojlanadigan patologik holatlarni davolash samaradorligini oshishiga, og‘ir asoratlarni oldini olish hisobiga shifoxona koyka kunlarini qisqarishi, davo xarajatlarini qisqarishi evaziga davlat byudjet mablag‘larini iqtisod qilinishga erishildi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor immunogistokimyoviy tekshirish natijasida TiO2 va Al2O3 nanozarrachalarini qabul qilgan tajriba guruh kalamushlarida CD68 markyori ekspressiyasi oshgani, 30 kunlik spirulina bilan fitokorreksiyadan so‘ng esa o‘pka makrofaglarining ekspressiya darajasi nisbatan kamayganligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: TiO2 va Al2O3 nanozarrachalari bilan zararlanish natijasida o‘pkada yuzaga keladigan struktur jarayonlarini yuzaga kelishini baholash maqsadida immunogistokimyoviy taxlilda CD68 markeri miqdorini o‘zgarishida o‘ziga xos bo‘lgan qiyosiy tavsifi ochib berilganligi orqali o‘pkadagi funksional tuzilmalalarni o‘zgarishini oldini olish ta’minlash hamda asoratlarni oldini olishga sabab bo‘luvchi profilaktik va davolash chora-tadbirlari uchun fundamental asos sifatida xizmat qilish tartibini ishlab chiqish hamda tashxislash tartibini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan tekshiruv usullaridan foydalanish va differensial yondashuv asosida davolash natijasida bemorlarning shifoxonada qolish muddati qisqarishiga, kasallanish residivlarini kamayishi hisobiga og‘ir asorat  darajasini oldini olish natijasida iqtisod qilinadi. Xulosa: oziq-ovqat bo‘yoqlari titan dioksid va alyuminiy oksid ta’sirida o‘pkadagi morfologik va morfometrik o‘zgarishlar natijasidagi patologik kasalliklarni spirulina moddasi bilan fitokorreksiya qilish natijasida yuzaga keladigan og‘ir asoratlarni oldini olish hamda davo samaradorligini oshirish hisobiga davlat byudjeti mablag‘laridan 200000 so‘m miqdorida iqtisod qilish imkonini berdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: spirulina maxsuloti bilan fitokorresiyadan so‘ng o‘pka to‘qimalarida al`veolalararo to‘siqlarning qalinlashganligi, al`veolalar sonining oshganligi hamda infil`tratsiya maydonining qisqarganligi aniqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: oziq-ovqat bo‘yoqlaridan zaharlanishda o‘pkadagi morfologik o‘zgarishlarida spirulinaning davolovchi ta’siri aniqlanishi, o‘pka kasalliklarida rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish uchun asos bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: olib borilgan tadqiqot natijalariga tayangan holda amalga oshirilgan davolash choralari 1 nafar bemor uchun davlat byudjeti mablag‘laridan 200000 so‘m miqdorida iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: o‘pka to‘qimasidagi patomorfologik o‘zgarishlarni erta bosqichda aniqlash, ushbu xastalikka xos bo‘lgan asoratlarning oldini olish hamda kompleks davolash algoritmini qo‘llash orqali davolash samaradorligining oshishiga erishildi. 
Oziq – ovqat sanoatida qo‘llaniladigan bo‘yoqlar ta’sirida o‘pkaning morfologik xususiyatlarini aniqlash usuli sog‘liqni saqlash amaliyoti, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash boshqarmasi Toshkent viloyati ixtisoslashtirilgan somatika shifoxonasi (16.12.2024 yildagi 01-114-son buyruq) hamda Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (28.01.2025 yildagi 25-son buyruq) klinik amaliyotga tadbik etilgan. Amaliyotga tadbiq bo‘yicha O‘zRes SSV huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2025 yil 4 sentyabrdagi qarori asosida 24/28-sonli yagona xulosa olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish