Mirzaeva Dilnoza Farxadovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi gemoblastozlarning nevrologik asoratlar rivojlanishining patogenetik mexanizmlari va tashxisoti», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2. DSc/Tib854.
Ilmiy maslaxatchi: Shamansurov Shaanvar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Raximbaeva Gul`nara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zikov Valeriy Petrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi), Isxakov Eldor Jasurovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘tkir leykozli bolalarda nevrologik asoratlarning rivojlanishini klinik-nevrologik va patogenetik mexanizmlarini aniklash yordamida erta va qiyosiy tashxislash masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor poliximioterapiya oqibatida kelib chiqadigan asoratlar (ximioindusirlangan polineyropatiya, miopatik sindrom, metotreksat leykoensefalopatiya, ximik meningizm) aniqlanib, spesifik infil`tratsiya sababli periferik nervlarni o‘choqli zararlanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan;
ilk bor o‘tkir leykozli bolalarda markaziy nerv tizimi residivlarini erta va kombinirlangan shakllari ustun kelganligi sababli, o‘tkir mieloblast leykoz va T-immunofenotipli o‘tkir limfoblast leykozlar bilan translokatsiyasi, molekulyar-genetik analizi bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan; 
ilk bor poliximioterapiya olmagan bolalarning bosh miyasida o‘choqli infil`tratsiya, miya qon tomirlarida mikrotrombozlar, poliximioterapiya olgan bolalarda bosh miyaning oq moddasida diffuz simmetrik distrofik o‘zgarishlar, bosh miyaning po‘stloq osti tugunlari va gippokampni  zararlanishi  aniqlangan;
ilk bor 10 yoshdan katta bolalarda t (9;22) translokatsiyasi, BCR/ABL onkogeni va boshlang‘ich giperleykotsitoz mavjud bo‘lgan hollarda, bosh miyaning chuqur tuzilmalariga ta’sir qiluvchi neyroleykoz holatlari korrelyasiyasi uchrashi va bu holatlar salbiy prognoz va yuqori o‘lim ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
 o‘tkir leykozli bolalarda nevrologik asoratlarni patogenetik mexanizmlariga binoan erta tashxislash va prognozlashga yondashuv leykozni turi, immunofenotipi, translokatsiyasi, molekulyar-genetik analizi, minimal qoldiq kasallik (MRD) asosida  mezonlari takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘tkir gemoblastozli bolalarda nevrologik asoratlarni tashxislash va patogenez mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor poliximioterapiya oqibatida kelib chiqadigan asoratlar (ximioindusirlangan polineyropatiya, miopatik sindrom, metotreksat leykoensefalopatiya, ximik meningizm) aniqlanib, spesifik infil`tratsiya sababli periferik nervlarni o‘choqli zararlanishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan bo‘yicha takliflar TXKMRM Olimlar kengashi tomonidan 26.03.2025 yildagi 49-son bilan tasdiqlangan “Differensial`naya diagnostika nevrologicheskix oslojneniy u detey pri ostrix leykozax” va “Pediatricheskaya modifisirovannaya total`naya shkala neyropatiy (ped-m TNS) dlya otsenki ximioindusirovannoy perifericheskoy neyropatii u detey pri ostrix leykozax” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi 2025 yil 9 may sanasidagi 75-sonli hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi  2025 yil 10 may  127-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/33 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir leykoz va kimyoterapiya sababli bolalarda kelib chikgan nevrologik asoratlarni erta aniqlash va differensial tashxis jadvali qo‘llanilishi markaziy va periferik nerv tizimi zararlanishini aniqlash imkonini beradi, o‘z vaqtida davolashni amalga oshirishga yordam beradi va kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya samaradorligini sezilarli darajada oshiradi hamda bemorning nogironlikka chalinishini oldini oladi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir leykozli bolalarda nevrologik asoratlarni erta aniqlash, ularni to‘g‘ri baxolash har bir holati uchun 1 nafar bemor hisobiga 4551700 so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: o‘tkir leykozli bolalarda nevrologik asoratlarni erta aniqlash, ularni qiyosiy tashxislash uchun ishlatiladigan differensial diagnostika mezonlari samarali va ilmiy asoslangan tavsiya sifatida xizmat qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor o‘tkir leykozli bolalarda markaziy nerv tizimi residivlarini erta va kombinirlangan shakllari ustun kelganligi sababli, o‘tkir mieloblast leykoz va T-immunofenotipli o‘tkir limfoblast leykozlar bilan translokatsiyasi, molekulyar-genetik analizi bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan bo‘yicha takliflar TXKMRM Olimlar kengashi tomonidan 26.03.2025 yildagi 49-son bilan tasdiqlangan “Differensial`naya diagnostika nevrologicheskix oslojneniy u detey pri ostrix leykozax” va “Pediatricheskaya modifisirovannaya total`naya shkala neyropatiy (ped-m TNS) dlya otsenki ximioindusirovannoy perifericheskoy neyropatii u detey pri ostrix leykozax” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va 2025 yil 9 may sanasidagi 75-sonli hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi  2025 yil 10 may  127-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/33 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: ushbu shkala yordamida o‘tkir leykoz bilan og‘rigan bolalarda erta kimyoviy-indutsirlangan periferik polineyropatiyalarni aniqlash mumkin bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida nogironlikning oldini oladi va gemoblastoz bilan og‘rigan bolalarning mehnat qobiliyati va ijtimoiylashuvini saqlab qoladi.  Bundan tashqari, o‘tkir leykoz bilan og‘rigan bolalarda asab tizimining shikastlanish darajasi va chuqurligini aniqlash orqali ushbu o‘zgarishlarning oldini olish va davolashni etarli darajada amalga oshirish mumkin. Iqtisodiy samaradorligi: I guruh nogironligi bo‘lgan bemorlarga davlatimiz tomonidan 1027000 so‘m, II guruh nogironligi bo‘lgan bemorlarga esa 920000 so‘m to‘lanadi.  Agar asab tizimi shikastlanishlarini erta aniqlash algoritmi yordamida shifokor dominant nevrologik tanqislikni aniqlasa va shunga muvofiq adekvat maqsadli terapiya (kimyoviy dori vositalarini bekor qilish yoki dozasini kamaytirish, motor tanqisligida neyroprotektiv terapiya - reabilitolog bilan ishlash kursi va boshqalar) tayinlansa, bu o‘tkir leykozlarda asab tizimining shikastlanishini erta aniqlash bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlarni 2 baravar kamaytiradi. Xulosa: pediatrik modifikatsiyalangan total neyropatiya shkalasini qo‘llash ximioindusirlangan periferik neyropatiyasi bo‘lgan bemorlarda asoratlarni vaqtida aniqlashga va ulrga erta yordam berish imkonini berib, klinik amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor poliximioterapiya olmagan bolalarning bosh miyasida o‘choqli infil`tratsiya, miya qon tomirlarida mikrotrombozlar, poliximioterapiya olgan bolalarda bosh miyaning oq moddasida diffuz simmetrik distrofik o‘zgarishlar, bosh miyaning po‘stloq osti tugunlari va gippokampni  zararlanishi  aniqlangan bo‘yicha takliflar TXKMRM Olimlar kengashi tomonidan 26.03.2025 yildagi 49-son bilan tasdiqlangan “Differensial`naya diagnostika nevrologicheskix oslojneniy u detey pri ostrix leykozax” va “Pediatricheskaya modifisirovannaya total`naya shkala neyropatiy (ped-m TNS) dlya otsenki ximioindusirovannoy perifericheskoy neyropatii u detey pri ostrix leykozax” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va 2025 yil 9 may sanasidagi 75-sonli hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi  2025 yil 10 may  127-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/33 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir leykozlar va PXT tufayli bolalarda nevrologik asoratlarni erta tashxislash va differensial-diagnostik jadvalini qo‘llash markaziy va periferik asab tizimining shikastlanishiga o‘z vaqtida shubha qilish, kompleks tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya samaradorligini sezilarli darajada oshirgan holda o‘z vaqtida davolash va shu bilan birga bemorning nogironligini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: nevrologik asoratlarni oldini olish va ularni erta aniqlashning har bir holati uchun 1 nafar bemor hisobiga 6993570  sumgacha tejashga imkon berdi (1 bemor bo‘yicha). Xulosa: o‘tkir leykoz bilan og‘rigan bolalarni bosh miyasini tekshirish, ularda PXT olmagan xam xolatlarda bosh miyada o‘choqli belgilar bo‘lishi va bu xolatlar xar bir bemorga e’tibor bilan yondashish kerakligi tavsiya etildi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor 10 yoshdan katta bolalarda t (9;22) translokatsiyasi, BCR/ABL onkogeni va boshlang‘ich giperleykotsitoz mavjud bo‘lgan hollarda, bosh miyaning chuqur tuzilmalariga ta’sir qiluvchi neyroleykoz holatlari korrelyasiyasi uchrashi va bu holatlar salbiy prognoz va yuqori o‘lim holatlari bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan bo‘yicha takliflar TXKMRM Olimlar kengashi tomonidan 26.03.2025 yildagi 49-son bilan tasdiqlangan “Differensial`naya diagnostika nevrologicheskix oslojneniy u detey pri ostrix leykozax” va “Pediatricheskaya modifisirovannaya total`naya shkala neyropatiy (ped-m TNS) dlya otsenki ximioindusirovannoy perifericheskoy neyropatii u detey pri ostrix leykozax” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va 2025 yil 9 may sanasidagi 75-sonli hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi  2025 yil 10 may  127-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/33 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir leykozli bemorlarda nevrologik asoratlar va MNT residivlarini tashxislashda moyillik qiluvchi xavf omillarini baholash, o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish, nevrologik asoratlar va MNT residivlari rivojlanishini oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda o‘tkir leykozlarda nevrologik asoratlarni aniqlash uchun differensial-diagnostik mezonlarni amaliyotda qo‘llash ishlab chiqilgan davolash sxemasining tarkibiy qismi bo‘lib, xar bir bemorga 4551700  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: o‘tkir leykozli bemorlarda MNT residivlarini erta aniqlash, ularni oldini olish, qiyosi y tashxislash uchun ishlab chiqilgan algoritm klinik amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etiladi. 
beshinchi ilmiy yangilik: o‘tkir leykozli bolalarda nevrologik asoratlarni patogenetik mexanizmlariga binoan erta tashxislash va prognozlashga yondashuv leykozni turi, immunofenotipi, translokatsiyasi, molekulyar-genetik analizi, minimal qoldiq kasallik (MRD) asosida  mezonlari takomillashtirilgan  bo‘yicha takliflar TXKMRM Olimlar kengashi tomonidan 26.03.2025 yildagi 49-son bilan tasdiqlangan “Differensial`naya diagnostika nevrologicheskix oslojneniy u detey pri ostrix leykozax” va “Pediatricheskaya modifisirovannaya total`naya shkala neyropatiy (ped-m TNS) dlya otsenki ximioindusirovannoy perifericheskoy neyropatii u detey pri ostrix leykozax” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Namangan viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va 2025 yil 9 may sanasidagi 75-sonli hamda Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi  2025 yil 10 may  127-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni Saqlash Vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 7 iyuldagi 21/33 xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir leykozli bemorlarda o‘smani translokatsiyasi, immunofenotipi, molekulyar-genetik analizlargi asoslangan xolda nevrologik asoratlar va MNT residivlarini tashxislashda moyillik qiluvchi xavf omillarini baholash, o‘z vaqtida to‘g‘ri tashxis qo‘yish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: nevrologik belgilar bilan kechuvchi o‘tkir leykozlarni erta tashxislashning differensial-diagnostik mezonlari hamda algoritmining amaliyotga tadbiq etilishi yotoq kunlari va qo‘shimcha tekshiruvlar sonini kamaytirish hisobiga 1 nafar bemor hisobiga 2654000 so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: jadval va algoritmni qo‘llash orqali nevrologik asoratlarni erta tashxislash va qiyosiy tashxislash 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2654000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish