Yaxshiev Sherali Namozovichning 
Texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Mexanik ishlov berish jarayonlarini modellashtirish va nazorat qilish usullarini ishlab chiqish asosida dastgohlarning samaradorligini oshirishni ilmiy asoslari”
05.02.02 – “Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari” 05.02.05 – “Mexanik va fiziktexnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob-uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/T940.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash. 
Ilmiy maslahatchilar: Texnika fanlari doktori, professor. Karimov Kamolxon Abbosovich.
Texnika fanlari doktori, professor. Egamberdiev Ilxom Po‘latovich
Rasmiy opponentlar: Texnika fanlari doktori., professor Sherov Karibek Tagaevich, Texnika fanlari doktori., professor Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, Texnika fanlari doktori., dotsent., Xusanov Yunusail Yuldashalievich 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Metall kesish jarayonlarini modellashtirish hamda nazorat qilish usullarini ishlab chiqish asosida tozalab ishlov berishda yuqori o‘lcham aniqligiga erishish samaradorligini oshirishni ilmiy asoslashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
NT-250M tokarlik dastgohi shpindel tugunining texnik holatini kesish jarayonida baholash asosida dastgoh texnik holati aniqligini ta’minlash usuli ishlab chiqilgan;
tokarlik dastgohi tayanchlardagi tebranishlarni sozlash va titrashsiz kesish parametrlari asosida bikrlik va tebranishni pasaytiruvchi moslamani hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
tebranish modeliga Furening integral o‘zgarishlari tenglamasini qo‘llash asosida diagnostik modelning holati va shpindel tugunining tebranish spektrlari parametrlari hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
dastgohning dinamik modelini qurish, rezonans chastotalarni aniqlash va sozlanadigan dempfer parametrlarini optimal tanlash asosida tebranishni pasaytiruvchi elementli yo‘nish uskunasini loyihalash metodikasi ishlab chiqilgan;  
dempfirlagich elementining rezonansga yaqin chastotalarda tebranish amplitudasini kamaytirishga qaratilgan differensial tenglamalar asosida matematik modeli ishlab chiqilgan;
kesuvchi asbobning xizmat muddatini uzaytirish va ishlov berilgan sirt sifatini yaxshilashga qaratilgan kesish jarayonida tebranishni pasaytiruvchi elementga ega universal moslama konstruksiyasi ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metall kesish dastgohlarida detallarga tozalab ishlov berish vaqtidagi kesish jarayonlarini modellashtirish asosida ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida:
sozlanadigan tebranishni pasaytiruvchi elementiga ega universal moslama konstruksiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024-yil 30-setabrdagi 23/01-01-07/578-son ma’lumotnomasi). Natijada, detallarni tayyorlashda zagotovkaga ishlov berish paytida titrashning 8-10% ga kamaytirish imkonini bergan;
tayanchlardagi qattiqlik va tebranishni pasaytirish xarakterini hisobga olgan holda instrument moslamasini hisoblash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024-yil 30-setabrdagi 23/01-01-07/578-son ma’lumotnomasi). Natijada, tebranishni pasaytirishning optimal joylashuvi aniqlanib, an’anaviy usulga nisbatan pardozlash operatsiyalarining vaqtini 2-4% ga qisqartirish imkonini bergan;
shpindel tugunini aniqlik holatini topish uchun shpindel-asbob-xomashyo modeli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024-yil 30-setabrdagi 23/01-01-07/578-son ma’lumotnomasi). Natijada, optimal kesish rejimlari aniqlandi, bu toza ishlov berishda samaradorlikning oshishiga va ishlov berish paytida barqarorlik chegarasining 3-5% ko‘payish imkonini bergan;
kesish zonasi va shpindel tugunidagi jarayonlarni o‘zaro bog‘liqligi modellashtirish asosida dastgohlarning aniqligini ta’minlash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024-yil 30-setabrdagi 23/01-01-07/578-son ma’lumotnomasi). Natijada, pardozlash ishlarida ishlov berish aniqligini 5-7% ga oshirish imkonini bergan;
metall kesish dastgohlarining texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash tizimlarida vibromonitoring texnologiyasi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024-yil 30-setabrdagi 23/01-01-07/578-son ma’lumotnomasi). Natijada, metall kesish dastgohlarining resursi 12-15% ga oshib, ularning to‘xtovsiz va avariyasiz ishlashi imkonini bergan;
amplituda spektrlarini etalon (tayanch) bilan solishtirish orqali metall kesish dastgohlarining texnik holatini baholash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ NMZ IChB amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJning 2024-yil 30-setabrdagi 23/01-01-07/578-son ma’lumotnomasi). Natijada, chegaraviy ruxsat etilgan xatoliklarni samarali me’yorlashtirish hamda shpindel tebranishlarini korpus tebranishlari orqali yuqori aniqlik bilan X o‘qi bo‘yicha – 14,5 %, Y o‘qi bo‘yicha – 7 %, Z o‘qi bo‘yicha – 17 % identifikatsiya qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish