Shkirov Shuxrat Musaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metallurgiyaning texnogen chiqindilaridan olingan temir kukunidan konstruksion materiallar olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.DSc/T792.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor; Berdiyarov Bahriddin Tilovqabulovich, texnika fanlari doktori, professor; Matkarimov Soxibjon Turdalievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Metallurgiyaning texnogen chiqindilaridan olingan temir kukuni asosida yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan konstruksion materiallarni olish imkonini ta’minlovchi ilmiy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kukunlarni presslash jarayonini matematik modellashtirish va sinov-tajriba natijalaridan kompleks foydalanishni o‘z ichiga olgan metallurgiyaning texnogen chiqindilaridan olingan temir kukuni asosida konstruksion materiallar olishning texnologiyasi yaratilgan;
kukunni yopiq press-qolipda zichlanish jarayoni uchun press-qolip elementlarini bir-biriga nisbatan harakatlanish xarakterini va presslanayotgan tana geometriyasini inobatga oluvchi matematik vazifaning chegaraviy shartlari ishlab chiqilgan;
strukturaviy bir xil bo‘lmagan muhitlar mexanikasi doirasida, texnogen chiqindilardan olingan metall kukunlarini presslash jarayonida press-briket hajmidagi kuchlanishli-deformatsion holati, g‘ovaklir va presslash bosimi aniqlangan;
presslash usuliga bog‘liq holda presslanayotgan tana hajmining balandligi bo‘yicha presslash bosimi, qoldiq g‘ovaklik va kuchlanishning taqsimlanishini kompyuter dasturi yordamida sonli hisoblash imkonini beruvchi kukunlarni presslash jarayonining matematik modeli ishlab chiqilgan;
metallurgiyaning texnogen chiqindilaridan olingan temir kukunidan tanasi bo‘yicha minimal va teng taqsimlangan qoldiq g‘ovaklikka ega bo‘lgan press-briket olishni ta’minlovchi presslash usuli aniqlangan;
metallarning mustahkamligi va plastikligi nazariyasi asosida, metallurgiyaning texnogen chiqindilaridan olingan metall kukunlarni presslash uchun press-qolipni konstruksiyasini loyihalash metodikasi ishlab chiqilgan;
metallurgiyaning texnogen chiqindisidan olingan temir kukuni asosida 40XN markali po‘latga mos keluvchi kukun aralashmadan yuqori zichlik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan yakka o‘qli detallarni olish texnologiyasi yaratilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metallurgiyaning texnogen chiqindilaridan olingan temir kukunidan konstruksion materiallar olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
metallurgiyaning texnogen chiqindilaridan olingan temir kukunidan konstruksion materiallar olishning ilmiy asoslari “Avtokomponent” MChJda joriy etilgan (“UzAvto” AJning 2024 yil 11 martdagi 15/06-25-0316 son ma’lumotnomasi). Natijada xossalari bo‘yicha temir kukuni asosli yangi konstruksion material olingan va konstruksion materiallarning importi 15-17% kamaygan;
temir kukunidan yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan detallar olish imkonini beruvchi presslash jarayonining matematik modeli “Avtokomponent” MChJda joriy etilgan (“UzAvto” AJning 2024 yil 11 martdagi 15/06-25-0316 son ma’lumotnomasi). Natijada kukun aralashmalarni presslash jarayoni qurilmalar va ularda sinovlar o‘tkazish uchun ajratilgan sarf - harajatlar 10-16% kamaygan;
temir kukuni asosli aralashmalarni presslash uchun materiallar mustahkamligi nazariyasi asosida press-qolipni loyihalash tartibi “Avtokomponent” MChJda joriy etilgan (“UzAvto” AJning 2024 yil 11 martdagi 15/06-25-0316 son ma’lumotnomasi). Natijada temir kukuni asosli aralashmalarni presslash uchun press-qolip materiallarini tanlash va ishlab chiqarishdagi sarf - harajatlar 10-12% kamaygan;
temir kukuni asosli yuqori zichlikka ega bo‘lgan konstruksion materiallar olish uchun temir kukuni asosli aralashmaning maqbul tarkibi “Avtokomponent” MChJda joriy etilgan (“UzAvto” AJning 2024 yil 11 martdagi 15/06-25-0316 son ma’lumotnomasi). Natijada temir kukuni asosli aralashmalarni presslash energiya sarf - harajatlari 13-15% kamaygan;
temir kukuni asosli yuqori zichlikka ega bo‘lgan konstruksion maqsadli detallar olish uchun kukun g‘ovak materialni presslash texnologiyasi “Avtokomponent” MChJda joriy etilgan (“UzAvto” AJning 2024 yil 11 martdagi 15/06-25-0316 son ma’lumotnomasi). Natijada temir kukuni asosli konstruksion maqsadli detallar strukturasidagi qoldiq g‘ovaklik 0,95-0,9% gacha kamaygan;
temir kukuni asosli konstruksion maqsadli detallarga termik va kimyoviy termik ishlov berish texnologiyasi (“UzAvto” AJning 2024 yil 11 martdagi 15/06-25-0316 son ma’lumotnomasi). Natijada temir kukuni asosli konstruksion maqsadli detallarning mustahkamlik xossalari 20-25%ga oshgan.