Omonov Zarshid Jumanazar o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Arrali jinni tozalash samaradorligini oshirish maqsadida ta’minlagichning takomillashtirilgan ishchi qismini ishlab chiqish” 05.02.03 - “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T3916
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti, PhD.03/28.08.2024.T.181.02
Rasmiy opponentlar: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” Dag‘al va tolali ekinlar xomashyosini tozalashni ilmiy texnologik laboratoriyasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor Djamolov Rustam Kamoliddinovich.
Toshkent davlat transport universiteti “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi, texnika fanlari doktori, professor Yunusov Saloxiddin Zununovich.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Arrali jinni tozalash samaradorligini oshirish maqsadida paxta tolasining tabiiy hususiyatlarini saqlab qolgan holda ta’minlagichning takomillashtirilgan ishchi qismini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani jinda tozalash va jinlashda tozalash samaradorligini va ish unumdorligini oshirish bilan tola va chigit sifatini yaxshilaydigan takomillashtirilgan konstruksiyali kolosnikli panjaraga ega bo‘lgan arrali jinni ta’minlagichning takomillashtirilgan ishchi qismi ishlab chiqilgan;
tozalash zonasida oqimdagi paxtadan mayda iflosliklarni ajralish jarayonining jadallashishi bilan tozalash samaradorligini oshishida, barabandagi qoziqlar zarbasi ta’sirida paxtaning kolosnikli panjara yuza sirtidagi zichligiga va bosim kuchiga bog‘liqligi aniqlangan;
paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalash jarayonida, jinning ishlash unumdorligini oshishida, tola va chigit sifatining yaxshilanishida ta’minlagich-tozalagichdagi kolosnikli panjara yoy uzunligini, kolosniklar oraliq masofasini muqobil parametrlari aniqlangan;
yuqori va past navli paxtani tozalash va jinlashdan ishlab chiqarilgan tolaning sifatini yaxshilash va tabiiy hususiyatlarini saqlab qolish uchun ta’minlagichning takomillashtirilgan ishchi qismini ishlab chiqarish texnologiyasi tavsiya etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Paxta-to‘qimachilik klasteri paxta tozalash korxonalarida paxtani mayda iflosliklardan jinda tozalash va jinlashda samaradorligi yuqori bo‘lgan uskunalarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Jinni o‘zida paxtani mayda iflosliklardan tozalash va jinlash texnologiyasi va uskunasi “Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tasarrufidagi korxonaga, jumladan Sirdaryo viloyati “Boyovut techno cluste” MChJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining 2025 yil 26 maydagi 03/25-1117-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani mayda iflosliklardan tozalashda paxtaning sifati o‘rtacha 0,04 (abs)% va 0,06 (abs)% ga, jinning tozalash samaradorligini o‘rtacha 2,7 (abs)% va 2,8 (abs)% ga, ish unumdorligini o‘rtacha 40-42 kg/soatga oshirish imkoni yaratilgan;
Takomillashtirilgan 8DP-90 rusumli arrali jin “Paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasi tasarrufidagi korxonaga, jumladan Sirdaryo viloyati “Boyovut techno cluste” MChJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (“O‘ZTO‘QIMAChILIKSANOAT” uyushmasining 2025-yil 26-maydagi 03/25-1117-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani tozalash va jinlashdan ishlab chiqarilgan tolaning sifati o‘rtacha 0,08 (abs)% ga va 0,12 (abs)% ga, chigitning sifati o‘rtacha 0,27 (abs)% va 0,16 (abs)% ga yaxshilash imkoni yaratilgan.