Kuralova Ra’no Mirzaalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shirinmiya (Glycyrrhiza glabra L.) o‘stirish orqali sho‘rlangan tuproqlar mikroflorasini yaxshilash», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya, 03.00.10 – Ekologiya  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B652.
Ilmiy rahbarlar: Qo‘shiev Habibjon Hojiboboevich, biologiy fanlari doktori, professor; Xusanov Toxir  Sunnatovich, biologiya fanlari falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.B.82.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedova Zaxro Raxmatovna, biologiya fanlari doktori, professor; Imirsinova Azizaxon Ashurovna, biologiya fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sho‘rlangan tuproq sharoitida etishtirilgan Glycyrrhiza glabra L. o‘simligining ildiz mikroflorasini mikrobiologik va molekulyar-genetik yondashuvlar asosida identifikatsiya qilish hamda tuproq mikroflorasi va ekologik ko‘rsatkichlarga taʼsirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
G. glabra L. ekilgan sho‘rlangan tuproqlari mikroflorasining qayta tiklanishi asnosida ekologik qayta tiklanishi va bunda nitrofikatsiyalovchi hamda ammoniyfikatsiyalovchi bakteriyalar faolligini ortishi bilan bog‘liq holda tuproq unumdorligi va bioekologiyasini yaxshilanishi isbotlangan;
G. glabra L. ildiz tizimidan mikrobiologik usulda ajratib olingan bakteriyalardan yil davomida o‘rta hisobda 115 mg gibberillen fitogormoni hamda 1,42 mg/gr asparagin, 0,61 mg/gr serin, 0,59 mg/gr tirozin aminokislotalari ajralishi aniqlangan;
G. glabra L. o‘simligining ildiz tizimidan tozalab olingan bakteriyalar 16S rRNK geni nukleotid ketma-ketliklarini o‘rganish asosida Bacillus avlodiga mansub B.licheniformis, B.subtilis, B.halotolerans turlari ekanligi aniqlanib, xalqaro NCBI bazasiga kiritilgan va ularni sekvenslash natijasida olingan 16S rRNK ketma-ketliklari GenBankdagi shtammlarini BLAST tahlili asosida 99% o‘xshashligi aniqlanilib, filogenetik shajara daraxti shakllantirilgan;
B.licheniformis, B.subtilis, B.halotolerans bakteriyalar turlarining o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishini stimullovchi, patogenlarga qarshi faol antogonistik ta’sir etish xususiyatga ega ekanligiga ko‘ra tuproq bioekologiyasini yaxshilanishi isbotlangan;
Glycyrrhiza glabra L. ildiz tizimidan ajratib olingan rizosfera bakteriyalar shtammlari asosida “Mikrobiovak” biopreparati yaratilgan va ishlab chiqarish texnologiyasini ifodalovchi laboratoriya reglamenti hamda texnologik sxemasi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Glycyrrhiza glabra L. o‘simligining ildiz tizimidan bakteriya shtammlarini ajratish va ulardan sho‘rlangan tuproqlarning bioekologiyasini yaxshilash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
shirinmiya ekish texnologiyasi va ildiz tizimidan ajratib olingan bakteriya shtammlari asosida yaratilgan “Mikrobiovak” biopreparatidan Sirdaryo viloyatida Boyovut tumanining “Boyovutlik zahmatkash eri” va “Ezgu niyat samarasi” fermer xo‘jaliklari, Mirzaoobod tumanidagi “Oxunboboev” SIU hududida “Bek cluster” MChJning turli darajada sho‘rlanish tufayli foydalanishdan chiqib ketgan 100 gektar yer maydolarini ekologik qayta tiklashda foydalanilanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-02-554-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq hajm massasi 1,36 dan 1,21 g/sm3, solishtirma massasi 2,68 dan 2,47 g/sm3ga yaxshilangan, tuproq g‘ovakligi o‘rtacha 50% dan 55% ga, mikroorganizmlar va ularning biologik faolligi 50,2%ga oshishi hisobiga ekologik holatni yaxshilash imkonini bergan; 
shirinmiya ildizidan  ajratib,  tozalab olingan Bacillus  halotolerans, Bacillus  subtilis, Bacillus licheniformis bakteriya shtammlarni genetik jihatdan asoslab, Xalqaro Gen Bank - NCBI bazasiga  OR164401.1,  OR164402.1,  OR164428.1 ID raqamlari bilan joylashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 2 iyundagi 05/06-02-554-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarda foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan; 
Mirzaobod tumanida “Bek klaster” MChJ QKga qarashli 150 gektar sho‘rlangan yer maydonida shirinmiya ildiz tizimidan ajratib olingan bakteriya shtammlari asosida yaratilgan “Mikrobiovak” biopreparatidan bug‘doy va g‘o‘za etishtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025 yil 19 apreldagi 03-03/1-03/3-3793-son ma’lumotnomasi). Natijada bug‘doy urug‘ining unuvchanligi 75%dan 90%ga, chigitning unuvchanligi 70%dan 85%ga, o‘rtacha hosildorlik ko‘rsatkichi bug‘doyda gektariga 33 sentnerdan 40 sentnerga, paxta hosildorligini 28 sentnerdan 35 sentnerga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish