Tursunboev Sardor Murodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida tergov tuzilmalari faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi 12.00.07 – “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1164
Ilmiy rahbar: Raximov Faxri Xaydarovich, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlari doktori, professor Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich; yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Komilov Avazbek Boqijonovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida tergov tuzilmalari faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy-nazariy va amaliy muammolarni aniqlash hamda amaldagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Departamentda tashkil etilgan tergov organi tergovchilarining amaliy ko‘nikmalarni oshirishi maqsadida prokuratura tergovchilarining ish yurituvidagi keng hajmli hamda murakkab tarkibli jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni birga amalga oshirish va ularga o‘rgatish maqsadida departament tergovchilarini tergov guruhiga jalb etish va shu orqali ularni doimiy bilim ko‘nikmalari va amaliy tajribalarini orttirishga erishish asoslab berilgan;
ko‘p yillar davomida amaliyotga joriy qilingan va o‘z samarasini berib kelayotgan ustoz-shogird an’anasini davom ettirgan holda Departament tergovchilariga prokuratura tergovchilaridan murabbiy biriktirish hamda ularga Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tergovchilari ish yurituvidagi jinoyat ishlari yuzasidan olib borayotgan tergov harakatlari qonuniyligini doimiy nazorat qilish, qarorlar to‘g‘riligini hamda qonuniy tartibda rasmiylashtirishga ko‘maklashish, shuningdek muntazam huquqiy ko‘maklashish va tekshirish vazifalarini berish asoslantirilgan;
Departamentning tergovi va surishtiruvi ustidan samarali faoliyat olib borishi uchun idoraviy nazorat o‘rnatish va uni qonun hujjatlarida mustahkamlash ishlarini amalga oshirish asoslab berilgan;
Departament tergovchilari tomonidan olib borilayotgan surishtiruv va tergovni doimiy ravishda tahlil qilib borish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf qilish va ularni oldini olish choralarini ko‘rish asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida tergov tuzilmalari faoliyatini tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar joriy etildi:
Departmentda tashkil etilgan tergov organi tergovchilarining amaliy ko‘nikmalarni oshirishi maqsadida prokuratura tergovchilarining ish yurituvidagi keng xajmli hamda murakkab tarkibli jinoyat ishlari bo‘yicha dastlabki tergovni birga amalga oshirish va ularga o‘rgatish maqsadida department tergovchilarini tergov guruhiga jal etish va shu orqali ularni doimiy bilim ko‘nikmalari va amaliy tajribalarini orttirishga erishish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ko‘rsatmasining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 16 iyundagi 15/02-2025-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ko‘p yillar davomida amaliyotga joriy qilingan va o‘z samarasini berib kelayotgan ustoz-shogird an’anasini davom ettirgan holda departament tergovchilariga prokuratura tergovchilaridan murabbiy biriktirish hamda ularga Departament tergovchilarini ish yurituvidagi jinoyat ishlari yuzasidan olib borayotgan tergov harakatlarni qonuniyligini doimiy nazorat qilish, qarorlarni to‘g‘riligini hamda qonuniy tartibda rasmiylashtirishga ko‘maklashish, shuningdek muntazam huquqiy ko‘maklashish va tekshirish vazifalarini berish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ko‘rsatmasining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 16 iyundagi 15/02-2025-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Departamentning tergovi va surishtiruvi ustidan samarali faoliyat olib borishi uchun idoraviy nazorat o‘rnatish va uni qonun hujjatlarida mustahkamlash ishlarini amalga oshirish haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ko‘rsatmasining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 16 iyundagi 15/02-2025-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Departament tergovchilari tomonidan olib borilayotgan surishtiruv va tergovni doimiy ravishda tahlil qilib borish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf qilish va ularni oldini olish choralarini ko‘rish mazmunidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ko‘rsatmasining tegishli bandlarini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 16 iyundagi 15/02-2025-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy qilinishi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan.