Xoshimjonov Sharofiddin Kozimjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston ASSRda sovet hokimiyatining mulkdorlar va tadbirkorlar qatlamiga nisbatan yuritgan siyosati (1918-1924-yillar) ”  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tar1211
Ilmiy rahbar: Abdullaev Muzrobjon G‘ulomovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Baxtiyor Mahmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor; Ermetov Avazbek Abdullaevich, tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  xususiy mulkni tugatish jarayonida yirik er egalari, mulkdorlar va tadbirkorlar qatlamiga nisbatan yuritilgan siyosatning o‘zgarishi, bir biriga qarama-qarshi bo‘lgan xususiy mulkni tugatish va yangi iqtisodiy siyosatini o‘tkazilishini ilmiy jihatdan yoritishdan iboratdir.  
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turkiston ASSRda dastlab mulkdorlar va tadbirkorlarning mulklari natsionalizatsiya qilinishi, yangi iqtisodiy siyosat davrida esa bir vaqtning o‘zida xususiy tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etish va bunga qarama-qarshi ravishda ularning rivojlanib ketishini oldini olish tadbirlari kabi bir-biriga qarama-qarshi, ziddiyatli jihatlar ochib berilgan; 
1921-1922-yillarda amalga oshirilgan er-suv islohoti jarayoni Rossiya imperiyasi davrida Turkistonga ko‘chirib keltirilgan kelgindi rus dehqonlari tasarrufidagi erlarnigina emas, balki mahalliy aholi qo‘lidagi er-mulklar ham musodara qilishga qaratilgani arxiv hujjatlari asosida dalillangan;
Turkiston ASSRda sovet hukumatining mulkdor qatlamga qarshi yuritgan siyosati, aholining er va mulklarini tortib olinishi Turkistonda XX asrning birinchi choragida kuzatilgan milliy ozodlik harakati deb baholanadigan qurolli qarshilik harakatining kelib chiqishi omillaridan biri ekanligi va bu harakatning sovet rejimiga qarshi qurolli harakat ekanligi asoslangan;
Turkiston Respublikasida bolsheviklar hukumati tomonidan sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini natsionalizatsiya qilish jarayonlaridagi to‘rtta asosiy bosqichda, sanoat korxonalarida ishchilar nazorati o‘rnatish, dastlab, yirik sanoat korxonalari, keyingi bosqichlarda esa, o‘rta sanoat korxonalari hamda mayda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, hunarmandchilik ustaxonalari natsionalizatsiya qilingani asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Turkiston ASSRda dastlab mulkdorlar va tadbirkorlarning mulklari natsionalizatsiya qilinishi, yangi iqtisodiy siyosat davrida esa bir vaqtning o‘zida xususiy tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etish va bunga qarama-qarshi ravishda ularning rivojlanib ketishini oldini olish tadbirlari kabi bir-biriga qarama-qarshi, ziddiyatli jihatlarga oid xulosalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024-yil 15-may kuni efirga uzatilgan “Etno” va ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 13-noyabrdagi 01-44-425-son maʼlumotnomasi). Buning natijasida teletomoshabinlar Turkiston ASSR davrida olib borilgan iqtisodiy siyosatning murakkab va ziddiyatli jihatlari bilan tanishdi, bu esa mintaqa tarixini chuqurroq anglash imkonini berdi;
1921-1922-yillarda amalga oshirilgan er-suv islohoti jarayoni Rossiya imperiyasi davrida Turkistonga ko‘chirib keltirilgan kelgindi rus dehqonlari tasarrufidagi erlarnigina emas, balki mahalliy aholi qo‘lidagi er-mulklar ham musodara qilishga qaratilgani arxiv hujjatlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Etno” hamda “Na perekrestkax istini” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 13-noyabrdagi 01-44-425-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatuv natijasida teletomoshabinlar sovet hokimiyatining “xalq manfaatlari” shiori ostida olib borilgan siyosiy islohot va choralari zamirida qanday real ijtimoiy guruhlarning manfaatlari ko‘zlanganini anglashga erishdilar hamda tarixiy jarayonlarga tanqidiy-ilmiy yondashuv asoslari shakllandi.
Turkiston ASSRda sovet hukumatining mulkdor qatlamga qarshi yuritgan siyosati, aholining er va mulklarini tortib olinishi Turkistonda XX asrning birinchi choragida kuzatilgan milliy ozodlik harakati deb baholanadigan qurolli qarshilik harakatining kelib chiqishi omillaridan biri ekanligi va bu harakatning sovet rejimiga qarshi qurolli harakat ekanligiga oid materiallardan Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyi “Tarix bo‘limi” ekspozision rejalarini tuzishda (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 8-noyabrdagi 02-05/4244-sonli ma’lumotnomasi maʼlumotnomasi) foydalanilgan. Arxiv hujjatlari va tarixiy manbalar asosida tayyorlangan ekspozisiya muzey faoliyatining ilmiyligini kuchaytirdi va tarixiy obektivlikni taʼminlashga xizmat qildi.
Turkiston Respublikasida bolsheviklar hukumati tomonidan sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini natsionalizatsiya qilish jarayonlaridagi to‘rtta asosiy bosqichda, sanoat korxonalarida ishchilar nazorati o‘rnatish, dastlab, yirik sanoat korxonalari, keyingi bosqichlarda esa, o‘rta sanoat korxonalari hamda mayda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, hunarmandchilik ustaxonalari natsionalizatsiya qilinganiga oid materiallardan Andijon viloyati tarixi va madaniyati muzeyi “Tarix bo‘limi” ekspozision rejalarini tuzishda (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2024-yil 8-noyabrdagi 02-05/4244-sonli ma’lumotnomasi maʼlumotnomasi) foydalanilgan. Bu materiallar orqali Andijon va umuman Turkiston mintaqasining XX asr boshlaridagi sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari qanday bosqichlardan o‘tganini aniqlashtirish imkoni tug‘ildi. Bu esa hududiy tarixni chuqurroq yoritishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish