Turaxodjaev Saidmurod Saidvoqqosovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “1916-1924-yillarda Turkistonda aholi migratsiyasi (safarbarlik, qochoq va och-qochoq, evakuatsiya, reevakuatsiya jarayonlari)” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1. PHD /Tar916
Ilmiy rahbar: Rasulov Abdulla Nuritdinovich, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/31.12.2020.Tar.60.01.
Rasmiy opponentlar: Choroev Tinchtikbek Kadirmambetovich, tarix fanlari doktori, professor; G‘afforov Shokir Safarovich tarix fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1916–1924-yillarda Turkistonda aholi migratsiyasi (safarbarlik, qochoq va och-qochoq, evakuatsiya, reevakuatsiya jarayonlari) mohiyatini ochib berish hamda bu davrda iqtisodiy nochor holatda bo‘lgan Turkiston o‘lka hukumatining faoliyati va mahalliy aholining mazkur masalalarga munosabatini yoritib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Rossiya imperiyasi ma’muriyati tomonidan 1916 yilda Turkiston aholisi front orti ishlarga – “mardikorlikka” safarbar qilingani, safarbarlikka qarshi o‘lkada xalq harakatlarining yuzaga kelgani hamda imperiya ma’murlari tomonidan qo‘zg‘olonlarning bostirilgani, qo‘zg‘olonchilarga nisbatan jazo choralarining qo‘llanilgani, qo‘zg‘olon ishtirokchilaridan bo‘lgan qirg‘iz va qozoqlarning ma’lum bir qismi Xitoyga qochib ketgani, qo‘zg‘olonlar bostirilgach safarbarlikning qaytadan amalga oshirilgani, xususan, mardikorlar chiqqan dastlabki eshelonlar 1916-yil 18-sentyabr kuni Turkiston o‘lkasidan Rossiya tomonga yoʻl olgani, 123305 nafar mardikorlar front orti ishlariga safarbar etilgani, Ettisuvdagi qo‘zg‘olon qatnashchilaridan 16000 nafari o‘ldirilgani, 164000 nafari Xitoyga qochib ketgani dalillar bilan asoslangan;
1917 yildan dastlab Turkiston boshqaruv Muvaqqat qo‘mitasi, keyin Turkiston ASSR XKS tomonidan 1916-yilgi mardikorlikka safarbarlik jarayonida Xitoyga ketgan qirg‘iz va qozoq qochoqlarini hamda 1917-yildan Turkistonda vujudga kelgan ocharchilik tufayli och-qochoq bo‘lib ketgan o‘lka aholisini o‘z yurtiga qaytarishda shakllangan tuzilmalar faoliyati, bolsheviklarning turkistonlik qochoqlarni o‘lkaga qaytarish masalasini o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, o‘lkada yuz bergan ocharchilik natijasida Orenburgga ketib qolgan 300 nafar och-qochoqlarni 1922-yil yanvar-fevral oylarida Turkistonga ko‘chirilishi va ularni boshpana, zarur mahsulotlar bilan ta’minlanishi, shuningdek, 1923-yil iyun-iyul oylarida Xitoydan Turkistonga qaytarilayotgan 874 nafar qirg‘iz va qozoq qochoqlarini o‘z hududiga joylashtirilishi bilan bog‘liq jarayonlar hamda Markaz ko‘rsatmalariga oid qiyinchiliklar ochib berilgan;
Rossiyaning Volgabo‘yi, Uraloldi hududlaridan Turkistonga 1921-yil iyun oyidan och-qochoqlarning kirib kelishi, 1921-yil avgustidan Markaz ko‘rsatmalari asosida ushbu hududlardagi ochlarning evakuatsiya qilinishi, bu jarayonda Turkiston MIQ qoshida tashkil etilgan Ochlarga yordam Markaziy komissiyasi (OYo MK)ning keng qamrovli faoliyati: ochlarni qabul qilish, davlat muassasalari, bolalar uylari, aholi xonadonlariga joylashtirish hamda o‘lkaga ko‘chib kelganlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh etkazib berish masalalari yoritilgan. Qolaversa, o‘lka boshqaruv tizimi rahbariyati tomonidan och-qochoq va evakuatsiya bo‘lib kelganlar ta’minotiga oid qaror, dekret va farmoyishlar, ayniqsa, viloyat, uezd-shaxar, volost miqyosida keltirilgan bolalarni “Bolalar uylari”ga joylashtirish va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalariga aniqlik kiritilgan;
Turkistonga Birinchi jahon urushi yillarida kelib qolgan xorijlik qochoq va harbiy asirlarni hamda 1921–1923-yillari Rossiyaning markaziy guberniyalaridan ocharchilik natijasida och-qochoq va evakuatsiya tariqasida kelganlarni o‘z yurtiga reevakuatsiya qilishda o‘lka hukumati va sovet tashkilotlari faoliyati, mahalliy aholining reevakuatsiya qilinayotgan xalq vakillariga yordamlari tahlil qilingan. Xususan, 1922-yil sentyabr oyida Turkistondan Volgabo‘yi, Uraloldi hududlariga 1800 nafar och-qochoqlar reevakuatsiya qilingani, Turkiston OYo MK tomonidan ularga reevakuatsiya davomida etadigan non, go‘sht va sabzavotlar hamda 14600 ta kiyim-kechak mahsulotlari berilganligi isbotlangan. Umuman olganda, Turkistonga ko‘chib kelgan va keyinchalik o‘z yurtiga reevakuatsiya qilingan xalqlarning o‘lka aholisi bilan yaqinlashuvi o‘zaro hurmat va bir-biriga ko‘maklashish jihatlariga asoslanganligi yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1916–1924-yillarda Turkistonda aholi migratsiyasi (safarbarlik, qochoq va och-qochoq, evakuatsiya, reevakuatsiya jarayonlari) masalasini tadqiq qilish natijasida olingan ilmiy xulosa va amaliy takliflar asosida:
Rossiya imperiyasi ma’muriyati tomonidan 1916 yilda Turkiston aholisi front orti ishlarga – “mardikorlikka” safarbar qilingani, safarbarlikka qarshi o‘lkada xalq harakatlarining yuzaga kelgani hamda imperiya ma’murlari tomonidan qo‘zg‘olonlarning bostirilgani, qo‘zg‘olonchilarga nisbatan jazo choralarining qo‘llanilgani, qo‘zg‘olon ishtirokchilaridan bo‘lgan qirg‘iz va qozoqlarning ma’lum bir qismi Xitoyga qochib ketgani, qo‘zg‘olonlar bostirilgach safarbarlikning qaytadan amalga oshirilgani, xususan, mardikorlar chiqqan dastlabki eshelonlar 1916-yil 18-sentyabr kuni Turkiston o‘lkasidan Rossiya tomonga yoʻl olgani, 123305 nafar mardikorlar front orti ishlariga safarbar etilgani, Ettisuvdagi qo‘zg‘olon qatnashchilaridan 16000 nafari o‘ldirilgani, 164000 nafari Xitoyga qochib ketganiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” dasturi ssenariysini yozishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasasi 2024-yil 17-dekabrdagi 06-28-676-son ma’lumotnomasi). Mazkur tarixiy ma’lumotlarning “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Hamma uchun” dasturi ssenariysida yoritilishi natijasida teletomoshabinlar 1916-yil voqealarining ijtimoiy-siyosiy mohiyati, sabablari va oqibatlarini ilmiy manbalar asosida anglash imkoniga ega bo‘ldi. Dastur tarixiy xotirani tiklash, milliy o‘zlikni mustahkamlash hamda tomoshabinlarda tahliliy va tarixiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
1917 yildan dastlab Turkiston boshqaruv Muvaqqat qo‘mitasi, keyin Turkiston ASSR XKS tomonidan 1916-yilgi mardikorlikka safarbarlik jarayonida Xitoyga ketgan qirg‘iz va qozoq qochoqlarini hamda 1917-yildan Turkistonda vujudga kelgan ocharchilik tufayli och-qochoq bo‘lib ketgan o‘lka aholisini o‘z yurtiga qaytarishda shakllangan tuzilmalar faoliyati, bolsheviklarning turkistonlik qochoqlarni o‘lkaga qaytarish masalasini o‘ziga xos xususiyatlari, jumladan, o‘lkada yuz bergan ocharchilik natijasida Orenburgga ketib qolgan 300 nafar och-qochoqlarni 1922-yil yanvar-fevral oylarida Turkistonga ko‘chirilishi va ularni boshpana, zarur mahsulotlar bilan ta’minlanishi, shuningdek, 1923-yil iyun-iyul oylarida Xitoydan Turkistonga qaytarilayotgan 874 nafar qirg‘iz va qozoq qochoqlarini o‘z hududiga joylashtirilishi bilan bog‘liq jarayonlar hamda Markaz ko‘rsatmalariga oid qiyinchiliklariga doir ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining ayrim loyihalarini ishlab chiqilishiga xizmat qildi (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi 2025-yil 2-apreldagi 14-07-30-son ma’lumotnomasi). Mazkur tarixiy ma’lumotlarning o‘rganilishi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha zamonaviy siyosatni shakllantirishda tarixiy tajribadan foydalanish imkonini berdi. Bu jarayon Turkiston aholisi bilan bog‘liq majburiy ko‘chish, ocharchilik va repatriatsiya masalalarida hukumat faoliyatini tahlil qilish hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qildi.
Rossiyaning Volgabo‘yi, Uraloldi hududlaridan Turkistonga 1921-yil iyun oyidan och-qochoqlarning kirib kelishi, 1921-yil avgustidan Markaz ko‘rsatmalari asosida ushbu hududlardagi ochlarning evakuatsiya qilinishi, bu jarayonda Turkiston MIQ qoshida tashkil etilgan Ochlarga yordam Markaziy komissiyasi (OYo MK)ning keng qamrovli faoliyati: ochlarni qabul qilish, davlat muassasalari, bolalar uylari, aholi xonadonlariga joylashtirish hamda o‘lkaga ko‘chib kelganlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh etkazib berish masalalari yoritilgan. Qolaversa, o‘lka boshqaruv tizimi rahbariyati tomonidan och-qochoq va evakuatsiya bo‘lib kelganlar ta’minotiga oid qaror, dekret va farmoyishlar, ayniqsa, viloyat, uezd-shaxar, volost miqyosida keltirilgan bolalarni “Bolalar uylari”ga joylashtirish va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash masalalariga oid ilmiy-nazariy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining turli dastur va keng ko‘lamli chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2025-yil 12-apreldagi 02-05/1413-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tarixiy tajriba O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi faoliyati uchun muhim ilmiy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qildi hamda zamonaviy dastur va chora-tadbirlarning metodologik jihatdan takomillashtirilishiga imkon yaratdi.
Turkistonga Birinchi jahon urushi yillarida kelib qolgan xorijlik qochoq va harbiy asirlarni hamda 1921–1923-yillari Rossiyaning markaziy guberniyalaridan ocharchilik natijasida och-qochoq va evakuatsiya tariqasida kelganlarni o‘z yurtiga reevakuatsiya qilishda o‘lka hukumati va sovet tashkilotlari faoliyati, mahalliy aholining reevakuatsiya qilinayotgan xalq vakillariga yordamlari tahlil qilingan. Xususan, 1922-yil sentyabr oyida Turkistondan Volgabo‘yi, Uraloldi hududlariga 1800 nafar och-qochoqlar reevakuatsiya qilingani, Turkiston OYo MK tomonidan ularga reevakuatsiya davomida etadigan non, go‘sht va sabzavotlar hamda 14600 ta kiyim-kechak mahsulotlari berilganligi isbotlangan. Umuman olganda, Turkistonga ko‘chib kelgan va keyinchalik o‘z yurtiga reevakuatsiya qilingan xalqlarning o‘lka aholisi bilan yaqinlashuvi o‘zaro hurmat va bir-biriga ko‘maklashish jihatlariga asoslanganligiga oid ilmiy-nazariy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining turli dastur va keng ko‘lamli chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi 2025-yil 12-apreldagi 02-05/1413-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tarixiy tajribaning o‘rganilishi O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining zamonaviy dastur va chora-tadbirlari uchun xalqaro hamkorlik, ijtimoiy birdamlik va insonparvarlik tamoyillariga asoslangan ilmiy-uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qildi