Omonova Sarvinoz Orif qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlanishi:tarixiy tahlil” (XX asrning ikkinchi yarmi- XXI asrning boshlari), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tar306
Ilmiy rahbar: Muminova Gavhar Esanovna, tarix fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Tursunov Fayzullo Narzullaevich; tarix fanlari doktori, professor Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, dotsent Temirova Charos Xusanova
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda XX asrning ikkinchi yarmi– XXI asrning boshlarida xotin-qizlar sportining rivojlanish tarixini tadqiq etishdan iborat
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
«sovet fizkulturasi» va uning targ‘iboti sobiq ittifoqdagi turli respublikalar qatori O‘zbekiston ta’lim tizimi va ijtimoiy munosabatlariga qat’iy tatbiq qilishda amalga oshirilgan majburiy-ixtiyoriy usul hamda vositalar, ularning ijro mexanizmi va intensivlik darajasi, mahalliy millatga mansub xotin-qizlarni sportga jalb etishdagi muammolar aniqlangan;
sovet davri sport tadbirlariga g‘oyatda siyosiy tus berilganligi, o‘tmish qadriyatlardan mahrum qilishga qaratilgan siyosati sharoitida milliy sport uyinlaridagi cheklovlar, hukmron kommunistik partiya zamonaviy sport madaniyatini (jumladan xotin-qizlar sportini ham) targ‘ib qilish orqali ya’ni “sotsiolistik” ko‘rinishidagi sportni tadbiq eta olganligi, sobet jismoniy madaniyati fuqorolarning “kommunistlashuvi” ning bir qismi bo‘lganligi, jismoniy madaniyat va tarbiya davlat nazorati ostida bo‘lib, uning barcha vositalari “kommunistik” jamiyat tuzishga va uni mustahkamlashga qaratilganligi dalillangan;
O‘zbekistonda 1991–2010 yillari jismoniy madaniyat va sport sohasini rivojlantirishga doir meyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan bo‘lsada, ammo amalda xotin-qizlarning xalqaro va olimpiada sport musobaqalarida ishtirokiga sport to‘garaklari tarmog‘ining etarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, soha moddiy ta’minotning nochorligi, xotin-qiz murabbiylarning tanqisligi kabi muammolar to‘sqinlik qilganligi, bu davrda sportning faqat gimnastika, suzish, shaxmat, shashka turlari yetakchilik qilganligi dalillangan;
O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro viloyatlarida xotin-qizlar sporti bo‘yicha ta’lim muassasalari, sport maktablarida bolalarni sportga jalb etish, ularni respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda olimpiada o‘yinlariga tayyorlash bo‘yicha tajriba va ustoz-shogird an’analarning shakllanganligi, aksincha Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari sohani yo‘lga qo‘yish tadbirlariga e’tiborsizlik, ayniqsa mahalliy hokimiyat organlari bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi ochib berilgan;
Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat tomonidan jismoniy madaniyat hamda sportni rivojlantirishda katta e’tibor qaratilganligi, bu esa o‘z navbatida xotin-qizlar o‘rtasida ham sportning ommaviylanib borishiga xizmat qilganligi, natijada sportning ko‘plab turlari (engil atletika, disk o‘loqtirish, yadro o‘loqtirish, dzyudo, takekvondo, tennis, va boshqa) bo‘yicha xotin-qizlar orasida jahon va olimpiada chempionlari etishib chiqganligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asrning birinchi choragida O‘zbekistonda xotin-qizlar sportini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ishi tarixiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
«sovet fizkulturasi» va uning targ‘iboti sobiq ittifoqdagi turli respublikalar qatori O‘zbekiston ta’lim tizimi va ijtimoiy munosabatlariga qat’iy tatbiq qilishda amalga oshirilgan majburiy-ixtiyoriy usul hamda vositalar, ularning ijro mexanizmi va intensivlik darajasi, mahalliy millatga mansub xotin-qizlarni sportga jalb etishdagi muammolarga oid ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yilning 25 sentyabrdagi 02-30-1060-son ma’lumotnomasi). Bu esa aholi, ayniqsa, yoshlar orasida sovet davri va mustaqillik yillarida xotin-qizlar sportiga bo‘lgan munosabat bilan tanishish imkonini yaratdi;
Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat tomonidan jismoniy madaniyat hamda sportni rivojlantirishda katta e’tibor qaratilganligi, bu esa o‘z navbatida xotin-qizlar o‘rtasida ham sportning ommaviylanib borishiga xizmat qilganligi, natijada sportning ko‘plab turlari (engil atletika, disk o‘loqtirish, yadro o‘loqtirish, dzyudo, takekvondo, tennis, va boshqa) bo‘yicha xotin-qizlar orasida jahon va olimpiada chempionlari etishib chiqganligiga doir natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2024 yilning 25 sentyabrdagi 02-30-1060-son ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar o‘rtasida sportga jalb etish dinamikasining o‘sishi va olimpiada uyinlari g‘oliblari yutuqlari targ‘ibotining kuchaytirilishiga xizmat qilgan.
sovet davri sport tadbirlariga g‘oyatda siyosiy tus berilganligi, o‘tmish qadriyatlardan mahrum qilishga qaratilgan siyosati sharoitida milliy sport uyinlaridagi cheklovlar, hukmron kommunistik partiya zamonaviy sport madaniyatini (jumladan xotin-qizlar sportini ham) targ‘ib qilish orqali ya’ni “sotsiolistik” ko‘rinishidagi sportni tadbiq eta olganligi, sobet jismoniy madaniyati fuqorolarning “kommunistlashuvi” ning bir qismi bo‘lganligi, jismoniy madaniyat va tarbiya davlat nazorati ostida bo‘lib, uning barcha vositalari “kommunistik” jamiyat tuzishga va uni mustahkamlashga qaratilganligiga oid natijalardan Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyining ko‘rgazma va eksponatlarni shakllantirishda foydalanildi (Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyining 2023 yil 26 oktyabrdagi 03-17-02/9579-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa tomoshabinlar ongida sovet davlatining fizkultura va sport sohasidagi siyosatidagi bir tomonlama yondashuvi haqidagi tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan.
O‘zbekistonda 1991–2010 yillari jismoniy madaniyat va sport sohasini rivojlantirishga doir meyoriy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan bo‘lsada, ammo amalda xotin-qizlarning xalqaro va olimpiada sport musobaqalarida ishtirokiga sport to‘garaklari tarmog‘ining etarli darajada yo‘lga qo‘yilmaganligi, soha moddiy ta’minotning nochorligi, xotin-qiz murabbiylarning tanqisligi kabi muammolar to‘sqinlik qilganligi, bu davrda sportning faqat gimnastika, suzish, shaxmat, shashka turlari yetakchilik qilganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi ilmiy-aamliy tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 4 oktyabrdagi 03-01/04/20/10284-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa yoshlar ongida O‘zbekistonda xotin-qizlar sporti bo‘yicha asosiy tushunchalarni shakllantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro viloyatlarida xotin-qizlar sporti bo‘yicha ta’lim muassasalari, sport maktablarida bolalarni sportga jalb etish, ularni respublika va xalqaro sport musobaqalari hamda olimpiada o‘yinlariga tayyorlash bo‘yicha tajriba va ustoz-shogird an’analarning shakllanganligi, aksincha Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari sohani yo‘lga qo‘yish tadbirlariga e’tiborsizlik, ayniqsa mahalliy hokimiyat organlari bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yganligiga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi ilmiy-amliy tadbirlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023 yil 4 oktyabrdagi 03-01/04/20/10284-sonli ma’lumotnomasi). Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining sportni rivojlantirish bo‘yicha tuziladigan rejalarida bu borada orqada bo‘lgan viloyatlarga alohida e’tibor qaratishiga xizmat qilgan.