Qodirov Farrux Ergash o‘g‘lining
fan doktori (DSc) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish metodologiyasini takomillashtirish” (Qashqalaryo viloyat misolida), 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/Iqt632.
Ilmiy maslaxatchi: ilmiy maslaxatchisiz.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Baxodir Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini modellashtirishda dinamik modellashtirishni empirik mezonlarining og‘irlik koeffitsientlari bo‘yicha hududlarning yuqori rivojlangan hudud CRI ≥ 80, o‘rta darajada rivojlangan CRI 60-79, rivojlanish sur’ati sust CRI < 60 qiymatlari bo‘yicha CRI (kompozit reyting) xaritasi taklif etilgan;
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini kompleks modellashtirish uchun xorijiy ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirib qo‘llashga imkon beruvchi yangi integrallashgan indekslash uslubiyotining empirik tasdiqlangan aniqlik darajasi – 88 %, Qashqadaryo viloyatida – 20-25 %gacha iqtisodiy samaradorligining oshishi empirik jihatdan asoslangan;
mintaqaviy rivojlanish dinamikasidagi bog‘liqliklarni aniqlashda VAR, VESM modellari bo‘yicha ishlab chiqilgan kointegratsion bog‘liqlik va Granger sababiyligi testlarining uyg‘unlashtirilgan ishonchlilik darajasi – 95 %, yaratilgan tahliliy mexanizm yordamida iqtisodiy prognozlarni aniqlashtirish darajasi – 85% gacha bo‘lgan hududlararo iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik mexanizmi asosida innovatsion metodologik yondashuvi taklif etilgan;
mintaqaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish integratsiyalashgan subektlar modeli davlat-xususiy-investor loyihalar asosida ilg‘or rivojlanish sikllarini chegaraviy qiymatlari ishlab chiqilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning ekonometrik modellar asosida 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ekonometrik baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini modellashtirishda dinamik modellashtirishni empirik mezonlarining og‘irlik koeffitsientlari bo‘yicha hududlarning yuqori rivojlangan hudud CRI ≥ 80, o‘rta darajada rivojlangan CRI 60-79, rivojlanish sur’ati sust CRI < 60 qiymatlari bo‘yicha CRI (kompozit reyting) xaritasi Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 03-25/8699-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tahlil qilishda dinamik modellashtirishning empirik mezonlari asosida og‘irlik koeffitsientlarini qo‘llash orqali CRI (Composite Rating Index) - ya’ni kompozit reyting ko‘rsatkichlari tizimi ishlab chiqilgan, ushbu yondashuv hududlarning rivojlanish darajasini miqdoriy, vizual va solishtirma shaklda aniqlash imkonini bergan;
mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini kompleks modellashtirish uchun xorijiy ilg‘or tajribalarni O‘zbekiston sharoitiga moslashtirib qo‘llashga imkon beruvchi yangi integrallashgan indekslash uslubiyotining empirik tasdiqlangan aniqlik darajasi – 88 %, Qashqadaryo viloyatida – 20-25 %gacha iqtisodiy samaradorligining oshishi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 03-25/8699-son ma’lumotnomasi). Natijada xorijiy tajriba asosida moslashtirilgan integrallashgan indekslash uslubiyoti O‘zbekiston sharoitida 88% aniqlik darajasi bilan sinovdan o‘tkazilib, Qashqadaryo viloyatida 20–25% iqtisodiy samaradorlikka olib kelishi empirik jihatdan isbotlangan.
mintaqaviy rivojlanish dinamikasidagi bog‘liqliklarni aniqlashda VAR, VESM modellari bo‘yicha ishlab chiqilgan kointegratsion bog‘liqlik va Granger sababiyligi testlarining uyg‘unlashtirilgan ishonchlilik darajasi – 95 %, yaratilgan tahliliy mexanizm yordamida iqtisodiy prognozlarni aniqlashtirish darajasi – 85% gacha bo‘lgan hududlararo iqtisodiy o‘zaro bog‘liqlik mexanizmi asosida innovatsion metodologik yondashuvi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 03-25/8699-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlikni aniqlovchi VAR/VECM va Granjer sababiyligi asosidagi yangi tahliliy model yaratilgan hamda model asosida xisoblab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlarining aniqligi 85–95% oralig‘ida baholangan;
mintaqaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirishda iqtisodiy samaradorlikni oshirish integratsiyalashgan subektlar modeli davlat-xususiy-investor loyihalar asosida ilg‘or rivojlanish sikllarini chegaraviy qiymatlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 03-25/8699-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqaning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va tizimlashtirish asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirishning integratsiyalashgan subektlar modeli (davlat–xususiy–investor) ishlab chiqilgan. Ushbu model hududiy rivojlanishning ilg‘or sikllarini shakllantirishga xizmat qiluvchi chegaraviy qiymatlar tizimini aniqlash imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishning ekonometrik modellar asosida 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 03-25/8699-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif Qashqadaryo viloyatini kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy rivonlantirishning yo‘l xaritasini ishlab chiqishda foydalanilgan.