O‘rinova Durdona Botir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda ziyorat turizmi samaradorligini oshirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt4218
Ilmiy rahbar: Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyaqubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toxirov Javlon Raximovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda ziyorat turizmi samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda ziyorat turizmi samaradorligini oshirishda ziyoratchilar oqimini boshqarish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirishning kompleks modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda ziyorat obektlaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash ko‘rsatkichlarini “yuqori” (0,31-0,40), “o‘rta” (0,21-0,30) va “quyi” (0,10-0,20) darajalarda baholash usuli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda innovatsion texnologiya sifatida RIDA dasturi asosida ziyorat turizmi klasterlarini shakillantirish va ziyorat klasteri ishtirokchilari o‘rtasidagi   o‘zaro munosabatlar tuzilmasi taklif etilgan;
mintaqada ziyorat turizmini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda ziyorat turizmi samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda ziyorat turizmi samaradorligini oshirishda ziyoratchilar oqimini boshqarish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va xizmatlar sifatini oshirishning kompleks modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 06-15-09/10572-son ma’lumotnomasi). Natijada, ziyorat turizmi samaradorligini oshirish orqali YaHM hajmini 15-20 % ga, turizm sohasida bandlik darajasini 10-12 % ga oshishi hamda mintaqada ziyorat turizmi samaradorligini oshirishga sarflanadigan xarajatlarni esa o‘rtacha 5 foizga kamayishiga xizmat qilgan; 
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda ziyorat obektlaridan foydalanish imkoniyatlarini baholash ko‘rsatkichlarini “yuqori” (0,31-0,40), “o‘rta” (0,21-0,30) va “quyi” (0,10-0,20) darajalarda baholash usuli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 06-15-09/10572-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinish natijasida ziyorat obektlaridan foydalanish darajalarini hududlar bo‘yicha ixtisoslashtirish va ushbu obektlaridan foydalanish darajalari o‘rtasidagi farqlarni aniq taqqoslash imkoniyati yaratilgan; 
mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda innovatsion texnologiya sifatida RIDA dasturi asosida ziyorat turizmi klasterlarini shakillantirish va ziyorat klasteri ishtirokchilari o‘rtasidagi   o‘zaro munosabatlar tuzilmasi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 06-15-09/10572-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida mintaqada ziyorat turizmining klasterini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘rsatkichlari ulushini o‘rtacha 3-5 foizgacha oshishi ta’minlangan; 
mintaqada ziyorat turizmini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining 2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 16-oktyabrdagi 06-15-09/10572-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish natijasida mintaqada ziyorat turizmi sohasida sezilarli o‘sish kuzatilib, amalga oshirilgan islohotlar va yangi xizmatlar orqali ziyoratchilar uchun qulay va jozibador shart-sharoitlarning yaratilishiga olib kelgan hamda ziyorat turizmini rivojlantirish ko‘rsatkichlarining o‘rtacha hisobda 1,3 barobarga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish