Doliev Shoxabbos Qulmurot o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda elektr energetika ta’minoti tizimini optimallashtirishning ekonometrik modellari” (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.06–“Ekonometrika va statistika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4033.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Farrux Do‘stmirzaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Inoyatov Almaz Reyimbaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotining maqsadi hududlarda elektr energetika ta’minoti tizimini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa aholisi hamda kichik biznes subektlarining elektr energiyasi iste’moliga chekli moyillik koeffitsientlari (k_A=0,03 va k_B=0,07) bilan parametrlangan                                               〖EII〗_i=P_i (k_A φ_1^((i))+k_B φ_2^((i)) ) (k_A+k_B )^(-1) modeli asosida iqtisodiyot tarmoqlarining energetika intensivligini baholash usuli takomillashtirilgan;
mintaqada energiya almashinuvi tizimining EE=3,5; IE=6,4; KM=3,2; TG=8,2; NF=2,9 iste’mol ko‘rsatkichlari asosida elektr energetika sanoati iqtisodiy parametrlarini optimallashtirishning 〖Fd〗_i=〖Pv〗_i-∑_(j=1)^m▒〖Ic〗_ij  va 〖Pm〗_j=〖Pv〗_j-∑_(i=1)^k▒〖Ic〗_ij   modellari taklif etilgan;
mintaqada energetika infratuzilmasining rivojlanganlik indeksi EIRI<0,52 juda past, 0,52≤EIRI<0,62 past, 0,62≤EIRI<0,72 o‘rtacha, EIRI≥0,72 yuqori mezon darajalari asosida energiya samaradorligini oshirish mexanizmi taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida elektr energetika ta’minoti tizimini rivojlantirishning vaqt seriali modellari asosida 2025-2030-yillar uchun prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda elektr energetika ta’minoti tizimini optimallashtirishning ekonometrik modellari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mintaqa aholisi hamda kichik biznes subektlarining elektr energiyasi iste’moliga chekli moyillik koeffitsientlari (k_A=0,03 va k_B=0,07) bilan parametrlangan                                       〖EII〗_i=P_i (k_A φ_1^((i))+k_B φ_2^((i)) ) (k_A+k_B )^(-1) modeli asosida iqtisodiyot tarmoqlarining energetika intensivligini baholash usuli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son farmoniga muvofiq, Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 12-avgustdagi 07-07/6761-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasini tejash birligiga ishlab chiqarish samaradorligini qishloq xo‘jaligida 0,4 foizga, sanoatda 0,33 foizga, xizmat ko‘rsatishda 0,39 foizga ortishiga erishilgan. Aholi va kichik biznes subektlarining energetika iste’moliga qo‘shimcha talab tendensiyasini boshqarish imkoniyati oshgan hamda yangi sanoat zonalari va aholi punktlari rivojlanayotgan hududlarda energiya quvvatlari taqsimotini optimallashtirishda foydalanilgan; 
mintaqada energiya almashinuvi tizimining EE=3,5; IE=6,4; KM=3,2; TG=8,2; NF=2,9 iste’mol ko‘rsatkichlari asosida elektr energetika sanoati iqtisodiy parametrlarini optimallashtirishning 〖Fd〗_i=〖Pv〗_i-∑_(j=1)^m▒〖Ic〗_ij  va 〖Pm〗_j=〖Pv〗_j-∑_(i=1)^k▒〖Ic〗_ij   modellari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son farmoniga muvofiq, Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 12-avgustdagi 07-07/6761-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyati energiya manbalarining tarmoqlararo umumiy iqtisodiy ta’siri va multiplikator ko‘rsatkichlarini baholash imkonini bergan. Energiya ishlab chiqarish tarmoqlarida ichki iste’mol ko‘rsatkichlarini optimallashtirish asosida energiya ta’minoti tizimida yo‘qotish darajasini elektr energetikasi bo‘yicha 4,8 foizga, issiqlik energiyasi bo‘yicha 1,56 foizga kamaytirishga erishilgan. Energiya ishlab chiqarish tarmoqlarida resurs oqimi va iste’molining tizimli balans ko‘rsatkichlarini muvofiqlashtirishda foydalanilgan. 
mintaqada energetika infratuzilmasining rivojlanganlik indeksi EIRI<0,52 juda past, 0,52≤EIRI<0,62 past, 0,62≤EIRI<0,72 o‘rtacha, EIRI≥0,72 yuqori mezon darajalari asosida energiya samaradorligini oshirish mexanizmi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son farmoniga muvofiq, Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 12-avgustdagi 07-07/6761-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qashqadaryo viloyatida elektr energetika infratuzilmasining rivojlanganlik indeksi past hududlari, jumladan, Kasbi, Ko‘kdala, Dehqonobod, Qamashi, Koson, Mirishkor, Chiroqchi, Shahrisabz tumanlarida elektr ta’minoti tizimning ishonchlilik darajasini 7 foizga oshirish, tarmoqda texnologik yo‘qotishlarni 6 foizga pasaytirish, tarmoqning yangilanish darajasini 5 foiz oshirish, ta’minot barqarorligini 4 foizga yaxshilanishi ta’minlangan. Tarmoqda real vaqtli monitoring, avtomatik boshqaruv va yuklamalarni optimallashtirish imkonini beruvchi Smart Grid texnologiyalarini joriy etishning konseptual modelini ishlab chiqishda foydalanilgan;
Qashqadaryo viloyatida elektr energetika ta’minoti tizimini rivojlantirishning vaqt seriali modellari asosida 2025-2030-yillar uchun ishlab chiqilgan prognoz parametrlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi PF-223-son farmoniga muvofiq, Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xarita”sini amalga oshirishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 12-avgustdagi 07-07/6761-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan prognoz parametrlaridan elektr energetika ta’minot tizimi ko‘rsatkichlarining istiqbolda o‘zgarish tendensiyasini baholashda va tizimni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish