Shodmonov Anvar Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qadimgi O‘rta Osiya aholisi tafakkur taraqqiyoti”, 07.00.01 –“O‘zbekiston tarixi” (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Tar1723.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Shaydullaev Shapulat Bazorovich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Tar.78.02.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali Asqarovich, tarix fanlari doktori, akademik; Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘rta Osiyo hududidan topilgan moddiy topilmalarning davriy chegarasi va tarixi asosida qadimgi davrda yashagan jamoalarning dunyoqarashi, tafakkuri, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’naviy hamda xo‘jalik hayotini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ibtidoiy jamoalar tafakkuri hali o‘z rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida tafakkurning quyidagi: amaliy (pragmatik) tafakkur – dastlabki mehnat qurollarini yasash va olov yoqishni o‘rganish; his-tuyg‘uga asoslangan (effektiv) tafakkur – qo‘rquv, hayajon va hayotiy tajribalar shakllanishi; jamoaviy tafakkur – guruh bo‘lib yashash, ov va mehnat qurollarini yasashda hamkorlik qilish kabi turlari mavjud bo‘lganligi ochib berilgan;
mezolit davrida dafn marosimini aks ettiruvchi qabrlarning keng tarqalganligi, quyoshga, olovga sig‘inish tafakkurining shakllana boshlanganligi, quyoshning erdagi ramziy belgisi sifatida qizil rang – oxra mezolit davri qabilalarining diniy – ruhiy olamiga kirib borganligi, bu davr qabrlari jasadlar ustida oxra sepish, qoyatosh suratlarini oxra bilan bo‘yash, diniy tafakkur an’anasi va ramziga aylanganligi asoslab berilgan;
oila tafakkurining taraqqiy etishi oila bajargan vazifalarning mohiyatiga ko‘ra quyidagi uchta yo‘nalishga ajratish mumkinligi: oilaning ijtimoiy taraqqiyoti, oilaning iqtisodiy taraqqiyoti, oilaning ma’naviy rivojlanishi bo‘lganligi; oilaning taraqqiyoti salomatlik darajasi, urf odat, tabiat va atrof muhitga munosabat bilan izohlanishi, oilaning yashash uchun zarur bo‘lgan vositalar – uy joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqalar bilan ta’minlashi jamoalarning eng qadimgi mafkurasi asosida o‘zgarib borganligi ochib berilgan;
O‘rta Osiyoda neolit davri insoniyat tafakkuri taraqqiyotida muhim davr bo‘lganligi, bu davrda ona urug‘i atrofida juft oila vujudga kelganligi, shuningdek, neolit davrida odamlar tabiat bilan uyg‘un yashash asosida ilk dehqonchilik va chorvachilik faoliyatini shakllantirganligi, ularning tafakkuri asosan amaliy hayotiy ehtiyojlar bilan bog‘langanligi, ovchilikdan ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish asnosida doimiy yashash joylarining paydo bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qadimgi O‘rta Osiyo aholisi tafakkur taraqqiyoti mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishi doirasida ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya va takliflar asosida:
ibtidoiy jamoalar tafakkuri hali o‘z rivojlanishning boshlang‘ich bosqichida tafakkurning quyidagi: amaliy (pragmatik) tafakkur – dastlabki mehnat qurollarini yasash va olov yoqishni o‘rganish; his-tuyg‘uga asoslangan (effektiv) tafakkur – qo‘rquv, hayajon va hayotiy tajribalar shakllanishi; jamoaviy tafakkur – guruh bo‘lib yashash, ov va mehnat qurollarini yasashda hamkorlik qilish kabi turlari mavjud bo‘lganligi ochib berilganligi hamda mezolit davrida dafn marosimini aks ettiruvchi qabrlarning keng tarqalganligi, quyoshga, olovga sig‘inish tafakkurining shakllana boshlanganligi, quyoshning erdagi ramziy belgisi sifatida qizil rang – oxra mezolit davri qabilalarining diniy – ruhiy olamiga kirib borganligi, bu davr qabrlari jasadlar ustida oxra sepish, qoyatosh suratlarini oxra bilan bo‘yash, diniy tafakkur an’anasi va ramziga aylanganligi asoslab berilganligi to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan Termiz arxeologiya muzeyi ekspozisiyalarini tavsiflash hamda muzey ekskursovodi matnlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2025-yil 21-maydagi 04-05/1977-son ma’lumotnomasi). Bu esa, ilmiy jamoatchilikda insoniyatning ma’naviy hayoti, ilk diniy tasavvurlari hamda san’atining shakllanish jarayonlari haqidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan;
oila tafakkurining taraqqiy etishi oila bajargan vazifalarning mohiyatiga ko‘ra quyidagi uchta yo‘nalishga ajratish mumkinligi: oilaning ijtimoiy taraqqiyoti, oilaning iqtisodiy taraqqiyoti, oilaning ma’naviy rivojlanishi bo‘lganligi; oilaning taraqqiyoti salomatlik darajasi, urf odat, tabiat va atrof muhitga munosabat bilan izohlanishi, oilaning yashash uchun zarur bo‘lgan vositalar – uy joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqalar bilan ta’minlashi jamoalarning eng qadimgi mafkurasi asosida o‘zgarib borganligi ochib berilganligi hamda O‘rta Osiyoda neolit davri insoniyat tafakkuri taraqqiyotida muhim davr bo‘lganligi, bu davrda ona urug‘i atrofida juft oila vujudga kelganligi, shuningdek, neolit davrida odamlar tabiat bilan uyg‘un yashash asosida ilk dehqonchilik va chorvachilik faoliyatini shakllantirganligi, ularning tafakkuri asosan amaliy hayotiy ehtiyojlar bilan bog‘langanligi, ovchilikdan ishlab chiqarish xo‘jaligiga o‘tish asnosida doimiy yashash joylarining paydo bo‘lganligi dalillanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tamaddun” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2022-yil 29-avgustdagi 486-23-4428-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuvlar keng jamoatchilikda O‘rta Osiyoning qadimgi va eng qadimgi davr tafakkuri taraqqiyotining rivojlanishi xususida kengroq tushunishga imkon bergan.