Axmedov Juraboy Raxmonberdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni kasbiy rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish (Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha, (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Ped1146
Ilmiy maslahatchi: Turakulov Olim Xolbo‘taevich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuxra Karabaevna - pedagogika fanlari doktori, professor.
Asqaraliev Odilbek Ulug‘bek o‘g‘li – texnika fanlari doktori (DSc), dotsent
Himmataliev Do‘stnazar Omonovich - pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni kasbiy rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish va uning samaradorligini amaliy jihatdan asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun axborot-ta’lim muhitini shakllantirish asosida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni xorijiy tajribalar bilan komparativ tahlil (comparative analysis) asosida o‘rganilib, global ta’lim integratsiyasi sharoitida engineering education metodologiyasini transformatsiyalashga xizmat qiladigan innovatsion didaktik echimlar tizimli ravishda takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy faoliyatida axborot-ta’lim muhitidan samarali foydalanishga tayyorlik darajasiga ta’sir etuvchi determinant omillar va bosqichlar o‘rganilishi asosida, kost injiniring, benchmarking, reversiv injiniring kabi faoliyat sohalarida chuqur ilmiy izlanishlar olib borilish, kasbiy rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, refleksiv va faoliyatli komponentlarini qamrab oluvchi zamonaviy tarkibiy komponentlar ishlab chiqildi;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy rivojlanishiga taalluqli didaktik shart-sharoitlarni (didactic conditions) aniqlash va muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishni rag‘batlantiruvchi pedagogik strategiyalar asosida, ularning shakllari, yondashuvlari, tamoyillari va tarkibiy komponentlarini o‘zida jamlagan kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mantiqiy-funksional model E-learning information system (ttat.uz) virtual ta’lim platformasidan foydalanib ishlab chiqilgan;
axborot-ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni zamonaviy kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida interaktiv “Expert assessment” (Ekspert baholash) metodi, “Goal tree” (Maqsadlar daraxti) metodi, “Reverse Engineering” (teskari muhandislik) va “Scenario-Based Coding” (Senariy asosida kodlash) metodi kabi ta’lim metodlari hamda masofaviy va raqamli o‘qitish texnologiyalarini integratsiyalash orqali ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan ilg‘or pedagogik texnologiyalar tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi va didaktik ta’minoti ilmiy jihatdan takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida modern teaching tools (zamonaviy o‘qitish vositalari) foydalanish asosida tegishli mezon va ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi hamda tajriba-sinov jarayonlarida olingan ma’lumotlarga matematik-statistik ishlov berish orqali kasbiy faoliyatiga tayyorlik darajalarini rivojlanganligini baholashning reproduktiv, variativ va kreativ mezonlari hamda past, o‘rta, yuqori darajalari aniqlashga qaratilgan didaktik resurslar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalarida axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni kasbiy rivojlantirishning metodik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida axborot ta’lim muhitini shakllantirish asosida bo‘lajak muhandislarni kasbiy rivojlantirishning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash va ularni xorijiy tajribalar bilan qiyosiy tahlil qilish jarayonida, global ta’lim integratsiyasi sharoitida muhandislik ta’limining metodik ta’minotini transformatsiyalashga xizmat qiladigan innovatsion didaktik echimlar tizimli asosda takomillashtirilganligi hamda diagnostika, maqsadni belgilash, kompetensiyalarni shakllantirish, ATM bilan integratsiya va kasbiy rivojlanish bosqichlarni kasbiy faoliyatni tashkil etish texnologiyasi orqali, ta’limning “Kasbiy rivojlanish” va “Muhandislik” tamoyillari asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar texnika oliy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqotchilik faoliyatni tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining 2025-yil 3-sentyabrdagi 22-01 – 580/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni kasbiy rivojlantirishning metodik ta’minotini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarni kasbiy faoliyatida axborot ta’lim muhitidan foydalanishga tayyorliligiga ta’sir etuvchi omillar va bosqichlar o‘rganilishi asosida, kost injiniring, benchmarking, reversiv injiniring kabi faoliyat sohalarida chuqur ilmiy izlanishlar olib borilish, kasbiy rivojlantirishning motivatsion, kognitiv, refleksiv va faoliyatli komponentlarini qamrab oluvchi zamonaviy tarkibiy komponentlarini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60711400 - Texnologik jarayonlar va shilab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi uchun “Dasturlash asoslari” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘iga asosan tasdiqlangan 194-515- raqamli nashr ruxsatnomasi) nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni kasbiy rivojlantirishga doir takliflari 60711400 - Texnologik jarayonlar va shilab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishining malaka talabi mazmuniga singdirilgan;
axborot ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy rivojlantirishiga taalluqli didaktik shart-sharoitlarni belgilash hamda muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishni rag‘batlantiruvchi pedagogik strategiyalar asosida, shakllari, yondashuvlari, tamoyillari va tarkibiy komponentlarini o‘zida qamrab olgan kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi mantiqiy-funksional model mazmunan modernizatsiyalashga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Tizimli tahlil” nomli darslik (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 17-iyuldagi “314”-sonli buyrug‘i asosida, № 314-246 raqamli nashr ruxsatnomasi) yaratilgan. Mazkur darslik bo’lajak muhandislarning axborot ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni kasbiy rivojlantirish tizimining o‘ziga xos xususiyatlari takomillashtirish va talabalarni kasbiy faoliyatiga tayyorlash modeli modernizatsiya qilish imkoniyati yaratilgan;
zamonaviy interaktiv metodlardan foydalangan holda axborot ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni zamonaviy kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida interaktiv “Ekspert baholash” metodi, “Maqsadlar daraxti metodi, Reverse Engineering (teskari muhandislik) va Scenario-Based Coding metodi kabi ta’lim metodlari asosida kasbiy faoliyatiga tayyorlash mexanizimini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan davlat granti asosida bajarilishi mo‘ljallangan “Vermikulit asosida issiqlikka chidamli va olovga bardosh qurilish plitalarini ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish” nomli (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi va Jizzax politexnika instituti bilan 2024 yilning may oyidagi “Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi asosida Ilmiy loyihani bajarish to‘g‘risida” tuzilgan IL-8223092060-son shartnoma asosida) innovatsion loyihasini bajarish davomida foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2025-yil 1-iyuldagi 256-AF-son buyrug‘i). Natijada axborot ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarni zamonaviy kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan texnologik jarayonlarni o‘qitishning didaktik ta’minoti takomillshatirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida modern teaching tools (zamonaviy o‘qitish vositalari) foydalanish asosida tegishli mezon va ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi hamda tajriba-sinov jarayonlarida olingan ma’lumotlarga matematik-statistik ishlov berish orqali kasbiy faoliyatiga tayyorlik darajalarini rivojlanganligini baholashning reproduktiv, variativ va kreativ mezonlari hamda past, o‘rta, yuqori darajalari aniqlashga qaratilgan didaktik resurslar ishlab chiqilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ttat.uz virtual ta’lim platformasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 07-mayda berilgan № DGU 50463 raqamli guvohnoma). Natijada, axborot ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy rivojlantirishiga doir ilmiy-metodik axborot texnologik masalalarni hisoblovchi amaliy dasturlar va kreativ fikrlashga oid topshiriqlar ommalashtirishga erishilgan.