Ergasheva Fatima Toyirovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarning metaprofessional kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8852
Ilmiy rahbar: Pozilova Shahnoza Xaydaralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/30.12.2019.Ped.72.04
Rasmiy opponentlar: Murodova Feruza Rashidovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Zaripov Nozimbek Nayimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ta’limni raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari talabalarning metaprofessional kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’limni raqamlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasalari talabalarining metaprofessional kompetentligini rivojlantirish bosqichlari va metaprofessional kompetensiyalarning zarur turlarini tanlab olish hamda “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” fanining kontentlarini, o‘qitish metodikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan;
talabalarning metaprofessional kompetentligini rivojlantirishning konseptual tuzilmasi transformativ, metapredmetli va produktiv o‘qitish yondashuvlarini tadbiq etgan holda metavers, metakognitiv va metakreativ kompetentlikning faoliyat turlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining metaprofessional kompetentligini rivojlantirish metodikasi SAMR, 5W1H, SCAMPER, MindMap va Napkin g‘oyasi kabi ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish asosida takomillashtirilgan;
ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarning metaprofessional kompetentligining rivojlanganlik darajasini baholash mezonlari (reproduktiv, evristik, kreativ) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’limni raqamlashtirish sharoitida talabalarning metaprofessional kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
transformativ, metapredmetli va produktiv o‘qitish yondashuvlarini tadbiq etish asosida talabalarning metaprofessional kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi, bosqichlari va pedagogik shart-sharoitlarini kompleks joriy etishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 25-noyabrdagi 388-son buyrug‘i, 388-187 raqamli guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, moslashuvchanlik, tanqidiy va tizimli fikrlash, o‘z faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining metaprofessional kompetentligi rivojlanganlik darajasini baholashning reproduktiv, evristik, kreativ mezonlari va darajalarini aniqlash usullari, o‘quv materiallarining interfaolligini ta’minlovchi topshiriqlarni ishlab chiqishga oid takliflar Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining PZ-202004165 raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” (2021-2023 yy.) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (A.Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-iyundagi №01/04-2598-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektron platformada o‘quvchilarning og‘zaki va yozma kompetensiyalarini baholash samaradorligini oshirishga erishilgan;
talabalarning metaprofessional kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirish, ya’ni o‘quv jarayoniga metaprofessional kompetentlikni rag‘batlantiruvchi innovatsion ta’lim texnolgiyalarini joriy etishga oid metodik tavsiyalar “Bo‘shlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va amaliyotda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-iyundagi 02/01-01-214-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning o‘quv mashg‘ulotlarida innovatsion ta’lim texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan.