Zarlikov Ikram Batirbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanish metodikasi (qoraqalpoq sinflari misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7821.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Seytkasimov Dauletnazar Beknazarovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jumasheva Gulnara Xamidullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Usenova Gulmira Abillaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalarni takomillashtirish va ta’lim samaradorligini oshirish uchun mobil ilova vositalaridan foydalanish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanishning raqamlashtirilgan lingvodidaktik muhitdagi differensial lingvometodik parametrlar, interaktiv va geymifikatsion elementlar integrativ faoliyatni shakllantirishdagi rolini belgilab beruvchi semiotik-multimodal xususiyatlari aniqlashtirilgan;
o‘quvchilar uchun ingliz tilini o‘rganish jarayonida neyrodidaktik-adaptiv ta’lim platformalari, mikroo‘quv segmentlari asosida shakllangan mediatexnologik didaktik metod: «EnglishWithSaribek» mobil ilovasi individuallashtirilgan ta’lim traektoriyasini yaratishga imkon beruvchi adaptiv-kommunikativ texnologiyalar takomillashtirilgan;
A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda multimodal ta’limiy kontentning (EnglishWithSaribek mobil ilovasi) metodik tuzilmasini optimallashtiruvchi metodik resurslarni interaktiv ssenariylashtirish, infografik leksik klasterlashtirish va mobil ta’limni geymifikatsion metodlar, funksiyalar va interfeys elementlari «Guess What» kitobi asosida takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanish uchun tayyorlangan kontekstual multimedia, kognitiv yuklama nazariyasi va interaktiv muloqot platformalari maqsadli, nazariy-metodik, tashkiliy-texnologik va umumlashtiruvchi-bahalovchi komponentlar asosida metatil hamda gibrid interaktiv faoliyatga yo‘naltiradigan yangi didaktik model takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanish metodikasiga oid tadqiqot natijalari asosida:
A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanishning raqamlashtirilgan lingvodidaktik muhitdagi differensial lingvometodik parametrlar, interaktiv va geymifikatsion elementlar integrativ faoliyatni shakllantirishdagi rolini belgilab beruvchi semiotik-multimodal xususiyatlari to‘g‘risidagi fikrlardan «Pedagogikalıq kompetentlik hám kreativlik» o‘quv qo‘llanmasi mazmunıga singdirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 879597-son nashr ruxsatnomasi). Natijada A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanishni rivojlantiruvchi metodik taʼminotni takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilar uchun ingliz tilini o‘rganish jarayonida neyrodidaktik-adaptiv ta’lim platformalari, mikroo‘quv segmentlari asosida shakllantirilgan mediatexnologik didaktik metod: «EnglishWithSaribek» mobil ilovasi individuallashtirilgan ta’lim traektoriyasini yaratishga imkon beruvchi adaptiv-kommunikativ texnologiyalarga oid takliflardan FZ-2016-0908165532 raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» mavzusidagi fundamental loyihasida amalga oshirilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2025-yil 1-iyuldagi 295-son ma’lumotnomasi). Natijada A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanish masalalari aniqlashtirilgan;
A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda multimodal ta’lim kontentining (EnglishWithSaribek mobil ilovasi) metodik tuzilmasi optimallashtiruvchi metodik resurslarni interaktiv ssenarizatsiyalash, infografik leksik klasterlashtirish va mobil ta’limni geymifikatsion metodlar, funksiyalar va interfeys elementlari «Guess What» kitobi asosidagi takliflardan «Pedagogikalıq kompetentlik hám kreativlik» o‘quv qo‘llanmasi mazmunıga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosida berilgan 879597-son nashr ruxsatnomasi). Natijada A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanish yo‘llari takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalardan foydalanish uchun tayyorlangan kontekstual multimedia, kognitiv yuk nazariyasi va interaktiv muloqot platformalari maqsadli, nazariy-metodik, tashkiliy-texnologik va umumlashtiruvchi-bahalovchi komponentlar asosida metatil hamda gibrid interaktiv faoliyatga yo‘naltiradigan yangi didaktik model bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining «Assalawma áleykum, Qaraqalpaqstan» dasturi va «Kúsh – bilimde» radioeshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2025-yil 2-iyundagi 05/22/327-son ma’lumotnomasi). Natijada A1 darajali o‘quvchilarga ingliz tilini o‘qitishda mediatexnologiyalar materiallarini chuqurroq o‘zlashtirish aniqlashtirilgan.