Saidov Samandar Muzaffarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shaxsga yo‘naltirilgan ma’lumotlarni boshqarish axborot tizimi”, 05.01.10 – “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5318.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Bahodir Boltaevich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Utkir Raxmatillaevich, texnika fanlari doktori, professor; Kalandarov Ilyos Ibodullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Foydalanuvchining xatti-harakatlari va axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini tahlil qilish asosida shaxsga yo‘naltirilgan ma’lumotlarni boshqarish axborot tizimi ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p bosqichli qaror qabul qilish asosida shaxsga yo‘naltirilgan ma’lumotlarni boshqarish axborot tizimining funksional tuzilmasi va axborot modeli ishlab chiqilgan;
foydalanuvchi navigatsiya ma’lumotlari asosida veb-sahifalarning relevantlik darajasini aniqlovchi model takomillashtirilgan;
ma’lumotlarni boshqarish jarayonlarida shaxsga yo‘naltirilgan axborot tizimi uchun foydalanuvchi xatti- harakatlari asosida kognitiv modeli ishlab chiqilgan;
kategorik klasterlash usuli asosida foydalanuvchilarning doimiy va joriy axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash jarayonlarini amalga oshirish algoritmlarini ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ma’lumotlarni boshqarish tizimi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va rivojlantirilgan algoritmlar asosida maxsus shaxsga yo‘naltirilgan model ishlab chiqildi. Ushbu tizim veb-sayt foydalanuvchilari uchun qidiruv va navigatsiya jarayonlarida individual ehtiyojlarga mos ravishda moslashtirilgan axborotlarni taqdim etishni ta’minlaydi.
Foydalanuvchi extiyojini qanoatlantirishga qaratilgan klasterlash usuli asosida ishlab chiqilgan algoritimlar O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga tadbiq etildi. Ushbu tizim universitet foydalanuvchilari uchun mos ma’lumotlarni filtrlash va ularga mos keluvchi axborot taqdim etish imkoniyatini oshirdi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotnoma №4/17-103/2-son 13.02.2025y.). Sinov natijalari shuni ko‘rsatdiki, axborot qidiruvi jarayoni sezilarli darajada tezlashdi, tavsiyalar samaradorligi esa 4–6% ga oshdi.
Tadqiqot natijasida yaratilgan shaxsga yo‘naltirilgan axborot tizimi modeli
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida mazkur tizim sinovdan o‘tkazildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotnoma №4/17-103/2-son 13.02.2025y.). Tizim foydalanuvchilar navigatsiya jarayonini optimallashtirish va shaxsga yo‘naltirilgan tavsiyalar berish uchun ishlatildi. Bu joriy etilgan tizim foydalanuvchi ehtiyojlarini yanada aniqroq tushunish va axborotlarni tezkorlik bilan taqdim etish imkonini berdi.
Shaxsga yo‘naltirilgan ma’lumotlarni boshqarish axborot tizimi MChJ QK “SIMPLEX ITC” kompaniyasida joriy etildi. Tizim foydalanuvchilarning ehtiyojlariga asoslangan holda individual tavsiyalar shakllantirish imkoniyatini yaratdi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotnoma №4/17-103/2-son 13.02.2025y.). Tajriba natijalariga ko‘ra tizimning ishlash samaradorligi 6-8% ga yaxshilandi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish