Shixnazarova Guzal Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p bosqichli homilaning prenatal rivojlanish davrida differensiallashgan-dietologik oziqlanish jarayonining modellari va axborot tizimi”, 05.01.10 – “Axborot olish tizimlari va jarayonlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T4639.
Ilmiy rahbar: Yakubov Maksadxon Sultaniyazovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Muhamedieva Dildora Kabulovna, texnika fanlari doktori, professor; Turgunov Adilbek Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ko‘p bosqichli homilaning prenatal rivojlanish davrida differensiallashgan dietologik oziqlanishda axborot almashinish jarayonlarining modeli va tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
homilador ayollarning fiziologik holati va homilaning prenatal rivojlanish jarayonlari xususiyatlarini tahlil qilish asosida, trimestrlararo differensiallashgan oziqlanish jarayonida qarorlar qabul qilishning ratsional usuli ishlab chiqilgan;
ko‘p bosqichli homilaning prenatal rivojlanishiga ta’sir etuvchi ustuvor omillar shakllantirilgan va ular asosida differensial oziqlanish jarayoni axborot tizimining kognitiv modeli ishlab chiqilgan;
ratsionni baholash mezon ko‘rsatkichlari asosida,  ko‘p bosqichli homilaning prenatal rivojlanishida differensiallashgan-dietologik oziqlanishida axborot almashinish jarayonining BPMN modeli ishlab chiqilgan;
ko‘p bosqichli homilaning prenatal rivojlanish davrida differensiallashgan-dietologik oziqlanishda axborot almashinish jarayonining modellashtirish  algoritmi ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan ko‘p bosqichli homilaning prenatal rivojlanish davrida differensiallashgan-dietologik oziqlanish jarayonining modellari va axborot tizimi quyidagicha amaliyotga joriy etilgan:
Ishlab chiqilgan axborot tizimini  Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazida joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-may 05-28/10803-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan kognitiv model, axborot tizimi homilaning rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadigan omillar hisobga olingan holda, perinatal davrdagi ayrim kasalliklarning 3-4% oldini olish imkoniyati yaratildi, olingan natijalar aniqligi va ishonchliligini oshirdi hamda xatoliklarni kamayishiga olib keldi;
Homilador ayollar uchun ishlab chiqilgan axborot tizimi Toshkent shahar Mirobod tumanidagi 2-sonli oilaviy poliklinika ginekologiya bo‘limiga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-may 05-28/10803 sonli ma’lumotnomasi). Natijada perinatal davrdagi kasalliklar 2-3% ga kamaydi, ma’lumotlarni  qayta ishlashga ketadigan vaqt 30-32% qisqardi;
Homilaning perinatal rivojlanish davrida differensiallashgan-dietologik oziqlanish jarayonining modellashtirish algoritmi asosida ishlab chiqilgan axborot tizimi Mirobod tumanidagi 5-son tug‘ruq kompleksining homiladorlar patologiyasi bo‘limiga joriy etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 15-may 05-28/10803 sonli ma’lumotnomasi). Natijada perinatal davrdagi kasalliklar soni 2-3% ga qisqardi, olingan natijalar aniqligi va ishonchliligini oshirdi hamda xatoliklarni kamayishiga olib keldi.  

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish