Rajabov Farxat Farmanovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Er osti suvi monitoringi intellektual hisoblash tizimining apparat va dasturiy ta’minoti”, 05.01.04 – “Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T871.
Ilmiy maslahatchi: Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01
Rasmiy opponentlar: Marat Alimovich Raxmatullaev, texnika fanlari doktori, professor; Kuanishbay Kenesbaevich Seitnazarov, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Furqat Axtamovich Gapparov, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: innovatsion hisoblash majmualari va kompyuter tarmoqlari asosida er osti suvlarini intellektual monitoring tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er osti monitoring quduqlarida suv sathini aniqlashning ultratovush va radio to‘lqinlar moslashuvi asosida suv sathini yuqori aniqlikda o‘lchaydigan yangi matematik modeli va hisoblash algoritmi yaratilgan;
gidrogeologik monitoring tarmog‘i kuzatuv quduqlari muhitida er osti suvi tarkibi va sifat o‘zgarishini to‘lqinlar spektral impedanskopiyasi asosida aniqlash usuli yaratilgan; 
ultratovush signalining haroratga bog‘liq dinamik tezlik korreksiyasi va belgilangan kalibrovka kanalida signal tezligini real vaqt rejimida o‘lchashga asoslangan suv sathini aniqlash usuli ishlab chiqilgan va patentlangan (IAP 7853);
impedans spektlariga er osti suvning harorati, pH, bosimi va loyqaligi ta’siri hisobiga suv sifati ma’lumotlarni aniqlash imkonini beradigan model va amalga oshirish algoritmi ishlab chiqilgan;
quyosh paneli energiya ta’minotiga ega monitoring quduqlar ma’lumotlari tahlilida gibrid neyron tarmog‘i usuliga asoslangan intellektual algoritm va axborot tizimining funksional infratuzilmasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida er osti suvi monitoringi intellektual hisoblash tizimining apparat va dasturiy ta’minotidan foydalanilgan holda:
ultratovush va radio to‘lqinlari inplementatsiyasi natijasida quduqlarlardagi suv sathini ultratovush yordamida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘lchash asosida aniqligi va diapazonini oshirishning realivistik yangi usuli hamda signalni to‘gridan-to‘gri qabul qilish va aks sado signallarning ta’sirini bartaraf etish natijasida masofani o‘lchash uzoqligini va barqarorligini ta’minlash algoritmi O‘zbekiston Respublikasi Tog‘ kon sanoati va geologiya vazirligining «O‘zbekgidrogeologiya» Davlat muassasasining «Davlat geologik monitoring xizmati» markazida gidrogeologik stansiyalar kuzatuv quduqlarida er osti suvi avtomatlashgan monitoring tizimiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi 2025 yil 5 maydagi 08-876-son ma’lumotnomasi). Natijada er osti gidrosferasi monitoringida xolislik va aniqlikni, suv ta’minotini o‘rganishda 6-8% vaqt va mehnat samaradorligini oshirgan;
quduq muhitida ultratovush tarqalish tezligini aniq bilish hisobiga suv sathini o‘lchash sxemasi, energiya ta’minoti sifatida quyosh panelidan zaxira quvat olish, qurilma modullari faoliyatini nazorat qilish va ma’lumotlarni masofaviy serverga uzatadigan hamda xotiraga saqlash asosiy boshqaruv moduli «Robotic lab future» kompaniyasi va Qashqadaryo viloyati Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimi hududiy boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika bo‘limi faoliyatiga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi 2025 yil 5 maydagi 08-876-son ma’lumotnomasi). Natijada er osti suvi kuzatuv monitoringi yuritish jarayonlarini mukammallashtirishda tezkorlik, aniqlik va unimdorlikini oshirgan;
quduq suvi sathida suzuvchi radio va ultratovush to‘lqinlarni qabul qiladigan, quduq og‘zidan tarqalish to‘lqinlar vaqtini o‘lchash hisobiga suvning multimodal paramtrlari, empedans spetroskopiyasini o‘lchash moduli, er osti gidrosferasi monitorini axborot tizimining ma’lumotlar, bilimlar bazasi infratuzilmasi, ultratovush va radiosignallar ma’lumotlarini gibrid neyron tarmoqi orqali tasniflash algoritmi I-AT-2021-493 «Er osti suvlarining sathi, harorati va elektr o‘tkazuvchanligini masofadan aniqlovchi innovatsion uskuna yaratish» mavzusidagi ilmiy loyihasida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2024 yil 25 oktyabridagi № IAP7853 Ixtiro patenti). Natijada er gidrosferasi monitoringi yuritilishida o‘zgargan gidrogeologik va suv tanqisligi sharoitida ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish masalalarini echish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish