Madazizova Dilafruz Xabibiloevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Badiiy diskursda individual nutq yaratuvchi sotsiolektlar”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3231
Ilmiy rahbar: Sultonova Shoxista Muxammadjanovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar:
Abdurahmonova Nilufar Zaynobiddin qizi, filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Madrahimov Ilhomjon Sobirovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi badiiy diskursda qo‘llanuvchi sotsiolektlarning individual nutq hosil qilishidagi ijtimoiy roli hamda funksional va pragmatik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“diskurs”, “badiiy diskurs” va “sotsiolekt” tushunchalari bo‘yicha mavjud ilmiy qarashlar tahlil qilinib, ularning nazariy asoslariga muallif tomonidan ilmiy munosabat bildirilgan hamda tadqiqot natijalari asosida ushbu tushunchalarning ilm-fan taraqqiyoti nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan talqinlari ishlab chiqilgan.
badiiy diskursda individual nutqni shakllantiruvchi sotsiolektlarning lug‘aviy tarkibida mavjud bo‘lgan stratifikatsion guruhlar (sleng, jargon, argo)ga xos leksika namunalarining funksional jihatlari tahlil qilingan va ularning shaxs yoki guruhning ijtimoiy, madaniy va psixologik olamini yoritish barobarida ijtimoiylikdan individuallikka o‘tish qonuniyatlari hamda badiiy ifoda va personaj xarakterini ochishdagi muhim roli isbotlangan;
badiiy diskursda ifodalangan inter- va intra- munosabatlar, kognitiv fikrlash va kommunikatsiya jarayoni, turli tillar va madaniyatlarga oid so‘zlarning aralashuvi natijasida yuzaga keladigan kontaminatsiya hodisasi diskursiv tafakkur hosilasi sifatida ekanligi, yashirin va konnotativ ma’nolarni kontekstual anglash mexanizmlari sotsiolekt birliklarining pragmatik funksiyalari bilan bog‘liqligi aniqlanib, ularning tagma’no yaratishdagi kommunikativ imkoniyatlari personal diskursning maishiy va situativ turlaridagi spontanlik, kuchli situativlik, aniq subektivlik va mantiqiy buzilishlar bilan xarakterlanishi hamda kontekstda nazarda tutilgan yashirin yoki tagma’nolarni ilg‘ash diskurs subektlarining pragmatik bilim imkoniyatlari darajalari bilan o‘lchanishi asoslab berilgan;
badiiy diskursda sotsiolektga oid lisoniy birlik sifatidagi deviant leksikaning pragmatik shaxs ijtimoiy identifikatsiyasini ifodalovchi, estetik va ijtimoiy-semiotik yuklama hosil qiluvchi vosita sifatidagi funksional xususiyatlarini tahlil qilish asosida deviant leksika subekt yoki obrazning individualligini ta’kidlash, ularni ijtimoiy guruhlariga ko‘ra ajratish imkonini berishi hamda adresatga adresantning ijtimoiy muhitini chuqurroq o‘rganishga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy diskursda individual nutq yaratuvchi sotsiolektlar tadqiqi yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek tilshunosligida diskurs masalasi, badiiy diskurs va sotsiolekt tushunchalari, turli tizimli tillardagi individual nutq yaratuvchi sotsiolektlar: sleng, jargon, argo, varvar va vulgar so‘zlarning badiiy diskursdagi ifoda imkoniyatlari va uslubiy xususiyatlari, ularning shaxs yoki guruhning ijtimoiy, madaniy va psixologik olamini yoritish barobarida ijtimoiylikdan individuallikka o‘tish qonuniyatlari hamda badiiy ifoda va personaj xarakterini ochishdagi muhim roliga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan 2021-2023-yillarda “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-2019081773-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 13-yanvardagi 1/04-167-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy diskursda sotsiolektlarni qo‘llash orqali fikrni boyitish, nutqning jozibadorligi va ta’sirchanligini oshirish haqidagi tahlillar loyiha mazmunini ilmiy-nazariy jihatdan boyitgan;
badiiy diskursda ifodalangan inter- va intra- munosabatlar, kognitiv fikrlash va kommunikatsiya jarayoni, turli tillar va madaniyatlarga oid so‘zlarning aralashuvi natijasida yuzaga keladigan kontaminatsiya hodisasi diskursiv tafakkur hosilasi sifatida tahlil qilingani, badiiy diskursda yashirin va konnotativ ma’nolarni kontekstual anglash mexanizmlari sotsiolekt birliklarining pragmatik funksiyalari bilan bog‘liqligi, ularning tagma’no yaratishdagi kommunikativ imkoniyatlari personal diskursning maishiy va situativ turlaridagi spontanlik, kuchli situativlik, aniq subektivlik va mantiqiy buzilishlar bilan xarakterlanishi hamda kontekstda nazarda tutilgan yashirin yoki tagma’nolarni ilg‘ash diskurs subektlarining pragmatik bilim imkoniyatlari darajalari bilan o‘lchanishiga doir ilmiy natija va xulosalaridan 2022-2023-yillar “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimediya mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanildi (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2025-yil 13-yanvardagi 1/04-168-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan izohli lug‘at va monografiyalarning ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan;
badiiy diskursda sotsiolektga oid lisoniy birlik sifatidagi deviant leksikaning pragmatik shaxs ijtimoiy identifikatsiyasini ifodalovchi, estetik va ijtimoiy-semiotik yuklama hosil qilishi, deviant leksika subekt yoki obrazning individualligini ta’kidlash, ularni ijtimoiy guruhlariga ko‘ra ajratish imkonini berishi hamda adresatga adresantning ijtimoiy muhitini chuqurroq o‘rganishga imkon berishi, zamon, makon, ijtimoiy guruh ruhi aks ettirilishi, ularning komik effekt hosil qilishi, poetik ta’kid, mantiqiy urg‘u yaratishi hamda badiiy diskursda fikr salmog‘i va ta’sirchanligini oshirishdagi funksional vazifalariga oid ilmiy xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 13-yanvardagi 26-36-936-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan, ilmiy dalillar bilan boyitilgan.