Kurbanbaeva Amangul Jailubaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy raqamli qurilmalarning maktab o‘quvchilari salomatlik holatiga xavf darajasini gigienik baholash», 14.00.07 – Gigiena (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2424.
Ilmiy rahbarlar: Kamilova Roza Tolanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb-kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Ermatov Nizom Jumaqulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Gulnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston profilaktik tibbiyot ilmiy-tadqiqot instituti (Tojikiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan jadal foydalanishda xavf omillarini aniqlash va bolalar salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilarining raqamli qurilmalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish darajasining yoshga bog‘liqligi, ularning kundalik tartibi va ovqatlanishidagi o‘zgarishlar, jismoniy faollikning va o‘quv natijalarining pasayishi bilan namoyon bo‘lishi asosida 11-13 va 14-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha gigienik me’yorlari va tavsiyalarini ishlab chiqishga differensial yondashuv ilmiy jihatdan asoslangan;
raqamli qurilmalardan foydalanish intensivligi va maktab o‘quvchilarida nevrologik, oftalmologik, otolaringologik va gastroenterologik shikoyatlarining ko‘payishi, shuningdek, funksional buzilishlar - uyqu buzilishi, asabiylashuvchanlik kuchayishi va hissiy beqarorlikning ortishi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy jihatdan isbotlangan;
raqamli qurilmalar va ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari ko‘p foydalanadigan bolalar orasida xavf ostida bo‘lgan yosh guruhlari: 11-13 yoshdagi o‘quvchilar asab va ovqat hazm qilish tizimlari kasalliklarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan deb tasniflanishi, 16-18 yoshdagi o‘quvchilar esa xulq-atvor va psixoemotsional kasalliklarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan deb tasniflanishi aniqlangan;
nazorat guruhidagi raqamli qurilmalardan cheklangan darajada foydalanadigan maktab o‘quvchilari yuqori o‘quv faollik (xususan, xorijiy tillarni o‘rganishda), sport, ijodiy va mehnat faoliyatiga ko‘proq jalb qilinishi bilan ajralib turishi aniqlanib, haddan tashqari raqamli faollikning bolalarning shaxsiy va ta’lim rivojlanishiga salbiy ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Zamonaviy axborot-kommunikasya texnologiyalaridan faol foydalanishda bolalar salomatligiga xavf omillarini aniqlash va profilaktika chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: maktab o‘quvchilarining raqamli qurilmalar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish darajasining yoshga bog‘liqligi, ularning kundalik tartibi va ovqatlanishidagi o‘zgarishlar, jismoniy faollikning va o‘quv natijalarining pasayishi bilan namoyon bo‘lishi asosida 11-13 va 14-18 yoshdagi o‘quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha gigienik me’yorlari va tavsiyalarini ishlab chiqishga differensial yondashuv ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yil 28-dekabrda 8n-r/1578-son bilan tasdiqlangan «Kibersport bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilarning ovqatlanishi, kun tartibi va dam olishini oqilona tashkil etish metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 2024 yil 25 yanvardagi 3-son, Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 2023 yil 21 iyuldagi 86-T-son, Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 2024 yil 22 noyabrdagi R-321-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: kompyuter sinflarining sanitariya-gigiena sharoitlarini optimallashtirish ish joylarini tashkil etish va raqamli qurilmalar bilan ishlash rejimini takomillashtirish bo‘yicha profilaktika tadbirlari majmuasini o‘tkazish, kun tartibi va dam olishni oqilona tashkil etish, o‘quv yutuqlarini yaxshilash; sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va sog‘liq uchun xavfni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: maktab o‘quvchilari o‘rtasida raqamli qurilmalardan intensiv va nazoratsiz foydalanish natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 95000-115000 so‘m (bir kurs davolanish uchun esa o‘rtacha 640000-780000 so‘m) byudjet mablag‘lari tor mutaxassis shifokorlar maslahatlariga va klinik-laboratoriya tahlillariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: raqamli qurilmalardan foydalanish intensivligi va maktab o‘quvchilarida nevrologik, oftalmologik, otolaringologik va gastroenterologik shikoyatlarining ko‘payishi, shuningdek, funksional buzilishlar - uyqu buzilishi, asabiylashuvchanlik kuchayishi va hissiy beqarorlikning ortishi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yil 28-dekabrda 8n-r/1578-son bilan tasdiqlangan «Kibersport bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilarning ovqatlanishi, kun tartibi va dam olishini oqilona tashkil etish metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 2024 yil 25 yanvardagi 3-son, Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 2023 yil 21 iyuldagi 86-T-son, Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 2024 yil 22 noyabrdagi R-321-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: kompyuter sinflarining sanitariya-gigiena sharoitlarini optimallashtirish ish joylarini tashkil etish va raqamli qurilmalar bilan ishlash rejimini takomillashtirish bo‘yicha profilaktika tadbirlari majmuasini o‘tkazish, kun tartibi va dam olishni oqilona tashkil etish, o‘quv yutuqlarini yaxshilash; sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va sog‘liq uchun xavfni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: maktab o‘quvchilari o‘rtasida raqamli qurilmalardan intensiv va nazoratsiz foydalanish natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 95000-115000 so‘m (bir kurs davolanish uchun esa o‘rtacha 640000-780000 so‘m) byudjet mablag‘lari tor mutaxassis shifokorlar maslahatlariga va klinik-laboratoriya tahlillariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: raqamli qurilmalar va ijtimoiy tarmoqlardan haddan tashqari ko‘p foydalanadigan bolalar orasida xavf ostida bo‘lgan yosh guruhlari: 11-13 yoshdagi o‘quvchilar asab va ovqat hazm qilish tizimlari kasalliklarini rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan deb tasniflanishi, 16-18 yoshdagi o‘quvchilar esa xulq-atvor va psixoemotsional kasalliklarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan deb tasniflanishi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yil 28-dekabrda 8n-r/1578-son bilan tasdiqlangan «Kibersport bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilarning ovqatlanishi, kun tartibi va dam olishini oqilona tashkil etish metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 2024 yil 25 yanvardagi 3-son, Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 2023 yil 21 iyuldagi 86-T-son, Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 2024 yil 22 noyabrdagi R-321-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: kompyuter sinflarining sanitariya-gigiena sharoitlarini optimallashtirish ish joylarini tashkil etish va raqamli qurilmalar bilan ishlash rejimini takomillashtirish bo‘yicha profilaktika tadbirlari majmuasini o‘tkazish, kun tartibi va dam olishni oqilona tashkil etish, o‘quv yutuqlarini yaxshilash; sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va sog‘liq uchun xavfni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: maktab o‘quvchilari o‘rtasida raqamli qurilmalardan intensiv va nazoratsiz foydalanish natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 95000-115000 so‘m (bir kurs davolanish uchun esa o‘rtacha 640000-780000 so‘m) byudjet mablag‘lari tor mutaxassis shifokorlar maslahatlariga va klinik-laboratoriya tahlillariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nazorat guruhidagi raqamli qurilmalardan cheklangan darajada foydalanadigan maktab o‘quvchilari yuqori o‘quv faollik (xususan, xorijiy tillarni o‘rganishda), sport, ijodiy va mehnat faoliyatiga ko‘proq jalb qilinishi bilan ajralib turishi aniqlanib, haddan tashqari raqamli faollikning bolalarning shaxsiy va ta’lim rivojlanishiga salbiy ta’siri isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022-yil 28-dekabrda 8n-r/1578-son bilan tasdiqlangan «Kibersport bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilarning ovqatlanishi, kun tartibi va dam olishini oqilona tashkil etish metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bo‘yicha 2024 yil 25 yanvardagi 3-son, Surxondaryo viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 2023 yil 21 iyuldagi 86-T-son, Toshkent viloyati sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 2024 yil 22 noyabrdagi R-321-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 17 iyuldagi 22-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: kompyuter sinflarining sanitariya-gigiena sharoitlarini optimallashtirish ish joylarini tashkil etish va raqamli qurilmalar bilan ishlash rejimini takomillashtirish bo‘yicha profilaktika tadbirlari majmuasini o‘tkazish, kun tartibi va dam olishni oqilona tashkil etish, o‘quv yutuqlarini yaxshilash; sog‘lom ovqatlanish odatlarini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va sog‘liq uchun xavfni kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlik: maktab o‘quvchilari o‘rtasida raqamli qurilmalardan intensiv va nazoratsiz foydalanish natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 95000-115000 so‘m (bir kurs davolanish uchun esa o‘rtacha 640000-780000 so‘m) byudjet mablag‘lari tor mutaxassis shifokorlar maslahatlariga va klinik-laboratoriya tahlillariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish