Mamadaminov Raxmatjon Raximjon o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Turli fiziologik stimullar yordamida kalamush bosh miyasi sinaptosomasi va trombotsitlarida Ca2+ dinamikasining o‘zgarishiga plantagin polifenoli va akuzun alkaloidining ta’sirini o‘rganish», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B609.
Ilmiy rahbar: Xoshimov Nozimjon Numonjonovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Toubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Mamajanov Muxtorjon  Murodullaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kalamush bosh miyasi sinaptosomasiga L-glutamat, glisin, magniy kabi glutamat ionotrop NMDA-reseptorlarining antagonist/agonistlariga plantagin polifenoli va trombotsitlarning ADF, adrenalin, kollagen kabi induktorlari ta’sirida yuzaga keladigan Ca2+ dinamikasining o‘zgarishiga akuzun alkaloidining ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
plantagin polifenoli ionotrop glutamat NMDA–reseptori orqali bo‘ladigan Ca2+ga bog‘liq jarayonlarni modulyasiyalashi aniqlangan;
plantagin polifenoli ta’sirida digidropiridin orqali faollashuvchi L-tipli Ca2+ kanallarini boshqarishda, L-tipli Ca2+-kanalining selektiv blokatori nifedipin bilan o‘zaro ta’sirga ega ekanligi aniqlangan;
akuzun alkaloidi ta’sirida trombotsitlar hujayra ichki deposidan chiquvchi Ca2+-transportini ingibirlanishi orqali [Ca2+]in konsentratsiyasini kamaytirishi isbotlangan;
akuzun alkaloidi ta’sirida ADF/kollagen kabi induktorlar yordamida indusirlangan trombotsitlar agregatsiyasini ingibirlashi orqali boshqarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akuzun alkaloidi va Plantagin polifenolining kalamush bosh miyasi sinaptosomasi va trombotsitlarida Ca2+-transportiga ta’sirini aniqlash va korreksiyalash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
plantagin polifenoli NMDA-reseptorining L-glutamat kislota ta’siriga raqobatlashish asosida ta’sir ko‘rsatishi orqali modulyasiyalovchi xossasidan Rossiya Yugra Surgut davlat universitetining «Shimoliy rezavor mevali ekinlar va dorivor o'simliklarni etishtirish va ulardan biologik faol birikmalarni ajratib olish texnologiyalari (YugraBioFarm)»  mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida polifenollarning biologik faolligini aniqlash va baholashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2025 yil  6 maydagi  03-01/107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshga bog‘liq kasalliklarda polifenollarning neyroprotektor ta’sir mexanizmlarini yoritish va tabiiy polifenollarni muhim biologik faolligini aniqlash imkonini bergan;
akuzun alkaloidi koagulyasiyadagi qon ivishining ham tashqi, ham ichki yo‘llariga ta’siri ichki yo‘lning XII, XI, IX, VIII omillaridan birini va tashqi yo‘lning V,II omillarini ingibirlashi shuningdek, erkin Ca2+ ionlari konsentratsiyasini bloklashi hisobiga trombotsitlardagi membranaga bog‘liq Ca2+ konsentratsiyasi miqdorini kamayishiga va [Ca2+]in miqdorini ortirishi orqali ingibirlovchi xossasidan Rossiya Yugra Surgut davlat universitetining « Shimoliy rezavor mevali ekinlar va dorivor o'simliklarni etishtirish va ulardan biologik faol birikmalarni ajratib olish texnologiyalari (YugraBioFarm)» mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida polifenollarning biologik faolligini aniqlash va baholashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2025 yil  6 maydagi  03-01/107-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoshga bog‘liq kasalliklarda alkaloidlarning neyroprotektor ta’sir mexanizmlarini yoritish va tabiiy alkaloidlarni muhim biologik faolligini aniqlash imkonini bergan;
akuzun alkaloidi va plantagin polifenolining kalamush qon plazmasi koagulyasiyasiga ingibirlovchi ta’sir etuvchi xossasidan MUK -2021-38 raqamli Rumex L. o‘simliklarini tizimli fitokimyoviy tadqiqotlar asosida bakteriya va o‘smalarga qarshi aktivligini o‘rganish loyihasida akuzun alkaloidi va plantagin polifenolining antikoagulyant xossalaridan emodin fenol birikmasining trombotsit hujayralariga antikoagulyant ta’sir mexanizmini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasining 2024 yil 17 iyuldagi 4/1255-1623-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, emodin fenol birikmasining trombotsit hujayralariga antikoagulyant ta’sir mexanizmini aniqlash va emodin fenol birikmasining gemostaz tizimidagi IX, VIII plazma omillariga va trombotsitlar funksional faolligiga ingibirlovchi ta’sir mexanizmini tavsiflash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish