Soliev Nuriddin Najmiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik polifenol ekstraktlarining mitoxondriya jarayonlariga ta’siri va ularning gipoksiyaga qarshi faolligini o‘rganish», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B1333.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Gulbohor Tolibjonovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Pozilov Ma’murjon Komiljonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Omonturdiev Sirojiddin Zoirovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy oqbosh (Karelinia caspia), uzun behi (Cydonia oblonga) o‘simliklaridan ajratib olingan PF-1 va PF-4 polifenolli ekstraktlarning mitoxondriya jarayonlariga ta’siri va ularning gipoksiyaga qarshi faolligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor mahalliy oqbosh (Karelinia caspia) va uzun behi (Cydonia oblonga) o‘simliklaridan ajratib olingan polifenolli ekstraktlari antioksidant, antiradikal va gipoksiyaga qashi faollikga ega ekanligi aniqlangan;
in vitro tajribalarida PF-1 va PF-4 polifenolli ekstraktlar Ca2+ ta’sirida indusirlangan mPTP ochilishini ingibirlashi hamda inkubatsiya muhitida ATF mavjud sharoitda mitoKATF–kanalidan K+ ionlari o‘tkazuvchanligini oshirishi ushbu ekstraktlarni gipoksiyaga qarshi fiziologik ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
PF-1 va PF-4 polifenolli ekstraktlari kalamush jigar mitoxondriyasi metabolik holatini glutamat+malat va suksinat substratlari ishtirokida nafas zanjiridagi oksidlanishli fosforlanish jarayonini bir oz oshirishi hisobiga mitoxondriya bioenergetikasini sezilarli faollashtirshi aniqlangan;
eksperimental gemik gipoksiya modelida PF-1 va PF-4 polifenolli ekstraktlarining gipoksiyaga qarshi faolligi “Meksidol”ga nisbatan samarali ta’sirga ega ekanligi aniqlangan;
in vivo tajribalari miokard ishemiya modelida PF-1 va PF-4 polifenolli ekstraktlari yurak mitoxondriyasida lipoperoksidlanish va mPTP ga ingibrlovchi ta’siri hamda mitoKATF–kanaliga faollashtiruvchi ta’siri ekstraktlarning kardioprotektor hususiyati mavjud ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy oqbosh (Karelinia caspia) va uzun behi (Cydonia oblonga) o‘simligidan ajratib olingan polifenol ekstraktlarining mitoxondriya jarayonlariga ta’siri va ularning gipoksiyaga qarshi faolligini aniqlash asosida olingan natijalarga asosida:
mahalliy oqbosh (Karelinia caspia) o‘simligidan ajratib olingan PF-1 polifenolli ekstraktining antigipoksant va miokard ishemiyaga qarshi xossalaridan Xitoy fanlar akademiyasi Xinjiang fizika-kimyo texnika institutining 2022VBA0015, 2023VBB0005 raqamli “International Science and Technology Center Projecs, the Central Asian Center of Drug Discovery and Development” (2022-2023-y.y.) mavzusidagi ilmiy loyihasida polifenol ekstraktlarining dorivorligini aniqlashda foydalanilgan (“Xinjiang Technical Institute of Physics and Chemistry CAS” institutining 2025 yil 7 maydagi 181/830011-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu polifenolli ekstraktdan samarali ta’sirga ega yangi gepatoprotektor vosita yaratish imkonini bergan;
Uzun behi (Cydonia oblonga) o‘simligidan ajratib olingan PF – 4 polifenolli ekstrakt va uning gipoksiyaga qarshi faolligini o‘rganish davomida olingan natijalardan Xanti-Mansiysk avtonom okrugi - Yugra “Surgut davlat universiteti”ning № 020-146-11 “Metagenomniy analiz kishechnogo mikrobioma u patsientov s neyrodegenerativnimi i serdechno-sosudistimi zabolevaniyami, sovremennie strategii vozdeystviya ekstraktami rastitelnix polifenolov” (2023-2025 yy.) mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (“Surguskiy gosudarstvenniy universitet” universitetining 2025-yil 16-maydagi № 03-01/123-sonli ma’lumotnomasi) Natijada antigipoksik ta’sirga ega bo‘lgan o‘simlik polifenollarining yangi turlarini aniqlash va ularning ta’sir mexanizmlarini ochib berish imkonini bergan.