Iminjanova Xusnida Zamirdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abduhamid Nurmonovning lingvistik qarashlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4791.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Sharifaxon Madalievna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Saidxonov Ma’murjon Muhammedovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atoqli o‘zbek tilshunosi, professor Abduhamid Nurmonovning lingvistik qarashlarini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atoqli o‘zbek tilshunosi A.Nurmonovning zamonaviy o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti va yangi yondashuv usullarining paydo bo‘lishi hamda rivojlanishidagi xizmatlari yoritilgan;
A.Nurmonovning  lingvistik ta’limotlar tarixi: Sharq va G‘arb tilshunosligi, Amerika tilshunosligi va XX asrda o‘zbek tilshunosligining taraqqiyot tendensiyalari borasidagi tadqiqotlari  tahlil qilingan;
olimning fonetika va fonologiya, fonologik birliklar va oppozisiyalar, fonema nazariyasiga oid qarashlari, morfemika va morfologiya, leksikologiya bo‘yicha yangi qarash va tahlil usullarini o‘zbek tilshunosligida tatbiq etgani dalillangan;
A.Nurmonovning o‘zbek tilining nazariy grammatikasi, mazmuniy sintaksis, gap haqida sintaktik nazariyalar bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari orqali o‘zbek tili grammatikasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, olimning qarashlari zamirida sistem-struktur tilshunoslik g‘oyalari turishi dalillar asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Atoqli o‘zbek tilshunosi A.Nurmonovning zamonaviy o‘zbek tilshunosligi taraqqiyoti va yangi yondashuv usullarining paydo bo‘lishi hamda rivojlanishidagi xizmatlari, olimning milliy til tadqiqi va taʼlimi bilan bog‘liq ilmiy-uslubiy qarashlari yuzasidan chiqarilgan xulosalardan 2020/2023-yillarda F3-2019081773 raqamli “Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar raqslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi fundamental  loyihasi doirasida foydalanilgan. Jumladan, mazkur lug‘atdagi o‘zbekcha so‘zlarning grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilishi shakllantirib berilgan. Natijada loyihaning ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyishiga sabab bo‘lgan. 
A.Nurmonovning o‘zbek tili morfologiyasi rivojidagi o‘rni, bu borada olib borgan tadqiqotlariga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plamini yaratish” mavzusidagi IZ – 2019081663 raqamli fundamental loyiha doirasida  “O‘zbek milliy raqs terminlarining qisqacha o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan. Jumladan, lug‘at tarkibidagi o‘zbekcha terminlarning mazkur loyiha yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar bilan boyitil grammatikasiga doir izohlarni A.Nurmonov qarashlari asosida shakllantirilgan. 
A.Nurmonovning fonetika, fonologiya, leksikologiya, sintaksis va til falsafasiga oid nazariy qarashlar, olim tomonidan ilgari surilgan sistemaviy tilshunoslik tamoyillari, lingvistik maydon nazariyasi, semantik va sintaktik birliklarni paradigmatik jihatdan tahlil qilish haqidagi xulosalardan 2024-2025 yillarda O‘MTRK “O‘zbekiston” MIlliy teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlarining ssenariysini yozishda foydalanilgan. Natijada 2022-2023-yillarda mazkur teleradiokanal materiallari ilmiy va amaliy jihatdan boyigan, mazmunan mukammallashuvi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish