Komilov Temurjon Kalandarovichning 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim sifatini oshirishda maktab ta’limini maqsadli moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9723
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
Ilmiy rahbar: Sharifxodjaev Usman Ulfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti huzuridagi PhD.03/30.09.2023.Ped.173.01 
Rasmiy opponentlar: Askarov Abror Davlatmirzaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent;  Hakimova Muxabbat Fayzievna pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi ta’lim sifatini oshirishda maktab ta’limini maqsadli moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
pedagogik tashabbuslarni differensial rag‘batlantirish tizimi hududiy ehtiyojlar va kadrlar salohiyati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlovchi boshqaruv mexanizmiga ko‘ra ma’muriy-hududiy birliklar doirasida o‘qituvchi-pedagoglarning faoliyatini “ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar”ga yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan;
ta’lim sifatini oshirish jarayonida maktab ta’limini maqsadli rag‘batlantirishning moslashuvchan vositalarini sifat menejmenti bilan pedagogik boshqaruv jarayonlarni diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda rahbar kadrlarning moliyaviy boshqaruv salohiyatini “Smart-Budgeting” texnologiyasi orqali takomillashtirilgan;
maktab ta’limi sifatini maqsadli rag‘batlantirish modeli ta’lim oluvchilarning individual ehtiyojlari va maxsus pedagogik imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo‘shimcha ta’lim dasturlarini (repetitorlik, korreksion kurslar, individual mashg‘ulotlar) moliyalashtirishning pedagogik ta’sir vositalarini bifurkatsion rag‘batlantirish asosida takomillashtirilgan; 
ta’lim sifatini oshirishda maktab ta’limini maqsadli rag‘batlantirish “ta’sir – natija – sifat” zanjiriga muvofiq o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, pedagoglarning uzlyuksiz kasbiy rivojlanishi va ta’lim muassasasining ijtimoiy faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi inklyuziv ta’lim dasturlariga dominantlik berish orqali takomillashtirilib, shunga muvofiq moliyaviy rejalashtirishning natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv paradigmasi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim sifatini oshirishda maktab ta’limini maqsadli moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
pedagogik tashabbuslarni differensial rag‘batlantirish tizimi hududiy ehtiyojlar va kadrlar salohiyati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlovchi boshqaruv mexanizmiga ko‘ra ma’muriy-hududiy birliklar doirasida o‘qituvchi-pedagoglarning faoliyatini “ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar”ga yo‘naltirish orqali takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktyabrdagi “Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 646-sonli qarori loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 25-oktyabrdagi №03-33-3064-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida personalni samarali boshqarish uchun motivatsion mexanizm joriy etilgan; 
ta’lim sifatini oshirish jarayonida maktab ta’limini maqsadli rag‘batlantirishning moslashuvchan vositalarini sifat menejmenti bilan pedagogik boshqaruv jarayonlarni diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini hisobga olgan holda rahbar kadrlarning moliyaviy boshqaruv salohiyatini “Smart-Budgeting” texnologiyasi orqali takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 681-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 25-oktyabrdagi №03-33-3064-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab direktorlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha malaka talablari takomillashtirilgan;
maktab ta’limi sifatini maqsadli rag‘batlantirish modeli ta’lim oluvchilarning individual ehtiyojlari va maxsus pedagogik imkoniyatlarini hisobga olgan holda qo‘shimcha ta’lim dasturlarini (repetitorlik, korreksion kurslar, individual mashg‘ulotlar) moliyalashtirishning pedagogik ta’sir vositalarini bifurkatsion rag‘batlantirish asosida takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019- yil 30 - sentyabrdagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 823-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 25-oktyabrdagi  №03-33-3064-son ma’lumotnomasi).  Natijada umumiy
 o‘rta ta’lim muassasalarida personalni samarali boshqarish uchun motivatsion mexanizm joriy etilgan;
ta’lim sifatini oshirishda maktab ta’limini maqsadli rag‘batlantirish «ta’sir – natija – sifat» zanjiriga muvofiq o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, pedagoglarning uzlyuksiz kasbiy rivojlanishi va ta’lim muassasasining ijtimoiy faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi inklyuziv ta’lim dasturlariga dominantlik berish orqali takomillashtirilib, shunga muvofiq moliyaviy rejalashtirishning natijadorlikka yo‘naltirilgan boshqaruv paradigmasi asoslanganlikka oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi “Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 681-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 25-oktyabrdagi №03-33-3064-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab direktorlarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish bo‘yicha malaka talablari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish