Majidov Anvar Sirajovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiva mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Sirdaryo viloyatining ma’muriy va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti (1867–1917-yillar)”. 07.00.01–O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tar764
Ilmiy maslahatchi: Saidboboev Zokirjon Abdukarimovich, tarix fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti. DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Musaev Nuriddin Umurzakovich; tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Usarov Umidjon Abdimavlyanovich.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1867–1917-yillarda Sirdaryo viloyatida kechgan ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘rganilayotgan davr Turkiston o‘lkasining Sirdaryo viloyatiga sanoatning kirib kelishi va yangi ishlab chiqarish korxonalarining qurilishi, sanoat ishlab chiqarishining ahvoli hamda agro-madaniy yangiliklar, mavjud sug‘orma erlarda paxtachilikni rivojlantirishga e’tibor kuchaytirilib, aholi ehtiyoji uchun zarur bo‘ladigan oziq-ovqat etishtirish imkoniyatlarining cheklanishi hamda mahalliy aholiga tegishli erlarning ko‘chirish siyosati natijasida noqonuniy ravishda tortib olinishi dalillangan;
Turkiston o‘lkasi, jumladan, Sirdaryo viloyatining metropoliya sanoati uchun paxta tolasi, donli ekinlar va boshqa xomashyo manbaiga aylantirilishi mahalliy dehqonlarga ko‘p qiyinchiliklar keltirganligi, bunga qarshi erli tub aholi kurashga majbur bo‘lganligi aniq manbalar asosida ko‘rsatilgan;
Rossiya imperiyasi Turkistondagi mustamlakachilik tizimini keng o‘rnatish maqsadida zabt etilgan hududlarga metropoliyadan ko‘chirib keltirilgan aholini tub erli aholi yashayotgan qishloqlar yaqiniga joylashtirilganligi, o‘zbek dehqonlarining sug‘oriladigan erlari hamda ko‘chmanchi aholining chorva boqadigan yaylov erlarining kamayishi ularning imperiya ma’muriyatiga nisbatan noroziligining kuchayishiga sabab bo‘lganligi aniqlangan;
tadqiq etilayotgan davr Sirdaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonidagi ziddiyatlar, yutuq va kamchiliklar, sohalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari manbalar tahlili asosida yoritilib, Evropaning rivojlangan texnika hamda texnologiyalarining viloyat sanoat ishlab chiqarishida qo‘llanilishi soha taraqqiyotida tub o‘zgarishlar yuzaga keltirganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida Sirdaryo viloyatining ma’muriy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
O‘zMA fondlari, jumladan, I-1-fond–Turkiston general-gubernatori devonxonasi, I-17-fond–Sirdaryo viloyat boshqaruvi materiallari, o‘rganilayotgan davr Sirdaryo viloyatiga oid sharhlar va boshqa  ma’lumotlarda o‘lka, viloyat, uezd va bo‘lis (volost) mustamlaka hokimiyat tizimlarining Turkistonni (Sirdaryo viloyati misolida) boshqarish bo‘yicha faoliyati, xalq ommasining ahvoli va uning mustamlaka tuzumga qarshi chiqishlari haqidagi ma’lumotlar, viloyat amaldorlarining siyosiy inqirozlar, “favqulodda” va harbiy holat davrlarida e’lon qilingan hujjatlari, ularning xatti-harakatlarini ta’riflovchi voqeliklar, mahalliy aholining bu kabi chora-tadbirlarga munosabati, imperiya ma’murlarining mustamlakachilik va ruslashtirish chora-tadbirlari haqidagi olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 28-oktyabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 8-yanvardagi 06-28-38-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar o‘zbek xalqi tarixining mustamlaka davri tarixi bo‘yicha batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini bergan;
Turkiston o‘lkasi, jumladan, Sirdaryo viloyatining metropoliya sanoati uchun paxta tolasi, donli ekinlar va boshqa xomashyo manbaiga aylantirilishi mahalliy dehqonlarga ko‘p qiyinchiliklar keltirganligi, bunga qarshi erli tub aholi kurashga majbur bo‘lganligiga oid ma’lumotlardan Jizzax viloyati madaniyati tarixi davlat muzeyi ekspozisiyalarini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Madaniy meros” agentligining 2024-yil 2-avgustdagi 02-05/2877-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzeyga tashrif buyuruvchilarning mavzu doirasidagi qarashlarini kengaytirishga xizmat qilgan.
Rossiya imperiyasi Turkistondagi mustamlakachilik tizimini keng o‘rnatish maqsadida zabt etilgan hududlarga metropoliyadan ko‘chirib keltirilgan aholini tub erli aholi yashayotgan qishloqlar yaqiniga joylashtirilganligi, o‘zbek dehqonlarining sug‘oriladigan erlari hamda ko‘chmanchi aholining chorva boqadigan yaylov erlarining kamayishi ularning imperiya ma’muriyatiga nisbatan noroziligining kuchayishiga sabab bo‘lganligiga tegishli xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2023-yil 28-oktyabrda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 8-yanvardagi 06-28-38-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur xulosalar tomoshabinlarning mavzu doirasida tarixiy bilimlari kengayishiga xizmat qilgan.
tadqiq etilayotgan davr Sirdaryo viloyati ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonidagi ziddiyatlar, yutuq va kamchiliklar, sohalar rivojining o‘ziga xos xususiyatlari manbalar tahlili asosida yoritilib, Evropaning rivojlangan texnika hamda texnologiyalarining viloyat sanoat ishlab chiqarishida qo‘llanilishi soha taraqqiyotida tub o‘zgarishlar yuzaga keltirganligiga oid ma’lumotlar Jizzax viloyati madaniyati tarixi davlat muzeyi ekspozisiyalarida o‘z aksini topib, gid sharhlovchilari, ekskursiya yetakchilari va shu yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan professional hamda oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Madaniy meros” agentligining 2024-yil 2-avgustdagi 02-05/2877-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilar Sirdaryo viloyatining Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davrida kechgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy jarayonlari to‘g‘risida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish