Nizamova Muyassarxon Nuritdinovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment, (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped556 
Ilmiy maslahatchi: Murtozaeva Mahfuza Murtozaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:  Artiqova Muhayyo  Botiralievna Andijan davlat pedagogika universiteti professor; Akmalova Dildora  Toxirovna Namangan davlat pedagogika universiteti pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligining aloqadorlik, izchillik, uzviylik, obektivlik, integrativlik va prosessual omillar nuqtai nazaridan pedagogik tizimga  ko‘ra zamonaviy yondashuvlar hamda ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish mexanizmlari aniqlashtirilgan;
bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishda boshqaruv tizimining didaktik imkoniyatlari, motivatsion tayyorligi, kommunikativ va refleksiv faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirish hamda boshqaruv yo‘nalishidagi kasbiy kompetentlik darajalari belgilanib, pedagogik komponentlarga ko‘ra baholash ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan; 
bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishga axborotlarni tahlil qilish, integratsion, maqsadli-motivlashtirish, nazorat va axborot-tahlili kabi boshqaruv funksiyalarini tatbiq etish texnologiyalari bilan bog‘liq ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish hamda boshqarishni amalga oshiruvchi mexanizmlar modellashtirilgan;  
bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirish modeli pedagogik tizimning sifat va samaradorligini ta’minlovchi mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etishning innovatsion yo‘nalishlarini belgilash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim muassasalarining bo‘lajak menejerlarida kasbiy mobillikni rivojlantirish jarayonlariga tizimli yondashuv asosida (tahliliy va tadqiqiy xususiyatlarga ega bo‘lgan tizim sifatida) takomillashtirishga oid xulosalardan PZ-20170929727-raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 6-iyundagi 4/17-4/4-10294-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantiruvchi xususiyatlarni aniqlash imkonini bergan;
bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishda boshqaruv tizimnida ta’limning ilmiy-metodik kuzatuvida mobillik va uning didaktik imkoniyatlari, motivatsion tayyorligi, ilg‘or tajribasini namoyish qilishi, ichki salohiyatini rivojlantirish va ta’lim subektlari hamkorligini uyushtirish omillariga ustuvorlik berish orqali kengaytirishga oid tavsiyalardan “Umumiy pedagogika” nomli darslikni yaratishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i, 277-137-raqamli guvohnoma). Natijada bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishda ilmiy-metodik kuzatuvning ustuvor omillarini belgilash orqali uning didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirish funksiyalarini (axborotlarni tahlil qilish va hamkorlikdagi faoliyat munosabatlariga ustuvorlik berish) takomillashtirishga oid takliflardan PZ-20170929727-raqamli “Oliy ta’lim sifati diagnostikasi va uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2023-yil 19-may 02-07-1839/04-son dalolatnomasi).Natijada bo‘lajak menejerlar kasbiy mobilligini rivojlantirishning funksional vazifalarini tizimlashtirish va pedagogik mexanizmlarini modellashtirish samaradorligi oshgan; 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish