Allamuradova Aziza G‘ayratullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“Korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholashni takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5385
Ilmiy rahbar: Elmurodov Shoxjaxon G‘ayrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: To‘raev Shavkat Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Radjabov Sardor Baxtiyorovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: – G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholash amaliyotini takomillashtirish bo‘yisha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshqaruv qarorlarining tezkorligi hamda xato ehtimolining kamayishiga olib kelishi bilan iqtisodiy tahlil samaradorligini oshirishda korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklarni grafiklar orqali vizualizatsiya qilish va tahlil etishga qaratilgan kognitiv tahlil modeli ishlab chiqilgan;
korxonalarning likvidlik, foydalilik va qarz yuki darajasini bir butun tizimda qamrab olish, moliyaviy holatni xolis va kompleks baholash maqsadida moliyaviy barqarorligini baholovchi integral indeks taklif etilgan;
korxonaning moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi inflyasiya darajasi, valyuta kurslari, foiz stavkalari, bozor narxlari, likvidlik muammolari va tashqi shoklar kabi ssenariylarni 0,1–1,0 oralig‘idagi xavf balli asosida kompleks tahlil qilishga qaratilgan stress-test modeli ishlab chiqilgan;
korxonada likvidlik, qarz yuki va foydalilik bilan bir qatorda tashqi va ichki xavf omillarini tahlil etuvchi logistik regressiya hamda mashinali o‘rganish algoritmlariga asoslangan, qarz to‘lov qobiliyatini 90% aniqlik bilan baholash imkonini yaratadigan defolt riskini aniqlash modeli asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonalarning moliyaviy barqarorligini baholash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshqaruv qarorlarining tezkorligi hamda xato ehtimolining kamayishiga olib kelishi bilan iqtisodiy tahlil samaradorligini oshirishda korxonaning moliyaviy ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi murakkab o‘zaro bog‘liqliklarni grafiklar orqali vizualizatsiya qilish va tahlil etishga qaratilgan kognitiv tahlil modeli ishlab chiqilganligiga doir taklifi “Toshneftgazqurilish” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Toshneftgazqurilish” AJning 2025 yil 1 avgustdagi №01/05-03 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu model omillar o‘rtasidagi munosabatlarni matematik grafiklar orqali vizualizatsiya qilish va tahlil qilish imkonini yaratish orqali moliyaviy qarorlarning oqibatlarini oldindan baholash va barqarorligini ta’minlash bo‘yicha samarali choralar qabul qilinishiga olib kelgan.
korxonalarning likvidlik, foydalilik va qarz yuki darajasini bir butun tizimda qamrab olish, moliyaviy holatni xolis va kompleks baholash maqsadida moliyaviy barqarorligini baholovchi integral indeksga doir “Toshneftgazqurilish” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Toshneftgazqurilish” AJning 2025 yil 1 avgustdagi №01/05-03 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu indeks qiymati 0,8 va undan yuqori bo‘lganda barqarorlik yuqori, 0,5-0,8 o‘rtasida bo‘lsa o‘rtacha, 0,5 dan past bo‘lganda esa past darajada sifatida baholash orqali korxonalarning moliyaviy barqarorlik darajasi aniq baholash, xavflarni erta aniqlash va qaror qabul qilish samaradorligini oshirishga erishilgan;
korxonaning moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi inflyasiya darajasi, valyuta kurslari, foiz stavkalari, bozor narxlari, likvidlik muammolari va tashqi shoklar kabi ssenariylarni 0,1–1,0 oralig‘idagi xavf balli asosida kompleks tahlil qilishga qaratilgan stress-test modelini ishlab chiqishga doir takrifi “Toshneftgazqurilish” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Toshneftgazqurilish” AJning 2025 yil 1 avgustdagi №01/05-03 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxonaning moliyaviy barqarorlikni saqlashga tahdid soluvchi ichki va tashqi omillarni erta aniqlash, ularning ta’sir darajasini baholash hamda xavfli vaziyatlarda tezkor va asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilishni ta’minlaydigan ilmiy-amaliy ahamiyatga ega innovatsion usul sifatida iqtisodiy tahlilning prognostik salohiyatini sezilarli darajada oshirgan.
korxonada likvidlik, qarz yuki va foydalilik bilan bir qatorda tashqi va ichki xavf omillarini tahlil etuvchi logistik regressiya hamda mashinali o‘rganish algoritmlariga asoslangan, qarz to‘lov qobiliyatini 90% aniqlik bilan baholash imkonini yaratadigan defolt riskini aniqlash modeliga doir takrifi “Toshneftgazqurilish” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Toshneftgazqurilish” AJning 2025 yil 1 avgustdagi №01/05-03 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, defolt riskini aniqlash uchun ishlab chiqilgan yangi model korxonaning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil etuvchi logistik regressiya hamda mashinali o‘rganish algoritmlariga asoslanib, qarz to‘lov qobiliyatini 90% aniqlik bilan baholash imkonini yaratib, defolt holatlarini erta aniqlash, moliyaviy xavflarni kamaytirish va profilaktik boshqaruv choralarini ishlab chiqishga zamin yaratishi orqali korxonalarning moliyaviy barqarorligi va kredit salohiyatini ta’minlashga xizmat qilgan.