Kuatbek Gulnar Kuatbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston va Qozog‘istonda mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy masalalari”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Yu1031.
Ilmiy rahbar: Yo‘ldoshev Azizjon Ergash o‘g‘li yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Ismoilov Bahodir Islomovich; yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Xamdamova Shirin Mirzayuldashevna.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi transparentlik nazariyasi, ilmiy tadqiqotlar natijalari, xalqaro standartlar va xorijiy davlatlarning eng yaxshi amaliyotlarini hisobga olgan holda mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatining transparentligi to‘g‘risidagi O‘zbekiston va Qozog‘iston qonunchiligi hamda uni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi shundan iboratki, uning natijalariga ko‘ra:
mahalliy hokimiyat vakillik organlarining ochiq hay’at majlislari deganda ularning sessiyalari va hay’at organlari majlislari, jumladan doimiy va muvaqqat komissiyalar majlislari, ularning vakolatlari doirasidagi va foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborotga taalluqli bo‘lmagan masalalar muhokama qilinadigan konferensiyalar va boshqa tadbirlarni tushunish maqsadga muvofiqligi asoslandi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi huzuridagi kompensatsiya komissiyalari zimmasiga ularning majlislarini ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq o‘tkazish majburiyatini yuklash transparentlik va jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining ijrosiga xizmat qilishi asoslab berildi;
deputatlik faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini, o‘z faoliyati to‘g‘risida saylovchilarni doimiy xabardor qilib borishini deputat odobi prinsipi deb belgilash xalq vakillarining mahalliy hokimiyat vakillik organlari transparentligi to‘g‘risidagi qonunchilikni bajarishi uchun mas’uliyatini kuchaytiradi va uning muntazam takomillashuviga xizmat qilishi asoslab berilgan;
deputatlar tomonidan saylovchilarga o‘z faoliyati haqida axborot taqdim etishga yuzaki qarash holatlarini oldini olish va mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyati haqida aholi xabardorligini oshirish maqsadida taqdim etiladigan bunday axborot mazmuniga to‘liq, ishonchli va xolis bo‘lishi kabi talablarni qo‘yish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot natijalari quyidagi tarzda amaliyotga tadbiq etildi:
mahalliy hokimiyat vakillik organlarining ochiq hay’at majlislari deganda ularning sessiyalari va hay’at organlari majlislari, jumladan doimiy va muvaqqat komissiyalar majlislari, ular vakolatlari doirasidagi va foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborotga taalluqli bo‘lmagan masalalar muhokama qilinadigan tadbirlarni tushunish haqidagi taklif “Mahalliy hokimiyat huquqi” modulining ma’ruza matniga kiritilgan (Toshkent davlat yuridik universitetining 6-sentyabr 2024-yildagi ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bilan ochiq o‘tkazilishi shart bo‘lgan mahalliy vakillik organining hay’at majlisi tushunchasi va uning turlari aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi huzuridagi kompensatsiya komissiyasi zimmasiga o‘z majlislarini ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirokida ochiq o‘tkazish majburiyatini yuklash to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 yil 16 noyabrdagi KQ-431-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i KenGESi, xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Kompensatsiya komissiyasi namunaviy reglamentining 27-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 6-sentyabrdagi 66-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mahalliy vakillik organlari huzurida tuzilgan hay’at organ – kompensatsiya komissiyasi majlislarining ochiq o‘tishi uchun huquqiy asos yaratgan;
deputat faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini, jumladan o‘z faoliyati to‘g‘risida saylovchilarni doimiy xabardor qilib borishini deputat odobi prinsipi sifatida belgilash to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 25-martdagi KQ-476-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatlarining namunaviy odob qoidalari 7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 11-iyuldagi 11-04/2202-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi bilan deputat tomonidan transparentlik to‘g‘risidagi qonunchilik me’yorlarini bajarmaganligi uchun javobgarlik o‘rnatilgan;
deputat tomonidan saylovchilarga taqdim etiladigan o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotga to‘liq, to‘g‘ri va xolis bo‘lishi kabi talablar qo‘yish to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023 yil 25 martdagi KQ-476-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatlarining namunaviy odob qoidalari 18-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasining 2024-yil 11-iyuldagi 11-04/2202-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi bilan deputat zimmasiga aholiga to‘liq, to‘g‘ri va xolis axborot berish majburiyati yuklangan.
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan O‘zbekiston va Qozog‘istonda mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga oid taklif va tavsiyalari qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish