Jumaev Ramil Chorshanbievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida suv resurslaridan samarali foydalanish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish” (Surxondaryo viloyati misolida), 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt5951
Ilmiy rahbar: Abdug‘aniev Otabek Allajonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Sauxanov Jonibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Nodir Nusriddinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida suv resurslaridan samarali foydalanishning ekonometrik modellarini tuzish va istiqbollarini prognozlash boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyatida asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun suvdan samarali foydalanish (SSFK) ko‘rsatkichlari qiymatlarini “yuqori darajadagi salomatlik” (SSFK > 8.0), “yaxshi darajadagi samaradorlik” (6.0 < SSFK < 8.0), “o‘rtacha darajadagi samaradorlik” (3.5 < SSFK < 6.0), “past darajadagi samaradorlik” (1.5 < SSFK <  3.5), “juda past darajadagi samaradorlik” (0 < SSFK < 1.5) oraliqlarda baholash asoslangan;
Surxondaryo viloyatida sug‘oriladigan erlarning sho‘rlanish darajasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmi o‘rtasidagi iqtisodiy-ekologik bog‘liqlikni aniqlashda Environmental Kuznes Curve (EKC = β0 + β1Y + β2Y2 + ε) modelidan foydalanishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Surxondaryo viloyatining mavjud resurs salohiyatini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishning optimal hajmini aniqlash va ekinlarni hududiy joylashtirish orqali maksimal foyda darajasiga erishish imkoniyatini asoslovchi optimizatsion model ishlab chiqilgan;
ARIMA ekonometrik modellari asosida Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida suv resurslaridan samarali foydalanish asosiy korsatkichlarinig 2029-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini barqaror rivojlantirishda suv resurslaridan samarali foydalanishning ekonometrik modellarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyatida asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari uchun suvdan samarali foydalanish (SSFK) ko‘rsatkichlari qiymatlarini “yuqori darajadagi samaradorlik” ( SSFK > 8.0), “yaxshi darajadagi samaradorlik” (6.0 < SSFK < 8.0), “o‘rtacha darajadagi samaradorlik” (3.5 < SSFK < 6.0), “past darajadagi samaradorlik” (1.5 < SSFK <  3.5), “juda past darajadagi samaradorlik” (0 < SSFK < 1.5) oraliqlarda baholash taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xoʻjaligi erlarni hamda yangidan oʻzlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 07-07/9462-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklif Surxondaryo viloyatida asosiy turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish uchun suvdan foydalanish samaradorligini 3-5 foizga yaxshilash imkoniyatini yaratgan;
Surxondaryo viloyatida sug‘oriladigan erlarning sho‘rlanish darajasi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmi o‘rtasidagi iqtisodiy-ekologik bog‘liqlikni aniqlashda Environmental Kuznes Curve (EKC) modelidan foydalanish taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xoʻjaligi erlarni hamda yangidan oʻzlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 07-07/9462-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu taklif mintaqa qishloq xo‘jalik tarmog‘ida suv resurslaridan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
Surxondaryo viloyatining mavjud resurs salohiyatini hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirishning optimal hajmini aniqlash va ekinlarni hududiy joylashtirish orqali maksimal foyda darajasiga erishish imkoniyatini asoslovchi optimizatsion modellaridan foydalanish taklifi Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xoʻjaligi erlarni hamda yangidan oʻzlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 07-07/9462-sonli maʼlumotnomasi). Ushbu taklif suv resurslari cheklangan hududlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonida suvdan samarali foydalanishni ta’minlovchi yo‘l xaritalarini ishlab chiqish imkoniyatini bergan;
ARIMA ekonometrik modellari asosida Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida suv resurslaridan samarali foydalanish asosiy ko‘rsatkichlarinig 2029-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Surxondaryo viloyat hokimining 2024-yil 23-fevraldagi “Surxondaryo viloyati tumanlarida foydalanishdan chiqib ketgan qishloq xoʻjaligi erlarni hamda yangidan oʻzlashtiriladigan yaylov er maydonlarini foydalanishga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-8-0-Q/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati hokimligining 2025-yil 10-oktyabrdagi 07-07/9462-sonli maʼlumotnomasi). Natijada, mintaqada suv resurslaridan samarali foydalanish asosida qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini o‘rta muddatda rivojlantirishga qaratilgan optimal qarorlar qabul qilish mexanizmi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish