Savrieva Madina Xakimovnaning 
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Navoiy viloyati iqtisodiyotini rivojlantirishda yirik sanoat korxonalarning o‘rnini baholash”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt4778
Ilmiy rahbar: Xidirova Gavhar Rustamovna iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyakubova Dilfuza Olimbaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Ro‘ziev Shuhrat Sharifboevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda yirik sanoat korxonalarning o‘rnini baholash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotiga yirik sanoat korxonalari yalpi hududiy mahsulotning o‘sishi, bandlikning o‘sishi, investisiya jozibadorligi, eksport, aholi daromadlari hamda hudud sanoatini shakllanishidagi o‘rni qiyosiy hisobga olgan holda ishlab chiqarish salohiyatini baholash yondashuvi taklif etilgan; 
mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida yirik sanoat korxonalarining yashil moliyalashtirish orqali qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish va sotish jarayonida paydo bo‘ladigan atrof muhitga zararini kamaytirish ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik ko‘rsatkichlar salohiyatini baholash mexanizmi taklif etilgan; 
mintaqa iqtisodiyotiga yirik sanoat korxonalarining NKMK AJ, Navoiyazot AJ va Qizilqumsement AJni Navoiy viloyatida tog‘-kon, kimyo va qurilish materiallari tarmoqlarini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish texnologiyasi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotida yirik sanoat korxonalarini sof foydasiga ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan uzoq muddatli investisiyalar, debitorlik, pul mablag‘lari va majburiyatlarni hisobga oluvchi ekonometrik modellar asosida 2026-2030-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navoiy viloyati iqtisodiyotiga yirik sanoat korxonalarining o‘rni hamda mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlantirishda ijtimoiy-ekologik-iqtisodiy ta’sirini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy takliflar hamda tavsiyalar amaliyotga joriy qilingan, jumladan:
mintaqa iqtisodiyotiga yirik sanoat korxonalari yalpi hududiy mahsulotning o‘sishi, bandlikning o‘sishi, investisiya jozibadorligi, eksport, aholi daromadlari hamda hudud sanoatini shakllanishidagi o‘rni qiyosiy hisobga olgan holda ishlab chiqarish salohiyatini baholash yondoshuvi bo‘yicha taklif Navoiy viloyatini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 5-iyundagi 04-04/3501-son ma’lumotnomasi). Berilgan tavsiyalarni amaliyotda qo‘llanilishi yirik sanoat korxonalarining samaradorligidan foydalanib, aholi bandligini oshirish, eksportni ko‘paytirish, aholi daromadlarini kengaytirishning imkoniyatlari baholangan;
mintaqa iqtisodiyotiga yirik sanoat korxonalarining NKMK AJ, mintaqa iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida yirik sanoat korxonalarining yashil moliyalashtirish orqali qazib olish, qayta ishlash, saqlash, tashish va sotish jarayonida paydo bo‘ladigan atrof muhitga zararini kamaytirish ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik ko‘rsatkichlar salohiyatini baholash mexanizmi bo‘yicha taklif Navoiy viloyatini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 5-iyundagi 04-04/3501-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida yirik sanoat korxonalarining samaradorligidan foydalanib aholi bandligini oshirish, eksportni ko‘paytirish, aholi daromadlarini kengaytirishning imkoniyatlari baholangan; 
mintaqa iqtisodiyotiga yirik sanoat korxonalarining NKMK AJ, Navoiyazot AJ va Qizilqumsement AJni Navoiy viloyatida tog‘-kon, kimyo va qurilish materiallari tarmoqlarini rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlashda raqamli texnologiyalardan foydalanish texnologiyasi bo‘yicha taklif Navoiy viloyatini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 5-iyundagi 04-04/3501-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tarlifning amaliyotga joriy qilinishi aholining farofonligi, korxonalarning moliyaviy holatlari hamda hududning ekologik vaziyati barqarorlashuvi ta’minlangan;
mintaqa iqtisodiyotida yirik sanoat korxonalarini sof foydasiga ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan uzoq muddatli investisiyalar, debitorlik, pul mablag‘lari va majburiyatlarni hisobga oluvchi ekonometrik modellar asosida 2026-2030-yillarga prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif viloyatning 2030-yilgacha rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy konsepsiyasi hamda kelajakdagi maqsadli ko‘rsatkichlarni asoslashda foydalanilgan (Navoiy viloyati hokimligining 2025-yil 5-iyundagi 04-04/3501-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotda joriy qilinishi mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uslublarini takomillashtirish, mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga, aholi turmush darajasi va sifatini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish